«KOSPAS—SARSAT»

«KOSPAS—SARSAT» — dengiz kemalari va samolyotlarga o’rnatilgan va avariya holatlarida yordamga chaqiradigan radiosignallar koordinatalarini aniqlaydigan er sun’iy yo’ldoshlari (ESY) tizimi nomi; kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ularni tadqiq etish bo’yicha SSSR va AQSh o’rtasida tuzilgan shartnoma aso- sida qurilgan. «K. — S.»tizimining «KOSPAS» qismi SSSRning dengiz Flo- ti vazirligining buyurtmasi, «SARSAT» qismi esa AQSh (NASA, R. Garvard nomi- dagi markaz), Kanada (aloqa vazirligi) va Frantsiya (kosmik tadqiqotlar mil- liy markazi) ning buyurtmalari asosida shakllangan. Qutb yaqinidagi doiraviy orbitalarda parvoz qiladigan Esylari, avariya holatidagi radiobuy, axborotlar- ni kabul qilish punktlari, tizim Mar- kazlarini o’z ichiga oladi.