«Turkiston milliy birligi»

«Turkiston milliy birligi» — Turkiston taraqqiyparvarlari tashkil qilgan siyosiy tashkilot (1921 — 42). Asosiy maqsadi Turkiston mintaqasining to’liq mustaqilligiga erishib, yaxlit davlat tuzish bo’lgan. Dastlab «O’rta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federasiyasi» nomi bilan tashkil qilingan (1921 y. avg.). Validiy uning Markaziy qo’mitasi (MK) raisi etib saylangan. MK tarkibiga Turkistonning nufuzli siyosiy arboblari kirgan, tashkilotning dasturi tasdiklangan. «T.m.b.»bilan «milshy Ittihod» tashkiloti o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatgan. Uning Samarkand sh.da bo’lgan 6kongressi (1921 y. 5-7 sent.)da 24 banddan iborat Nizom va Turkiston milliy bayrog’i kabul qilingan. Mazkur Kongress Turkiston mintakasidagi istiklolchilik harakatining g’oyaviy jihatdan jipslashuviga xizmat qildi. «T.m. b.»ning 7kongressi (Toshkent sh., 1922 i. 18-20 sent.) Validiyga tashkilot faoliyatiga xalkaro jamoatchilik e’tiborini qaratish va chet elda uning bo’limlarini tuzish uchun xorijga borishni topshiradi. 1923 y. yozidan uning a’zolari asosan chet ellarda faoliyat ko’rsatgan. Uning Evropada 2 ta Kongressi (1924 y. 23 noyab., 1925 y. 1 may, Berlin) bo’lgan. «Yangi Turkiston» (muharriri Usmon Xo’ja, 1927 y. iyun — 1932 y. sent.; Istanbul va Berlin) va «Yosh Turkiston» (muharriri Mustafo Cho’qay; 1929 y.dek — 1939 y. avg.; Parij va Berlin) jurnalilari «T.m.b.»organi hisoblangan. Ad.: Validiy 3., Bo’linganni bo’ri er [xotiralar], T., 1997; O’zbekistonningyangi tarixi, 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Ziyoeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000.