Sariqo’rg’on to’g’oni

Sariqo’rg’on to’g’oni – So’x da- ryosidagi gidrotexnik inshoot. Uz. 850 m, bal. 6,3 m, eni 5 m. To’g’on 6 darvozadan iborat; darvozalarning umumiy uz. 38 m. To’g’onga 106° burchak ostida o’ng qirg’oqqa 3 ta, chap qirg’oqqa 2 ta darvozali rost- lagichlar o’rnatilgan. O’ng qirg’oqdagi rostlagichdan o’ng kanalga sekundiga 60 m3, chap qirg’oqdagi rostlagichdan chap kanalga sekundiga 38 m3 suv chiqaradi. To’g’on qurilishi 1948 y.da tugallangan. St. qum, oqiziq va cho’kindilarni kanal- ga chiqarmaydigan qilib ishlangan. Ta- biiy aylanma, tsirkulyasiya natijasida katta fraktsiyadagi cho’kindi va oqiziqlar to’g’onning pastki qismiga o’tib ketadi. St. Farg’ona vodiysidagi 170 ming ga erni suv b-n ta’minlaydi.