Krasniskiy Gennadiy Aleksandrovich

Krasniskiy Gennadiy Aleksandrovich (1940.27.8, Toshkent — 1988.12.6, Qo’rg’ontepa, Tojikiston) — futbolchi, sport ustasi (1962). Toshkentning «Pax- takor» futbol jamoasi safida (1959— 68) mamlakat birinchiligi oliy tabaqasi uchrashuvlarida 102 marta to’p kiritgan. Sobiq Ittifoq milliy va Olimpiya ter- ma jamoalari tarkibida o’ynab, 37 marta to’p urgan. Jan. Amerikada o’tkazilgan xalqaro uchrashuvlar haqida «Rio-de- Janeyrodan Montevideogacha» degan ki- tob yozgan (1964). K. 1971-77 y.larda «traktor» (tosh- kent), «Yangier» (Yangier), «Paxtakor» jamoalarida, 1983-85 y.larda esa «Zvezda» (Jizzax) jamoasida murabbiy bo’ldi. K. O’zbekistonning 20-a.dagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Tosh- kent sh. Bektemir tumanidagi stadionga K. nomi berilgan.