Tibet tog’ligi

Tibet tog’ligi – Markaziy Osiyo, asosan, Xitoyda. Er sharidagi eng katta va baland tog’lardan. Mayd. 2 mln. km2, bal. 4000-5000 m, ba’zi tizmalarning bal. 6000-7000 m. Himolay, Qoraqurum, Kunlun, SinaTibet tog’lari bilan chegaralangan. T. t. ning shim. va Markaziy qismi (mahalliy nomi Changtan) bir oz to’lqinsimon yoki yassi tekislik bo’lib, kenglik bo’ylab cho’zilgan va qiya yon bag’irli tog’tizmalaridan iborat. Ayrim cho’qqilarining relefi Alp tipli. Tangla, Kaylas va b. tizmalarida muzliklar bor. Tog’lik chekkalaridagi tizmalarning yon bag’rilari tik, relefi kuchli parchalangan, dare vodiylari tog’larni 2-3 ming m chuqurlikkacha o’yib tushgan. T. t. O’rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashgan. Uning turli qismida geologik rivojlanish tarixi har xil. Kaynozoy o’rtalarigacha T. t., asosan, cho’kkan, ko’p qismida cho’kindi jinslar to’plangan. Kaynozoy oxirlaridan yoppasiga ko’tarila boshlagan. Kuchli zilzilalar bo’lib turishi, yosh vulkan konuslari va qaynoq buloklarning mavjudligi tog’hosil bo’lish jarayonining davom etayotganligidan darak beradi. Foydali qazilmalardan oltin, kassiterit, polimetall rudalar, toshko’mir konlari topilgan. Oqmas ko’llarda soda va b. minerallarning katta zaxiralari mavjud. T. t. materik ichkarisida joylashganligi va juda baland bo’lganligi sababli iklimi keskin kontinental va sovuq. Changtanda o’rtacha yillik t-ra 0— 5°, qish uzoq davom etadi, -32° gacha sovuq bo’ladi, yog’in kam yog’adi. Yoz esa salqin, iyulda ham ba’zan tuproq qatlami muzlaydi. T. t.ning Jan.da iklim nisbatan iliqroq, yanv. oyining trasi 0° dan -20° gacha, iyulniki 5-15°. Tog’likning Jan. va sharkidagi tizmalar okeandan keladigan nam havo massalarini to’sib turadi, aksari qismida yillik yog’in 100-200 mm (asosan, krr shaklida), Jan.da yozgi musson ta’sirida 500-700 mm yog’adi. Iqlimining quruqligi natijasida qor chizig’i 5000-6000 m balandlikdan o’tadi. T. t.ning musson ta’siridagi qismidan Xuanxe, Yantszi, Mekong, Saluin, Brahmaputra, Hind kabi yirik daryolar boshlanadi. Daryolari, asosan, qor va muzliklardan, Jan.da esa yomg’irdan suv oladi. Gidroenergiya zaxirasiga boy. T. t. da ko’l ko’p, ular tektonik botiqlarda joylashgan. Yirik ko’llari: Namso, Selling, Dangrayum. Ko’llari sayoz va suvi sho’r, noyab.dan may oyigacha muzlaydi. T. t. ning tuproklari baland tog’Dashti va chuliga xos shag’al aralash tuproq, kam chirindili. Ayrim joylarda tuprok, qatlami va o’simliklar umuman yo’q. Chekka qismida unumdor tog’o’tloqdasht va tog’o’tloq tuproklar tarqalgan. Katta maydonlarni baland tog’cho’li va chala cho’li qoplagan, siyrak o’t va butalar usadi. Dare vodiylari butazor va to’qayzor. Chorvachilikda, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi.