Koshon

Koshon — Eronning Markaziy qismidagi shahar, Tehron ostonida. Transport yo’llari tuguni. Aholisi 201,3 ming kishi (1997). K. da to’qilgan gilamlar dunyoda mashhur. Ipak gilam- larning asosiy qismi eksport qilinadi. Ip gazlama, shoyi, chinni qanjillar, misgarlik va kulolchilik buyumlari ish- lab chiqariladi. K. o’rta asrlarda Eron- ning eng yirik badiiy-hunarmandchilik markazi bo’lgan. Ms’moriy yodgorli- klardan maydon masjidi (13-a., 15-a. da qayta qurilgan), Zayniddin minora- si (11-a.), Imom-Zola Habib ibn Muso maqbarasi (13-a.), shoh Abbos I saganasi (17-a.) saqlangan.