Truba
Truba (qad. nem. trumba — quvur) — yuqori registrli mispuflama soz; yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uz. 1500 mm atrofida. Qadimdan ma’lum bo’lib, o’rta asrlarda harbiy, signal musiqa cholg’usi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan yasaladi. 19-a. boshidan pompa yoki ventil mexanizmli T.lar paydo bulgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi T.lar qo’llaniladi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi sifatida ishlatiladi. O’zbekiston T. ijrochiligi va ta’lim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. O’zbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta — 1967, 1968), M. Bafoev (1979), P. Xoliqov (1987) va b. T. uchun kontsertlar yaratishgan.