Kafue
Kafue — Zambiyadagi Daryo, Zambe- zi daryosining chap irmog’i. Uz. 1000 km, havzasining mayd. 140 ming KMG. Kongo- Zambezi suvayirgich platosidan boshla- nadi. Qirg’oqlari past, botqoqlashgan; o’rta oqimida er yuziga chiqib qolgan qattiq jinslarni kesib o’tgan joyi- da chuqur dara hosil qilgan (uz. 26 km). O’sha joyda GES va suv ombori qurilgan. Qariyb 250 km qismida kema qatnaydi. K. havzasining o’rta qismida milliy Park barpo qilingan.