Korsakov psihozi, korsakov kasalligi, alkogol polinevretik psihozi

Korsakov psihozi, korsakov kasalligi, alkogol polinevretik psihozi — alkogoldan surunkali zaharlanish (surunkali intoksikasiya) oqibatida kelib chiqadigan ruhiy kasal- lik. Rus psixiatri S. S. Korsakov tomo- nidan 1887 y.da aniqlangan. Bunda Kor- sakov sindromiga xos xotira buzilish- lari b-n bir qatorda aql-farosatning zaiflashishi, mulohazalarning susayi- shi, tanqidning yo’-qolishi kuchayib bo- radi. Ammo shaxsga xos bo’lgan sifatlar saqlanib qoladi. Polinevrit belgilari esa parezlar, falajlik, bir guruh mu- skullar atrofiyasi, sezgi, pay reflek- Slarining susayishi yoki yo’qolishi, nerv tolalari bo’ylab og’riq va b. tarzida ke- chadi. K. p. alkogolni surunkali iste’mol qiladigan 50-60 yoshdagi kishilarda uch- raydi. Kasallikdan forig’bo’lish uchun bemor spirtli ichimlikdan butunlay voz kechishi lozim. Asosan B vitamini, Niko- tin kislotasi hamda nootrop preparat- lar qo’llanadi.