6 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro taraqqiyot va tinchlik uchun sport kuni.
? Butunjahon stol tennisi kuni.
? Bohring-Opitz sindromi haqida xabardorlik kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya  – Baliqchilar kuni.
?? AQSh – Milliy Siam mushuklari kuni.
?? AQSh – Milliy talaba-sportchilar kuni.
?? Qirg’iziston – Atletika murabbiylari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kuni.
?? Kongo DR – Kimbangu kuni.
?? Kokos orollari – O’z taqdirini o’zi belgilash kuni.
?? Burundi – Prezident Ntaryamira kuni.
?? Tailand – Chakri sulolasi kuni.

? VOQEALAR:

  • 943 – Somoniylar davlati hukmdori Nasr ibn Ahmad vafot etdi.
  • 1199 – Fransiya bilan urushda ingliz qiroli Richard Sheryurak halok bo‘ldi.
  • 1327 – Franchekco Petrarka oʻz ilhom parisini uchratdi.
  • 1362 – Yuz yillik urush: Brinye jangi.
  • 1384 – Portugaliya qirolliklar davri: Atoleyrush jangi portugal qo’shinlarining g’alabasi bilan yakunlandi.
  • 1580 – Britaniyada yer silkinishi ba’zi London ibodatxonalarini, shu jumladan eski Avliyo Pavel soborini vayron qildi.
  • 1652 – Jan van Ribek Keyptaunga asos soldi.
  • 1712 – Nyu-Yorkda qullar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1748 – Pompey (Italiya) xarobalari topildi.
  • 1793 – Fransiyada jamoat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.
  • 1814 – Fransiyada Burbonlar sulolasi qayta tiklandi.
  • 1818 – Parijda baron Karl Drez ilk bor ikki g‘ildirakli velosipedni namoyish qildi.
  • 1897 – Zanzibarda qullik taqiqlandi.
  • 1899 – Moskvada birinchi elektr tramvay ishga tushirildi.
  • 1903 – Kishinyov qirg‘ini boshlandi.
  • 1909 – Rossiya va Turkiya o‘rtasida Bolgariya mustaqilligi to‘g‘risida bitim imzolandi.
  • 1917 – AQSH Birinchi jahon urushiga kirdi.
  • 1924 – Italiyadagi saylovlarda fashistlar mutlaq g’alaba qozondi.
  • 1930 – SSSR MIK ning farmoni bilan “Lenin” ordeni va “Qizil Yulduz” ordeni ta’sis etildi.
  • 1938 – Kimyogar Roy Plunkett politetrafloroetilen yoki teflonni kashf etdi.
    -1945 – Koenigsberg operatsiyasi boshlandi.
  • 1965 – AQShda geostatsionar orbitada ishlaydigan dunyodagi birinchi tijorat aloqa sun’iy yo’ldoshi – «Early Bird» uchirildi.
  • 1984 – Kokos orollari aholisi Avstraliyaga to’liq qo’shilish uchun ovoz berdi.
  • 1985 – Amerikalik Uilyam Shryoder sun’iy yurak bilan kasalxonadan chiqarilgan birinchi odam bo‘ldi.
  • 1994 – Ruanda va Uganda prezidentlarining aviahalokati: Ruandadagi genotsidning boshlanishi.
  • 1999 – Aleksisda (Yugoslaviya) NATO bombalari tufayli tinch aholi kvartali vayron bo’ldi.
  • 2010 – Qirg’izistonda davlat to’ntarishining boshlanishi. Aprel voqealari. Sababi: Qurmanbek Bakiyev rejimining qarindosh-urug‘chilik boshqaruvi.
  • 2012 – Azavad o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1483 – Rafael Santi (1520) – mashhur Italiyalik rassom va me’mor. (26 yoki 28-mart ham bo‘lishi mumkin)
  • 1671 – Jan-Batist Russo (1741) – taniqli fransuz hajvchi-shoiri.
  • 1810 – Filip Genri Gosse (1888) – ingliz tabiatshunosi, akvarium ixtirochisi.
  • 1812 – Aleksandr Gertsen (1870) – rus jamoat arbobi va yozuvchisi, faylasuf, inqilobchi.
  • 1836 – Nikolay Sklifosovskiy (1904) – rus shifokori, jarroh, professor, pedagog.
  • 1892 – Donald Uills Duglas (kattasi) (1981) – amerikalik aviamuhandis, yo‘lovchi, yuk va harbiy samolyotlar quruvchisi.
  • 1911 – Feodor Feliks Konrad Linen (1979) – nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1928 – Jeyms Uatson (1928) – amerakalik biokimyogar,  molekulyar biologiya asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1962).
  • 1969 – Pol Rad – amerikalik aktyor, komediyachi, ssenariy muallifi va film prodyusseri. 
  • 1973 – Rumiana Neykova – bolgariyalik eshkak eshuvchi, Olimpiya chempioni (2008).
  • 1975 – Otabek Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-2019).
  • 1975 – Zak Braff – amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariy muallifi, produsyer. 
  • 1978 – Tatyana Naynik – rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa, model va produser.
  • 1987 – Nilufar Usmonova – oʻzbek qoʻshiqchisi vaaktrisasi.
  • 1992 – Asal Shodiyeva – oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi.
  • 1998 – Peyton Roy List – amerikalik aktrisa.