Kafka Frans

Kafka Frans (1883.3.7, Pra- ga -1924.3.6, Kirling, Vena yaqinida) — avstriyalik yozuvchi. Ijodini 1909 y.da hikoyalar yozishdan boshlagan. «Kuzatish» (1913) hikoyalar to’plami, «Xukm», «Go’loh» (1913), «O’zgarish» (1916) hikoyalari alohida nashr etil- gan. 1-jahon urushidan so’ng K. «Axloq tuzatish koloniyasida» (hikoya, 1919), «Qishloq shifokori» (1919), «yo’qsil» (1924) to’plamlarini nashr etdi. K.ni dunyoga mashqur qilgan «Amerika» (tu- gallanmagan, 1914), «jarayon» (1915), «Qo’rg’on» (1922) romanlari, «Xi- toy devori qurilishida» (1931) va b. hikoyalar to’plami muallifning vafoti- dan so’ng e’lon qilingan. K. asarlari- da voqealarning mubolag’ali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojiaviy ojiz- ligi aks ettirilgan. Ularda qonun va in- son, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning ilo- Ji topilmaydi. Ijodi 20-a. G’arb ada- biyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan (q. Eks- pressionizm, modernizm). «Otamga xat» (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), «Ev- rilish», «ochlik san’ati» va b. asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Ac: axloq tuzatish koloniyasida. Hikoyalar, T., 1984.