Tropik tsiklon

Tropik tsiklon — tropiklaraa yuzaga keladigan dovul tezligidagi shamol va jala yog’inlarga boy bo’lgan past bosimli atmosfera g’alayoni. T.ts. ikkala yarim sharning 5 va 25° kengligida sodir bo’ladi. T. ts.lar o’rta kengliklardagi tsiklonparga nisbatan kichik ko’lamli (diametri 80-1000 km) bo’lib, shamollari va muttasil yog’ib turuvchi yomg’irlari bilan xarakterlanadi. T.ts.ning tropik dovul (shamol tezligi 32,6 m/s gacha) va tropik bo’ron (shamol tezligi 80-100 m/s va undan yuqori) xillari (q. To’fon) mavjud. T.ts. 2 sutkadan 3 haftagacha davom etadi. Har yili er yuzida 100 dan ortiq bo’lib, ko’pincha yozning oxiri — kuzning boshida kuzatiladi. Halokatli sellar va momaqaldiroqlar bilan birga kelib katta vayronagarchiliklarga olib keladi. T.ts.lar yozgi yarim yillikda tropik konvergentsiya (bir-biriga o’xshash) zonasi ekvatordan ancha uzoq tropik okeanlar tomoniga siljigan joylarda kelib chiqadi.