Satrap

Satrap (Yun. satrapes, qad. fors, xshatrapavan — viloyat xazinachisi) — qad. va ilk o’rta asrda Erondagi (viloyat) satrapiya boshlig’i. Forslardan tayin- langan. Satrapiyadagi barcha rasmiyma’- muriy ishlarni boshqarsan, soliqlarni o’z vaktida yig’ib, podshoh xazinasiga topshirish, aholini turli qurilish ishlariga majburan jalb etishni ta’- minlagan. S. satrapiyaning oliy sudyasi vazifasini ham o’tagan. U kumush va mis tanga, chaqa pullar zarb etish huquqiga ega bo’lgan.