Travmatologiya va ortopediya instituti
Travmatologiya va ortopediya instituti, O’zbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti — O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli i.t. muassasasi. 1932 y.da Toshkent sh.da ortopediya, travmatologiya va suyak sili i.t. instituti ochilib urush davrida yopilgan edi. 1946 y.da hoz. nomda qaytadan tashkil etilgan. Intning 200 o’rinli kasalxonasida 8 klinik (kattalar va bolalar o’tkir jarohatlari, kompressiondistraktsion osteosintez, kattalar, o’smirlar va bolalar ortopediyasi, vertebrologiya, anesteziologiya va reanimasiya) va 3 ilmiy bo’lim, 9 lab., klinik ordinatura, ilmiy kutubxona, travmatologik tez yordam punkti va b. bor (2004). Int xodimlari kattalar va bolalarda suyak chiqishlarini joyiga solish, singan suyak bo’laklarini ulash (osteosintez qilish), jarohatlangan paylar va muskullarni tiklash, shuningdek, yirik bo’g’imlarning degenerativdistrofik kasalliklari, suyak kaltaligi va qiyshiqligi, umurtqa jarohatlari va kasalliklari, bolalarda uchraydigan tugma kasalliklarni davolash ustida ish olib boradi. Int faoliyati M. S. Astrov, I. I. Orlov, O. Sh. Shokirov, N. M. Shomatov va b. olimlar nomi bilan bog’liq. Mustaqillik yillarida intda yirik bo’g’imlarni endoprotezlash, tizza bo’g’imi artroskopiyasi, umurtqaning rekonstruktsiyasi va transpedikulyar fiksasiyasi, sterjenli osteosintez kabi eng zamonaviy davolash usullari, kompyuterli va magnitrezonansli tomografiya, ultratovush tekshiruvi singari noyob diagnostika usullari keng tatbiq qilindi. Shuningdek, og’ir jarohatlarda bemor gomeostazidagi o’zgarishlar, osteoporoz va qariyalarda suyak mo’rtligi muammosi bo’yicha fundamental tadqiqrtlar o’tkazildi, yirik bo’g’imlar artrozi va revmatoid artritni ortopedik davolash, umurtqa nostabilligini to’g’rilash, bolalarda son suyagining tug’ma va patologik chiqishlarida rekonstruktiv operasiyalar, suyaklar deformasiyasini to’g’rilash, kalta suyaklarni cho’zish, son suyagi proksimal qismining, uzun suyaklar diafizining, bolalar tirsak bo’g’imining jarohatlarida stabilfunktsional osteosintez qilish kabi dolzarb mavzularda i.t.lar o’tkaziladi. Intning konsultativ poliklinikasida suyakbo’g’imlar jarohatlari va kasalliklari bo’yicha tibbiy maslahat yordami ko’rsatiladi. Rentgenologiya, klinikbiokimyo, elektrofiziologiya va biomexanika lab.lari zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlangan. Intning metodiktashkiliy bo’limi O’zbekistonda travmatologiya va ortopediya xizmatining holatini doimiy monitoring qiladi va takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqadi. Intda 70 dan ortiq malakali travmatologortoped olimlar, shu jumladan, 10 fan dri va prof., 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2004). Int ilmiy to’plam, monografiya, qo’llanma va ommabop risolalar nashr etadi, ilmiy anjumanlar va amaliy seminarlar uyushtiradi. Tragediya (Yun. tragos — echki, ode — qo’shiq; tragodia — echki qo’shig’i) — dramatic tur janrlaridan biri. T. qahramonlar o’rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi. T.da voqelik ancha jiddiy, ichki qaramaqarshiliklar o’tkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va keskin Tue oladi. T. badiiy g’oyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi bilan o’ziga xoslik kasb etadi. T. nin g janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. T. jahon adabiyoti tarixida mavjud barcha ijodiy metodlarda janr sifatida o’z mohiyatini sakdab qoldi; ayni chog’da yangidanyangi imkoniyatlari yuzaga chikdi. Garchand T.da kaxramonlarning takdiri fojia bilan yakun topsa ham, ushbu mohiyatida T. optimistik pafos, adolat va haqiqatning qaror topishi, kjsak insoniy tuyg’ularning maromiga etkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi. T. ning paydo bo’lishi antik davr marosimlariga borib taqaladi. Yunonlar «ma’bud» Dionis sharafiga echki so’yib, bayram tomoshalari o’tkazganlar. «T.» so’zidagi «echki qo’shig’i» degan lug’aviy ma’no o’sha marosimlarga daxldor. Mil. AV. 5-a.ga kelib, yunon T.si kamolat bosqichiga ko’tarildi: Esxil («zanjirband Prometey»), Sofokl («Shoh Edip»), Evripid («Elektra») kabi antik davr adabiyoti namoyandalari T. rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. G’arbda T. Uyg’onish va undan keyingi asrlarda ham rivoj topdi. Xususan, Lope de Vega, Kalderoy (Ispaniya), V. Shekspir (Angliya), L. Korpel, J. Rasin, Volter (Frantsiya), F. Shiller, I. V. Gyote (Germaniya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi ijodkorlar ijodida T. janrlari o’zining yuksak imkoniyatlarini namoyon qildi. O’zbek adabiyotida esa T.ning go’zal namunalari A. Fitrat («Adulfayzxon»), M. Shayxzoda («Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug’bek») lar tomonidan yaratildi.