? BAYRAMLAR:
?? AQSh – Farmasevtlar kuni.
?? Jazoir – Berbercha Yangi yil.
?? Hindiston – Yoshlar kuni.
?? Rossiya – Prokuratura xodimlari kuni.
?? Tanzaniya – Zanzibar inqilobi kuni.
?? Turkmaniston – Xotira kuni (1871-yilgi Go‘ktepa fojeasini xotirlash).
?? Ukraina – Siyosiy mahbuslar kuni.
? VOQEALAR:
- 930 – Karmatlar rahnamosi Abu Tohir tomonidan Makka shahrini talash boshlandi.
- 1570 – Podsho Ivan IV qo‘shini Novgorodni egalladi, shaharda qatli om boshlandi.
- 1780 – Syurixda “Syurxer Zaytung” gazetasi nashrdan chiqa boshladi.
- 1816 – Fransiya hukumati Bonapartlar oilasini mamlakatdan abadiy surgun qilish to‘g‘risida farmon chiqardi.
- 1848 – Ikki Sitsiliya qiroli Ferdinand II ga qarshi inqilob boshlandi.
- 1879 – Janubiy Afrikada mahalliy zulus qabilalari va britan mustamlakachilari o‘rrtasida urush boshlandi.
- 1919 – Berlinda spartakchilar qoʻzgʻoloni bostirildi.
- 1913 – Iosif Jugashvili birinchi marta Stalin taxallusi bilan imzo chekdi.
- 1928 – AQShda birinchi marta ayol kishi elektr stulda qatl qilindi.
- 1932 – Xetti Karauey AQSH senatiga saylangan birinchi ayol bo’ldi.
- 1936 – Sobiq SSSRda «Lokomotiv» sport uyushmasi tuzildi.
- 1942 – Surxondaryo viloyatida Uzun tumani tashkil etildi.
- 1943 – «Iskra» operatsiyasi boshlandi, natijada Leningrad blokadasi yorib o‘tildi.
- 1945 – Ikkinchi jahon urushi: Visla-Oder operatsiyasi boshlandi.
- 1950 – SSSRda xoinlik, shpionlik uchun yana o‘lim jazosi joriy qilindi.
- 1959 – Berri Gordi “Motown Records” studiyasini ochdi.
- 1964 – Zanzibarda davlat to‘ntarishi.
- 1974 – Liviya va Tunis birlashib, Islom arab davlati tuzishganini e’lon qilishdi.
- 1990 – Ruminiyada kommunistik partiyalar ta’qiqlandi.
- 1993 – Chad O‘zbekiston suverenitetini tan oldi
- 1993 – Buxoro viloyatida Qorovulbozor tumani tashkil topdi.
- 1998 – Insonni klonlashtirishni ta’qiqlovchi protokol imzolandi.
- 2010 – Toshkent shahrida «Vatanga qasamyod» haykali ochildi.
- 2010 – Gaiti zilzilasi: 220 ming kishi halok boʻldi.
- 2021 – Flash Player plagini ishlashni to’xtatdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1580 – Yan Baptista van Gelmont (1644) – belgiyalik kimyogar, fiziolog, vrash va alkimyogar, gaz so‘zini o‘ylab topgan, muzning erish va suvning qaynash nuqtaasini harorat standartiga kiritgan.
- 1628 – Sharl Perro (1703) – Fransuz shoiri va tanqidchi. Fransiya akademiyasi a’zosi.
- 1746 – Johann Heinrich Pestalozzi (1827) – shveysariyalik pedagog , boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi.
- 1863 – Svami Vivekananda (1902) – hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi.
- 1873 – Spiridon Luis (1940) – grek yengil atletikachisi, marafon yugurishida birinchi olimpiya chempioni (1896).
- 1876 – London Jek (asl ism-sharifi Jon Griffit) (1916) – amerika yozuvchisi.
- 1899 – Paul German Myuller (1965) – shveysariyalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1948).
- 1907 – Sergey Korolyov (1966) – sovet olimi, konstruktor, amaliy kosmonavtikaning asoschisi.
- 1907 – Shohida Ma’zumova
(1988) – Taniqli o‘zbek aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti (1955).
Kun tarixi kanalidan olindi. - 1912 – Dinmuhammad Kunayev (1993) – Qozog‘iston Kompartiyasi MQ sekretari (1960-1962, 1964-1986).
- 1931 – Leyla Erbil (2013) – 20-21-asrlar boʻsagʻasidagi yetakchi turk yozuvchilaridan biri.
- 1936 – Ilyos Mallayev (2008) – buyuk oʻzbek-yahudiy shoiri, qoʻshiqchisi, dramaturgi, so’z ustasi va bastakori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.
- 1943 – Kamoliddin Rahimov (2015) – xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1983).
- 1949 – Xaruki Murakami – yapon adibi, tarjimon.
- 1964 – Jeffrey Preston Bezos (Jeffrey Preston Jorgensen) – merikalik investor, Bezos Amazon.com, Inc.’ning asoschisi.
- 1967 – Renata Litvinova – rus aktrisasi, ssenariynavis.
- 1986 – Zlata Ognevich – ukrain qo‘shiqchisi.
- 1987 – Rasul Kusherbayev – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi, muharrir va jurnalist, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.