Satlaj

Satlaj (quyi qismida Panjnad) — Pokiston, Hindiston va Xitoydagi dare, Hind daryosining eng katta (chap) irmog’i. Uz. 1450 km, havzasining mayd. 395 ming km2. Tibet tog’ligidagi Kay- lak tizmasidan boshlanadi. Himolay tog’larining shim. etagidagi tor da- ralardan o’tgach, Panjob tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Bias va chi- nob. O’rtacha suv sarfi Rupar sh. Yaqinida 500 m3/sek., yoz oylarida 20 ming m3/sek. ga etadi. Suv oqimini tartibga solish maqsadida to’g’onlar, tog’lardan tekis- likka chiqqan qismida Bxakranangal gidrotexnika kompleksi qurilgan. Daryo suvidan sug’orishda foydalaniladi. Ay- Rim qismlarida kema qatnaydi. S bo’yida Nangal, Bahavalpur sh.lari joylashgan.