Segoh

Segoh (fors. — uch o’rin, uch parda) — 1) o’n ikki maqom tizimi- da ma’lum sho»ba nomi. Manbalar- da ko’rsatilishicha, S. 3 pog’onali tovushqator bo’lib, pardalari 2 ta butun ton oralig’ida joylashgan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibida beshin- chi maqom. Tovushqatori eoliy (minor) gammaga to’gri keladi. Shashmaqomdagi S.ning mushkilot bo’limi — tasnifi S, Xafifi S, Garduni S, Muxammasi S, Muxammasi Ajam, Muxammasi Mirza Hakim, Saqili Bastanigor, Nasr bo’limi — 1 va 2 guruh sho»balaridan iborat. Ulardan birinchisi Saraxbori S (6 ta taronasi va Suporishi b-n), talqini S. (taronasi b-n), Nasri S. (taronasi b-n), Navro’zi xoro (uchta taronasi va supori- shi b-n), Navro’zi Ajam (taronasi b-n) hamda Ufar va suporish qismlaridan iborat. S.ning 2 guruh sho»basi Mo’g’ulchai S. deb nomlanib, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlarini o’z ichiga olgan. S. maqom pardalari asosida juda ko’p ashula va cholg’u yo’llari yaratilgan: «Segoh», «Girya» III, «ilg’or», «Guluzo- Rim», «fig’on», «Nimcho’poniy» ashula- lari, «Mushkiloti Segoh» kuyi va uning Ufari va b. S. yo’llaridan O’zbekiston kompozitorlari barakali foydalanish- gan (mas, R.Glier va T. Sodiqovning «Layli va Majnun» operasi; yu. Raja- biy va B. Nadejdinning hamda S. Bobo- evning «Segoh» simfonik poemalari, M. Tojievning 3, T. Kurbonovning 5simfo- niyalari va b.).