Torf

Torf (nem. torf) — botqoqlik o’simliklarining o’ta namgar va havo kirib borishi qiyin bo’lgan sharoitda tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiklarining to’planishidan hosil bo’ladigan foydali qazilma, yoqilg’i. T. ning organik moddasi turli darajada parchalangan o’simlik qoldiqlaridan iborat. T. er ustida yoki mineral yotqiziqlar qoplami ostida birinchi o’n m lardagi chuqurlikda yotadi. Chirindi (gumus) T.ga qoramtir rang beradi. Kimyoviy tarkibi T. hosil qiluvchi o’simliklarning kimyoviy tarkibiga va T. ning parchalanish darajasiga boglik bo’lib, unda 50-60% uglerod, 5— 6,5% vodorod, 30-40% kislorod, 1— 3% azot, 0,1—1,5% oltingugurt bor. T.ga xos xususiyatlar: tabiiy sharoitda juda ko’p nam (88-96%) saqlash, g’ovaklik (96-97% gacha) va b. T.ning teksturasi bir jinsli, ba’zan qatlamli, strukturasi, odatda, tolasimon va plastik. Rangi sariq yoki qo’ng’irqora. T.ning quruq holatda zichligi (0,3 g/sm3 gacha), issiqlik o’tkazish koeffisienti kam, gaz yutish xususiyati esa ko’p bo’ladi. T.ning dunyodagi zaxirasi 500 mlrd. t bo’lib, konlarining maydoni dunyo bo’yicha 176 mln. ga. T. tez uvalanishidan uzoqqa tashib borish kiyin. Shuning uchun mahalliy yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Briketlangan hodda tashish kulay. T. yirik elektr styalari, issiklik elektr markazlari xamda zd va fka qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. T.dan qurilish materiallari (plitalar) ham tayyorlanadi. Gazlashtirish va chala kokslash yo’li bilan kimyoviy moddalar olinadi. Q.h.da va ohak aralashmasini tayyorlashda torfammiakli o’g’itlar ishlab chiqarish.da, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yoqilg’i, chorvachiliqda to’shama sifatida, tibbiyotda davolash muolajalarida ishlatiladi. T. konlari barcha materiklarda: shim. yarim sharda — G’arbiy Sibir va g’arbga tomon Atlantika okeanining sohillarigacha hamda shim. Amerikaning shim.Sharqiy qismida bor. Jan. yarim sharda esa Jan. Sharqiy Osiyo olaridagina topilgan.