Stearin

Stearin (Yun. stear — yog’, moy) — texnik stearin kislota, yuqori yog’karbon kislotalarining aralashmasi (asosan, stearin va palmitin kislotalari). S. oq yoki sariq rangli yarimshaffof, qo’lga yog’dek unnaydigan qattiq massa. Zichli- gi 920 kg/m3 (20°da), suyuqlanish t-rasi 53-65° (naviga ko’ra). Hayvon yog’lari gi- drolizatlarini distillab yoki o’simlik moylarining go’yinmagan yog’kislotala- rini gidrogenlab olinadi. Sovun, sham ishlab chiqarish.da, rezina, to’qimachilik va b. sanoat tarmoklarida ishlatiladi.