Tropik o’simliklar
Tropik o’simliklar – er sharining tropik mintaqalarida o’sadigan o’simliklar. Tropik mintaqada qo’ng’irboshlar, dukkakdoshlar, zig’irdoshlar, sutlamadoshlar, soyabondoshlar, labguldoshlar, sho’ragullilar va b. botanik oilalarga mansub o’simliklar mavjud. Q.x.da ekiladigan o’simliklar: don ekinlari — bug’doy, arpa, sholi, makkajo’xori, sharik, jo’xori; dukkakli don ekinlari — loviya, soya, dolixos, kaptar loviyasi, kanavaliya; moyli ekinlar — maxsar, zig’ir, eryong’oq, kunjut; efirmoyli — kashnich, arpabodiyon, qora zira, oq zira, ajgon — hind qora zirasi, yalpiz, Rayxon, mavrak, lavanda; moyli ekinlar — atirgul, yorongul, yirikgulli yasmin; tuganakmevali ekinlar — kartoshka, batat, maniok, yams, Taro; texnika ekinlari — shakarqamish, g’o’za, tolali nasha, jut, kanop, sizal, tamaki, piretrum; daraxt va butasimonlar — choy, kofe, palma; kauchukli ekinlar — geveya; tsitrus mevalilar; emxashak o’tlar. T. o’.ning ayrim biologik xususiyatlari, jumladan, issiqsevarligi, namsevarligi, qisqa kunli va aksariyat holda nordon tuproqlarda o’sishi o’zaro o’xshash. Xolima Otaboeva.