Safaviylar davlati

Safaviylar davlati – O’rta Sharqda Safaviylar boshqargan dav- lat (1502-1736). Ardabil hukmdori Ismoil oq qo’yunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan g’alaba qozonishi natijasida barpo etilgan. S. D. tarkibiga Ozarbayjon, Armaniston- ning bir qismi, Eron, hoz. Afg’oniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti b-n) va b. hududlar kirgan. Sa- faviylar, asosan, qizilboshlilarga ta- yangan. 16-a.gacha poytaxt Tabrizda bo’lib, 1548 y. Qazvinga ko’chirilgan. Davlat dini shialik bo’lgan. Shoh Tahmasp I dav- rida ko’chmanchi qabilalar ta’siri kuchay- ib, S.D.da xalq qo’zg’olonlari avj olgan. 1535 y. Xurosondagi xalq qo’zg’olonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kav- kazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun turklar b-n tinimsiz urush- lar olib borgan. Tahmasp I vafotidan so’ng boshlangan o’zaro urushlar natija- sida S.D. inqirozga uchrab, mayda mul- klarga bo’linib ketgan. Bundan foyda- langan Turkiya S.D.ning shim. qismini, o’zbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga Birlashgan. 1597 y. Xuroson o’zbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot o’tkazilgan. Poytaxt Isfahonga ko’chirilib, unda va b. shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603— 07 y.lar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Turkiyadan qaytarib olin- gan. 1623 y. Bag’dod ham qo’shib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy et- gan. Abbos II ning vafotidan so’ng S.D. yana inqirozgauchray boshlagan. 18-a. boshlarida Afg’onistondagi Safaviylar hokimi Mir Vays o’zini mustaqil deb e’lon qilgan. 1722 y. uning o’g’li Mahmud S.D. ning ancha qismini bosib olgan. Safaviylarning afg’onlar va turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bor- gan sarkardasi Nodir (q. Nodirshoh) sa- faviylar sulolasini taxtdan ag’darishi b-n S.D. barham topgan.