Karxemish, Karkamish, Gargamish
Karxemish, Karkamish, Gargamish (mil. AV. 4-ming yillik oxiri—3-ming yillik — mil. AV. 1-a.) — Evfrat (Fu- rot) daryosining o’ng qirg’og’ida (shim. Su- riya, hoz. Jerablus sh. yaqinida) joylash- gan yirik qad. hunarmandchilik va savdo shahri. Shahar Mesopotamiya madaniyati ta’sirida bo’lgan. K. haqidagi dastlabki eslatma Xammurapi (mil.AV. 18-a.) dav- riga oid. Keyinchalik K. mil.AV. 15-a.da Misr vassaliga, mil.AV, 12-a.gacha Xett podsholigi qaramligida bo’lgan. K. mil. AV. 12-a. — 8-a.larda mustaqil podsholik markazi bo’lgan; mil. AV. 717 y.da Sargon II tomonidan zabt etilgan. K. bo’sag’asida 605 y. mashhur jang bo’lib o’tgan, unda Bobil podshosi Navuxodonosor I Misr fir’avni Nexo II va Ossuriya podshosi Ashshuruballit II ni enggan, natijada Ossuriya davlati tugatilgan. K.dan mu- dofaa inshootlari (3 qator mudofaa de- vori, kal’a), saroylar, ibodatxonalar va b. binolarning poydevori va me’moriy bo’laklari topilgan. Ayniqsa, so’nggi Xett davri topilmalari diqqatga sazo- vor. K. o’ziga xos Xett-Suriya madaniyati (me’morlik va haykaltaroshlik Yodgor- liklari, mixxat va ieroglif yozuvlari) ning o’ziga xos markazi bo’lgan.