TO’GARAK OG’IZLILAR
TO’GARAK OG’IZLILAR (Cyclostomata) — jag’sizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa o’xshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti tog’aydan iborat. Juft suzgich qanotlari yo’q. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon og’zini (nomi shundan) halqa Tog’ay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh miyasi barcha umurtqalilarga o’xshash bo’limlardan iborat. Ayirish organlari — mezonefros buyraklar. Jinsiy bezlari toq, maxsus yo’li bo’lmaydi. Tuxumlari suvda urug’lanadi. T.o. — balikdar yirtqichi yoki ektoparaziti. 2 turkum: minogalar va miksinalarta bo’linadi.