Til

Til — 1) kishilar o’rtasida, jamiyatda aloqa va o’zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o’rganish ob’ekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq a’zolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga ma’lum va maqbul bo’lgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qo’shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to’plami. T. — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va G’arb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan ta’kidlab kelinadi. T. konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, og’zaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud bo’ladi. Ko’plab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud bo’lgan elementlar va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hoz. davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (ba’zi manbalarda 3000-7000 oralig’ida) jonli til borligi ma’lum (q. Jahon tillari). Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy bo’lgan ba’zi universal struktur xususiyatlar ko’zga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtai nazaridan T.ning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan ko’plab til belgilari — so’zlarning va ulardan foydalanish bo’yicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; so’zlar tarkibida T.ning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarnint ajratilishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Ayrim olingan so’z doirasida fonemalar bir yoki bir necha bo’g’inga birlashadi. T.ning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida so’zlar doirasida yanada kichikroq fonetiksemantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush T.ining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil T.larda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi o’zaro munosabati kuzatiladi (q. Grammatika, Semasiologiya, Sintaksis, Leksika). T. mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lgan, insonni hayvondan farklovchi 3 ta eng muxim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega bo’lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi. T. ning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. T. belgilari — so’zlar, so’z birikmalari va gaplar — moddiy shakllar bo’lib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’ektiv tarzda o’z aksini topadi.Shundaykilib,T.nafaqatfikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. T. — jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o’zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro’y beradiganbarchavoqeahodisalarhaqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; T. ayni ma’noda asrlar mobaynidashakllanadivamavjudbo’ladi. Tafakkur T. ga karaganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki n T.siz tafakkurni tasavvur etib bo’lmaydi: T.da ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo’lib, insonga borliq voqeahodisalarini anglab etishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur T. siz mavjud bo’lmas ekan, T. ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz o’ylab turib gapiramiz va yozamiz, o’z fikrlarimizni T.da aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar T. negizida paydo bo’ladi va unda mustaxkamlanadi; T. bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi. T. ning, dastlabki T.ning paydo bo’lishi masalasi insoniyatni qad. zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qad. davrlardan boshlab T.ning kelib chiqishi haqida ko’plab nazariyalar, ta’limotlar paydo bo’ldi. Lekin bu nazariya va ta’limotlar T.ning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzilkesil hal qilib bera olgani yo’q. Qayd etilganidek, jahon T.lari o’z grammatik qurilishi, lug’at boyligi va b. jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak bo’lgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. T. davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda o’zgarib boradi (o’zbek T.ining qad. turkiy T. davri bilan hoz. ko’rinishi chog’ishtirilsa, bunday o’zgarishlar qay darajada bo’lganligi yaqqol seziladi) va ba’zan, turli ijtimoiysiyosiy o’zgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Mas., o’tmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qo’shgan feklar va rimliklar so’zlashgan qad. grek va lotin T.lari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, ulik tlarga aylanib qolgan. T. dagi uzgarishlar tabiati xamda T. taraqqiyotidagi yo’nalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy o’zgarishlar xamda T. taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. T. tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi o’zgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan T. ning tarkalish miqyoslari o’zgarishida (jumladan, uning funktsional uslublari taraqqiyotida) va uning laxjalarga bo’linishi (differentsiasiyasi) darajasida namoyon bo’ladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi o’zgarishlar ijtimoiy hayot voqeahodisalari bilan bevosita bog’liq emas. T. strukturasining jiddiy o’zgarishlari T.larning o’zaro ta’sirlashuvi jarayonlariga bog’liq bo’ladi. Jamiyat tarixiy taraqkiyotining turli bosqichlarida T.larning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar T. tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy kismlarga iktisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iktisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun bo’lganda, yaxlit, bir butun T.lar hududiy laxjalarga bo’linib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differentsiasiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq T. ini yaratishga imkon paydo bo’ladi. Umumxalq milliy T.ning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida ro’y beradi (yana q. Sun’iy tillar, nutq, Tilshunoslik, adabiy til, Milliy til); 2) har qanday belgi tizimi, mas., imoishora T.i, maxsus ramzlar qo’llanadigan matematika T.i, kino T.i va b.; 3) aynan uslubning o’zi (roman T.i, gazeta T.i). Ad.: Usmonov S, umumiy tilshunoslik, T., 1972; Budagov R. A., Chelovek i ego yazik, M., 1974; Berezin F. M., Golovin B. N., Obtshee yazikoznanie, M., 1979; Reformatskiy A. A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998. Abduvahob Madvaliev.