SPAINIKLAR

SPAINIKLAR (Diplozoon) mono- genetik so’rg’ichlilar sinfiga, diplo- zoonidlar oilasiga mansub urug’ning nomi. Bir necha turi bor. Uz. 8 mm gacha. Karpsimon baliqlar jabrasida, keng tarqalgan turi — paradoksal spaynik oscha baliqlar jabrasida parazitlik qiladi. Yosh S. alohida yashaydi. Key- inchalik yosh parazitlar qorin va elka so’rg’ichlari yordamida birbiriga yopi- shib olib yashashga o’tadi. Bunday S. dan birining urug’yo’li ikkinchisining tuxum yo’liga ochiladi. Natijada ular birbirini urug’lantiradi. Bu parazit- lar o’zinio’zi otalantira olmaydi. Voyaga etgan parazitlarning baliqlar jabrala- riga yopishish uchun yopishuvchi disklari, klapanlari va ilmoqchalari mavjud.