Tuvaloqlar
Tuvaloqlar (Otididae) — turnasimonlar turkumining bir oilasi. Bo’yni o’rtacha uzunlikda, oyog’i baquvvat, barmoqlari kalta (orqa barmog’i yo’q), qadoqsimon yostiqchalari bor. Dumi nisbatan kalta, yog’bezlari yuq. Yaxshi yuguradi. 11 urug’ga mansub 24 turi bor. Afrika, Evropa, Avstraliya, Osiyoning dasht va chullarida urchish davrida juftjuft bulib yashaydi. O’troq hayot kechiruvchi va migrasiya qiluvchi turlari mavjud. Erga uya quradi. 2-5 ta tuxum qo’yadi. 20-30 kun bosadi. O’simliklar, hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziklanadi. Ovlanadi. Ko’riq erlarning o’zlashtirilishi va tartibsiz ovlanishi natijasida soni kamayib bormoqda. O’zbekistonda 3 turi (to’xtatuvaloq, bizg’aldoq, yo’rg’a tuvaloq) uchraydi. Ko’rsatilgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi va O’zbekiston Respublikasi qizil kitoblariga kiritilgan.