To’laganov Ahror To’laganovich

To’laganov Ahror To’laganovich (1908.23.9 Toshkent 1990.18.J) zoolog, fitogelmintolog olim. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950). Biol. fanlari dri (1947), prof. (1948). SamDUni tugatgach (1931), umurtqasiz hayvonlar kafedrasida aspirant, assistent, dosent va mudir (1931-41), maorif xalq komissarligida boshqarma boshlig’i (1942-43). O’rta Osiyo untida umurtqasiz hayvonlar kafedrasi (1941 y.dan) va fitogelmintologiya problematik lab. mudiri (1959 y.dan). O’zbekiston FA Botanika va zoologiya inti gelmintologiya lab. mudiri (1945-57), SamDU rektori (1957-63). ToshDU umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1963-88), ToshDU biol. FTI dekani (1973-74). Ilmiy ishlari tuproq va o’simlikxo’r nematodalarni o’rganishga bag’ishlangan. 25 ga yaqin nematodalarning yangi turlarini kashf etgan. Uning rahbarligida O’zbekiston hududida uchraydigan o’simlik va tuproq nematodalari katalogi tuzilgan; kanop, g’o’za va sabzavot ekinlari parazit nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureata (1974). As: Rastenieyadnie i pochvennie nematodi Uzbekistana, T., 1949; Nematodi selskoxozyaystvennix Kultur Uzbekistana i borba s nimi, T., 1958; Fitonematodi Uzbekistana, T., 1975.