Kaspiybo’yi pasttekisligi
Kaspiybo’yi pasttekisligi— Sharqiy Evropa pasttekis- ligining Jan.-sharqi (RF) va G’arbiy Qozog’istonda joylashgan. Kaspiy den- gizidan shim.da yalpi sirt, g’arbda Volgabo’yi va Ergeni qirlari, sharqsa Uraloldi va Ustyurt platolari b-n che- garalanadi. Maydoni qariyb 200 ming km2. Yassi tekislik, uning Jan. qismi okean sathidan past, shim. qismida bal. 159 m gacha. Pasttekislikda ayrim qirlar ko’tarilib turadi. To’rtlamchi davrda bir necha marta dengiz bosgan va shim.da gil- li, qumokli, Jan.da qumli yotqiziqlar qoldirgan. Chuqurchalar, qo’ltiqchalar, qum tillari, soyliklar, Jan. da shamol hosil qilgan relef shakllari, Kaspiy dengizi sohili bo’ylab ber do’nglari uchraydi. Iqlimi quruq, kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shimolda -14°, sohilda -8°, iyulniki shim.da 22°, sohilda 23°. Yiliga Jan.-sharqiga 200— 250 mm, shim.-g’ar-biga 350 mm yog’in tusha- Di, potentsial bug’lanish 1000 mm ga yaqin. Tez-tez garmsel esib turadi. Ural, Vol- ga, Terek, Kuma, katta Uzen, kichik Uzen, Uil, Sag’iz daryolari oqadi. Sho’r ko’llar (Bosqunchoq, Elton va b.) ko’p. Tuprog’i och qo’ng’ir, sho’rtob, sho’rxok tuproq. Shim. da shuvoq-boshoqli o’simliklar, Jan.da shuvoq o’sadi. Volga-Axtuba qayirida polizchilik, bog’dorchilik, sabzavotchi- lik rivojlangan. Neft (Emba neft r-ni), ko’llarda osh tuzi bor. Astraxon qo’riqxonasi joylashgan.