Saqoqushlar

Saqoqushlar, meshkobchi qushlar, bir qozonlar (Pelecanidae) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tumshug’i uzun, pastki qismida cho’ziluvchan teri xaltasi (meshkobi) bor. Tanasining uz. 130-180 sm, qanotlari yoyilganda 2,7 m gacha, vazni 10— 13 kg. Patlari oq, pushti yoki kulrang tusda tovlanadi. Yirik patlari to’q qo’ng’ir, ba’zan qora. Havo xaltasi xamda skele- ti govak bo’lishi tufayli yaxshi suzadi va uchadi. Koloniya bo’lib dengiz, dare va ko’l orollaridagi qamishzorlarda to’planadi. Daraxt va erga uya quradi. Odatda, 2-3 ta tuxumini nari va modasi 35-40 kun navbatlashib bosadi. Bolalari 70-75 kunda uchurma bo’ladi. Fasat baliklar b-n oziqlanadi. 1 urugi, 7 turi ma’lum; er sharining issiq va iliq zonalarida tarqalgan. O’zbekistonda 2 turi — Push- ti va jingalak saqoqush uchraydi. Soni qisqarib borayotgan turlar maqomi b-n O’zbekiston Kizil kitobiga kiritilgan. Jingalak saqoqush Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqining qizil ro’yxatiga va «yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turla- rining xalqaro savdosi to’g’risida»gi Konventsiyaning (CITES) 1 ilovasiga ki- ritilgan.