Kasablanka

Kasablanka (ispancha Casablanca; Arab — dor ul-Bayzo) — Marokash g’arbidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Kasablanka prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,94 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). K. — Af- Rikadagi eng katta shahar va portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 17 mln. t). Shosse yo’llarning yirik tuguni, t. y. stantsiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega Aero- port bor. K. — Marokashning muhim iqtisodiy markazi. Metallsozlik, ma- shinasozlik (jumladan, avtomobilsoz- lik), oziq-ovqat, to’qimachilik, kimyo, tsement, poligrafiya va b. sanoat korxona- lari bor. K. porti orkali chetga mineral xom ashyo (asosan, fosforit), marganes, tsitrus mevalar va b. chiqariladi. K. da ko’plab milliy va chet el moliya va savdo kompaniyalari vakolatxonalari joylashgan. Shaharning bunyod etilgan anik, vaqti ma’lum emas. Ba’zi ma’lu- motlarga ko’ra, K. o’rnida qadimda (7-a. dan) Anfa sh. bo’lgan, 1468 y.da uni por- tugallar bosib olib, buzib tashlagan. 18- a. 2-yarmida shahar qayta tiklanib, unga Dor ul-Bayzo — oq uy deb nom berilgan. 1907-56 y.larda Frantsiya mustamlaka- si tarkibida bo’lgan. Har yili xalqaro yarmarka o’tkazilib turiladi. Qad. Shahar atrofida yangi zamonaviy K. yarim aylana shaklida qad ko’targan.