Stearin kislota

Stearin kislota, oktadekan kislota, SN3 (SN2)|6soon alifatik katorning bir asosli to’yingan kar- bon kislotasi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 284,47. Suyuklanish t-rasi 69,6°, kaynash t-rasi 376,1°, [13,3 kPa bosim- da (100 mm sim. ust.)], zichligi 849 kg/ m3 (70°da). Suvda erimaydi, organic erituvchilarda oz eriydi. S.k. tabiatda keng tarqalgan yuqori yog’kislotalaridan biri. S.k.ning gliseridlari ko’pchilik yog’va moylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. S.k.ni stearindan cho’ktirish va distillash usulida, olein kislotani gidrogenlab va b. usullarda olish mumkin. S.k.ning ishqorli Tuzla- ri — sovun. S.k. organik sintezda, ana- litik kimyoda, vulkanizasiyada va rezina tayyorlashda ishlatiladi. Natriy, litiy, kaltsiy, qo’rg’oshin va b. metallarning stearinatlari plastik surkamalar kom- ponenti sifatida, kosmetik moddalar olishda qo’llanadi.