Kollimator

Kollimator (collineo — to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltiraman) — ingichka parallel nurlar (elektromagnit nurla- nish) yoki zarralar (atomlar, elektronlar, elementar zarralar) dastasini hosil qilishga mo’ljallangan optik qurilma. K. fokal tekisligida yoritilgan jism joylashtirilgan ob’ektiv yoki botik, ko’zgudan iborat. Ko’pincha, bunday jism sifatida noshaffof diafragma teshigi xizmat qiladi. Ob’ektiv va jismlarni K. dagi quvursimon korpusga mahkamlab, ularning bir-biriga nisbatan joylashi- shi belgilanadi. Qoraytirilgan korpus devorlari yo’nalishi to’g’ri kelmaydi- gan nurlarni yutadi. K.dan chiqayotgan parallel nurlar dastasi bir-biriga yaqin bo’ladi: jismning bir nuqtasidan tarqalayotgan nurlar ob’ektivning dif- raktsiyasi va aberrasiyasi tufayli butkul o’zaro parallel bo’lmaydi. Fokus maso- fasi, teshigi, ob’ektiv aberrasiyasnni to’g’rilash sifati, jismning shaql va o’lchamlari K. qo’llaniladigan sohaga va undan foydalanish sharoitlariga qarab olinadi. K. astronomiyada o’lchash asbo- blarini to’g’rilash va ularning kollima- tsion (to’g’ri chiziqlilikdan og’ish) xato – larini aniqlashda, spektral asboblar- da yorug’lik dastasini hosil qilishda, o’lchash, sinash va to’g’rilash optik asbo- blarida qo’llaniladi.