Bugun 29-mart 2024-yil, juma.
? BAYRAMLAR:
? Butunjahon marmar kuni.
? Xalqaro suv parisi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh – Vyetnam urushi faxriylari kuni.
?? AQSh – Milliy onalar va pop biznes egalari kuni.
?? Tayvan – Yoshlar kuni.
?? MAR – Boganda kuni.
?? Madagaskar – Shahidlar kuni.
? VOQEALAR:
- 845 – Vikinglar Parijga bostirib kirib, talon-taroj qilishdi.
 - 1410 – Gilyom II Sardina yerlarini Aragon qiroliga sotdi.
 - 1430 – Murod II qo’shinlari Salonikini qamalning 8-yilida egallab olishdi.
 - 1461 – Tauton jangi – Oq va Qizil atirgullar urushidagi eng qonli jang.
 - 1798 – Fransuzlar Gelvet Respublikasi (Shveytsariya) tuzilganini e’lon qilishdi.
 - 1807 – astronom Olbres Vesta asteroidini kashf qildi.
 - 1848 – Germaniyada inqilobiy voqealar: Berlinda liberal hukumat tuzildi.
 - 1848 – Niagara sharsharasi 30 soatga muzlab qoldi.
 - 1864 – Buyuk Britaniya Ion orollarini Gretsiyaga berdi.
 - 1873 – Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozishni boshlagan.
 - 1886 – Vilgelm Steynis rasman shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni bo‘ldi.
 - 1886 – Coca-Cola tug’ilgan kun – dunyoda ushbu mashhur ichimlik uchun retsept yaratildi.
 - 1891 – Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
 - 1911 – Sankt-Peterburgda Rossiya olimpiya qo‘mitasi ta’sis qilindi.
 - 1927 – Ontario provinsiyasi (Kanada) da “quruq qonun” bekor qilindi, o‘rniga hukumat nazorati o‘rnatildi.
 - 1940 – Angliya bankida qalbakisidan himoyalangan – yupqa metall ip bilan o‘ralgan , yuqori sifatli birinchi qog‘oz pul ishlab chiqildi.
 - 1947 – Madagaskar tarixida eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri bo‘lib o‘tdi.
 - 1974 – Mariner 10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.
 - 1974 – Sin Shixuandi maqbarasida sopol haykallar topildi.
 - 2004 – Estoniya, Latviya va Litva NATOga a’zo bo‘lishdi.
 - 2010 – Moskva metrosida terakt.
 - 2015 – muqobillik asosida o‘tgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida I. Karimov g‘olib chiqdi.
 - 2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan MXX nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.
 
? TAVALLUDLAR:
- 1735 – Iogann Karl Avgust Muzeus (1787) – nemis yozuvchisi, adabiy tanqidchi, filolog va pedagog.
 - 1790 – Jon Tayler (1862) – AQShning 10-prezidenti.
 - 1849 – Vladimir Vagner (1934) – rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri.
 - 1879 – Alan Xenderson Gardiner (1963) – ingliz misrshunosi, “Leyden papirusi” ni topgan.
 - 1899 – Lavrentiy Beriya (1953) – sovet davlat arbobi, Stalinning eng yaqin safdoshi.
 - 1906 – Tamara Xonim (1991) – raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va xoreograf, SSSR Xalq artisti.
 - 1919 – Eileen Heckart (2001) – amerikalik film aktrisasi.
 - 1927 – Jon Veyn (2004) – ingliz kimyogari va farmakologi, Nobel mukofoti laureati (1982).
 - 1936 – Miraziz A’zam – o‘zbek shoiri, tarjimon.
 - 1943 – Jon Meyjor – Buyuk Britaniyaning 72-bosh vaziri (1990- 1997).
 - 1946 – Bayat Muxtorov (2015) – oʻzbek haykaltaroshi va avangard rassomi, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib performans va xeppening usullaridan foydalangan.
 - 1955 – Brendan Glison – irlandiyalik aktyor, rejissyor.
 - 1989 – Zarina Nizomiddinova – o‘zbek aktrisasi va qoʻshiqchisi.
 - 1991 – Irene ‐ janubiy koreyalik qoʻshiqchi, reper va aktrisa.
 - 1994 – Anastasiya Kostenko – rossiyalik model, «Rossiya go’zali 2014» da 2-oʻrin va Londondagi «Dunyo go’zali 2014» xalqaro go’zallik tanlovi ishtirokchisi.
 



