Toshqin, daryolarning toshishi

Toshqin, daryolarning toshishi — daryoda suv sathining nisbatan qisqa vaqt ichida tez nomuntazam ko’tarilishi va deyarli shunday tezlikda pasayishi. T. qor va muzliklarning shiddatli erishi, yog’in ko’p yog’ishi, suv omborlaridan suv tashlash, tog’lardagi ko’llar, to’g’onlarni, to’siq dambalarni suv vayron qilishi va h.k. natijasida sodir bo’ladi. Bahorgi sersuvlikdan farkli o’laroq, T. yilning turli davrlarida ro’y beradi. O’rta Osiyo tog’larida qor tez yoki sekin erishi, shuningdek, yomg’irlar natijasida tog daryolarida ketma-ket (ba’zida 4-7 martagacha) T. sodir bo’ladi, tog’daryolari shu bilan tekis erlardagi daryolardan farq qiladi. T. oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Oddiy T. butun havzaga bir tekis tushadigan bir yo’la yoqqan yomg’ir (soatlab yoki sutkalab) yoki vaqt birligida erigan qor natijasida sodir bo’ladi. Murakkab T. daryoning yuqori qismida ketma-ket yuz beradigan T. natijasida ro’y beradi. O’rta Osiyoning katta daryolari (Amudaryo, Sirdaryo)da qishda havoning isib ketishi tufayli daryodagi qalin muz qatlamlari jadal erib, T. yuz beradi. Bunday T. da suv muz qatlami ostida dare oqimi bo’ylab quyiga harakat qiladi, muz yorilishi natijasida suv sathi keskin ko’tariladi va ba’zan maksimal darajada ortib ketadi. Katta T. erlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Suv omborlari T. davrida suvning bir qismini yig’ib olishga, undan kamchil davrlarda sug’orish va b. maqsadlarda foydalanishga imkon beradi (q. Dare oqimini tartibga solshi). T. bo’yicha prognoz Gidrometeorologiya tarmoklari stya va postlari ma’lumotlari asosida tuziladi. Ziyomiddin Artukmetov.