16 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro sport avtopoygalari kuni.
? Selfilarsiz kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin – Davao shahri kuni.
?? Hindiston – Milliy emlash kuni.
?? Latviya – Legionerlarni xotirlash kuni.
?? Litva – Kitob kontrabandachilari kuni.
?? AQSh – Milliy Panda kuni.
?? Qozog‘iston – Respublika gvardiyasi kuni.

? VOQEALAR:

  • 870 – Bolgariyada pravoslav cherkovi va ierarxiyasi tashkil etildi.
  • 1521 – portugaliyalik dengizchi Fernand Magellan birinchi safari davomida Filippin qirg’oqlariga yetib bordi.
  • 1565 – Filippinliklar va ispanlar Sandugo marosimida birodarlashganlar.
  • 1660 – Angliyaning uzoq davom etgan parlamenti 20 yillik yig’ilishdan so’ng tarqatib yuborildi.
  • 1802 – AQSh Kongressining qarori bilan Vest-Poytndagi Harbiy Akademiya tashkil etildi.
  • 1867 – Fransuz bog‘boni Jozef Monye ko’p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylangan temir beton uchun patent oldi.
  • 1921 – RKP (b) X syezdining yopilishi; NEPga o’tishning boshlanishi.
  • 1921 – RSFSR va Turkiya o’rtasida do’stlik va birodarlik shartnomasini imzolandi.
  • 1921 – SSSR Londonda Buyuk Britaniya bilan savdo shartnomasini tuzadi.
  • 1924 – Italiya Fiume shahrini qo’shib oldi.
  • 1926 – Amerikalik konstruktor Robert Goddard birinchi suyuq yonilg’i bilan ishlaydigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazdi.
  • 1935 – Fashistlar Germaniyasida umumiy harbiy xizmat joriy etildi, bu Versal shartnomasi shartlarini ochiqdan-ochiq buzish edi.
  • 1935 – Germaniyada Vermaxt tashkil topdi.
  • 1936 – birinchi sovet yo’lovchi avtomobili – M-1 limuzini Gorkiy avtomobil zavodining konveyeridan chiqarildi.
  • 1945 – 3 va 2-Ukraina frontlari qo’shinlarining Venadagi operatsiyasi boshlanishi.
  • 1962 – Nikita Xrushchyov SSSRda qit’alararo raketa borligini e’lon qildi.
  • 1968 – Vetnam urushi paytida AQSh qo’shinlari Janubiy Vetnamning Milai (Songmi) qishlog’ini yo’q qilishdi.
  • 1976 – Yamayka xalqaro konferensiyasi. Yangi jahon valyuta tizimi to’g’risida bitim imzolandi.
  • 1988 – Eron-Iroq urushi paytida Iroq Harbiy-havo kuchlari Halabja shahriga kimyoviy hujum uyushtirdi, natijada minglab kurdlar halok bo’ldi.
  • 1992 – Oʻzbekiston Meksika, Gruziya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1995 – Armaniston va Rossiya Armanistondagi rus qo’shinlarini saqlab qolish to’g’risida bitim imzoladilar.
  • 1995 – Missisipida AQSh Konstitutsiyasiga 13-tuzatish ratifikatsiya qilindi – qullik rasman taqiqlangan.
  • 2014 – Qrimning siyosiy maqomi toʻgʻrisidagi referendum boʻlib oʻtdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1740 – Yakov Shvepp (1821) – nemis havaskor ixtirochisi, tadbirkor, soatsoz va yuviler.
  • 1751 – Jeyms Medison (1836) – AQShning 4-prezidenti (1809-1817).
  • 1787 – Georg Simon Om (1854) – nemis fizigi.
  • 1839 – Fransua Syulli-Pryudom (1907) – fransuz shoiri, adabiyot sohasidagi 1-Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1851 – Martin Beyerink (1931) – golland mikrobiologi va botanigi, tadrijiy mikrobiologiya va virusologiya asoschilaridan.
  • 1853 – Genrix Kayzer (1931) – nemis fizigi, yer atmosferasida geliy mavjudligini topgan.
  • 1859 – Abdulahad (1911) – Buxoro amirligining hukmdori (1885-1910), Amir Muzaffarning o‘g‘li.
  • 1859 – Aleksandr Popov (1906) – rus fizigi, radio ixtirochisi.
  • 1884 – Aleksandr Belyayev (1942) – rus sovet fantast yozuvchisi.
  • 1906 – Tamaraxonim (1991) – O’zbekiston xalq artisti, o’zbek professional raqsi asoschilaridan.
  • 1915 – Kunihiko Kodayra (1997) – yaponiyalik matematik.
  • 1918 – Frederik Raynes (1998) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1930 – Nuriddin Shukurov (1995) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
  • 1959 – Jens Stoltenberg – NATOning 13-chi va amaldagi bosh kotibi (2014-yildan).
  • 1967 – Bogdan Titomir – rossiyalik estrada xonandasi, raqqos, didjey, teleboshlovchi.
  • 1968 –  Devid Makmillan – shotland kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (2021).
  • 1976 – Chju Chen – xitoylik shaxmatchi ayol, 9-jahon chempioni.