Kornel (Corneille) Per
Kornel (Corneille) Per (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — frantsuz dramaturgi, klassisizmning asoschila- ridan biri. Frantsiya akademiyasining a’zosi (1647 y.dan). Ijodining dastlab- ki davrida («Melita», «beva» va b.) ko- mediyalar yozgan (1969-36). «Sid» (1637), «Medeya» (1639), «Gorasiya» (1641) kabi tragediyalari mashxur. K. bu asarlari- ni yaratishda antik davr ijodkorlari asarlariga, shuningdek, muayyan tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxslar faoliya- tiga tayangan. Bundan tashqari, K. «Yinna yoki avgust marhamati» (1643), «Pompey- ning ulimi» (1644), «Iraqliy yoki Sharq sultoni» (1647), «Edip» (1659), «Otton» (1665), «Attila — xunnlar shohi» (1667), «Tit va Berenika» (1677) va b. dramalar muallifi. Asarlarida frantsuz klassi- tsizmi yaxlit holida namoyon bo’lgan. Dra- maturgiya to’g’risida «muqokama» (1660) nomli ilmiy-nazariy asar ham yozgan.