Kopt san’ati
Kopt san’ati – koptlar (qibtiylar; misrlik xristianlar) san’- ati; 3-4-a.larda Misrning qad. va el- Lin san’ati an’analari zaminida yuzaga kelgan. Eng rivojlangan davri Vizantiya davlatining Misr ustidan hukmronligi — 4-a. oxiri — 7-a. boshlariga to’g’ri keladi. Me’morlikda 2-4 qavatli ba- zilikali uylar, monastirlar, gumbazli sag’analar keng tarqalgan. Tasviriy san’- ati hayotiyligi, tasvir vositalarining ifodaliligi b-n ajralib turadi, tosh va yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik, miniatyu- ra, mum rassomligi, amaliy bezak san’- atida yog’och va suyak o’ymakorligi, badiiy matolar i.ch. rivojlangan. Janrli yoki ellin mifologiyasidan o’zlashtirilgan Real ob-razlar 5-6-a.larda xristi- an syujetlarining shartli tasvirlari b-n almashdi. 6-a. oxiri — 7-a. bosh- larida yaqin Sharq san’ati mavzulari (mas, sherlarni ovlash lavhalari) keng tarqaldi. Hozirda ham Kohira atrofi- dagi hududlarda K.s. markazi, maktabi va muzeylari faoliyat yuritadi.