Spektrogeliograf
Spektrogeliograf (spektr va geliograf) — biror kimyoviy element (ko’pincha, vodorod — N yoki kaltsiy — Sa) ning nurlanishiga mos spektr sohasi nurlarida Quyosh gardishi (yorug’likning quyosh gardishi bo’ylab taqsimlanishi) ni suratga olishga imkon beradigan astrono- mik qurilma. S.da fotoplastinka Kuyosh spektrining istalgan sohasidagi qisqa oraliqni ajratib oladigan ikkinchi chiqish tirkishi orqasiga joylashtiri- ladi. Sni Quyosh tasviri va fotoplyonkaga nisbatan harakatlantirish yo’li bilan Kuyosh gardishining fotosuratini olish mumkin. Ba’zi teleskoplarga ayni vaqtda har xil spektral chiziqlarda Quyosh gar- dishining ikki tasvirini olishga imkon beradigan kush S. o’rnatiladi. Kosmik tadqiqotlarning rivojlanib ketganligi munosabati bilan raketalar va er sun’- iy yo’ldoshlariga ham S. o’rnatiladi. Bundan maqsad ultrabinafsha va rent- gen nurlarida spektrogeliogrammalar olishda, Quyoshni har jixatdan urganihda S.ning axamiyati katta.