Tuzlar, tabiiy tuzlar
Tuzlar, tabiiy tuzlar — cho’kindi tuz konlarini hosil qiluvchi, suvda tez erish hususiyatiga ega bo’lgan, sho’r va achchiqsho’r ta’mli minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi — xloritlar va natriy, kaliy, magniyning sulfatlari. Tout tuzi (galit), silvin, karnallit, kainit, poligalit, longbeynit, mirabilit, tenarditlar muhim tuzlar sirasiga kiradi. Hosil bo’lish vaqti va sharoitiga qarab T. konlari 3 tipga bo’linadi. Er yuzasidan ozmiko’pmi chuqurlikda joylashgan qattiqt.ning yirik qatlamlari yoki shtok va gumbazeimon yotqiziqlari bo’lib, ilgarigi geologik davrlar mobaynida hosil bo’lgan cho’kindi qazilma konlari. Dunyo bo’yicha T. kazilmalarining 30% shu tipdagi konlarga to’g’ri keladi. Chuqurlikdagi tabiiy T.ning er osti suvlari ta’sirida erib chiqib ketishi natijasida hosil bo’ladigan tuzli manbalar vanamakoblar. Bu konlardan cho’ktirish yo’li bilan tosh tuzining 50% dan ortig’i qazib olinadi. Zamonaviy tuz konlari (sho’r ko’l, qo’ltiq va lagunalar) Er yuzida keng tarqalgan bo’lib, bu tipga xoz. zamon dengiz va okeanlari ham kiradi. T. ning 20% shu tipdagi konlardan qazib olinadi.