Trepel

Trepel (nemischa Trerel — Shimoliy Afrikadagi Tripoli — Tripoli shahri nomidan) — g’ovakli, tsementlashgan, juda yengil cho’kindi tog’ jinsi. Fizik kimyoviy xususiyatlari bo’yicha diatomitta o’xshasada, juda kam mikdorda organik qoldiklarga ega. Odatda, tarkibida mayda kvars bo’lakchalari, dala shpati, slyuda, glaukonit mavjud. Rangi oqdan qo’ngir, qizil, qoragacha. Qattiqligi 1-3, zichligi 2-3 g/sm3, g’ovakliligi 60-64%. Trepel bo’r, toshko’mir va uchlamchi davr yotqiziqlarida uchraydi. Undan izolyatsion, abraziv materiallar sifatida hamda tsement olishda foydalaniladi.