Kopulyasiya

Kopulyasiya (lot. copulatio — qo’shilish) — kopulyativ organlarga ega bo’lgan hayvonlardagi jinsiy AKT, shu- ningdek, bunday organlarga ega bo’lmagan organizmlarning (mas, gatteriya, yomg’ir chuvalchangi) jinsiy ko’payishi vaqtida ikkita individning o’zaro qo’shilishi. Tashqi tomondan deyarli yoki butunlay farq qilmaydigan (izogametalar) ikki- ta jinsiy hujayra (yoki individ)ning qo’shilish jarayoni ham K. deb ataladi. Agar erkak organizm gametasi urg’ochi organizm gametasidan keskin farqlansa, u holda bu gametalarning qo’shilishi urug’lanish deb ataladi.