Kossel

Kossel (Kossel) — ota-bola ne- mis olimlari: 1) Albrext (1853.16.9, Rostok — 1927.5.7, Geydelberg) — bio- kimyogar. Berlin (1887 y.dan), Mar-burg (1895) va Geydelberg (1901-23) un-tlari prof. Ilmiy ishlari yadro oqsillari (protaminlar va gistonlar), nuklein kislotalar va nukleoproteidlar kimyosi- ga oid. Birinchilardan bo’lib oqsilning tuzilish nazariyasini taqlif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1910); 2) Valter (1888.4.1, Berlin — 1956.22.5, Tyubingen) — fizik. Kil un-ti (1921 y.dan) va Dantsig oliy texnika maktabi (1932 y.dan) prof. 1947 y.dan Tyubingen fizika in-ti direktori. Ionli kimyoviy boglar nazariyasi muallifi (1916). Asar- lari rentgen nurlari va elektronlar difraktsiyasiga oid.