22 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Ona Yer kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Buyuk Britaniya – Stiven Lourens kuni.
?? AQSh – Konfederatsiyani xotirlash kuni.
?? Serbiya – Xolokost qurbonlari xotirasi kuni.
?? Braziliya – Braziliya kashf etilgan kun.
?? Rossiya – Norasmiy dasturchilar kuni.
?? Braziliya – Qiruvchi aviatsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1370 – Bastiliyaning qurilishi boshlandi.
  • 1500 – Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.
  • 1509 – Otasining o‘limidan so‘ng Genrix VII taxtga o‘tirdi.
  • 1529 – Ispaniya va Portugaliya Saragos bitimini imzolashdi.
  • 1662 – Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini  tasdiqladi.
  • 1793 – Jorj Vashington Yevropa davlatlarining inqilobiy Fransiyaga qarshi urushida AQSh ning neyteraliteti haqidagi Deklaratsiyani e’lon qildi.
  • 1794 – Kostyushko qo’zg’oloni: Vilena qo’zg’oloni boshlandi.
  • 1832 – Nikolay I ning farmoniga ko‘ra Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.
  • 1834 – Janubiy Atlantikadagi Muqaddas Yelena oroli Britaniya qirollik mustamlakasi deb e’lon qilindi.
  • 1838 – Angliyaning “Siruis” yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi.
  • 1863 – Moskva shahar dumasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi.
  • 1864 – AQSh Kongressi  qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi.
  • 1889 – AQSh prezidenti Benjamin Franklin oq tanlilarning Oklaxomada o‘rnashishi uchun ruxsat berdi.
  • 1898 – Ispaniya – amerika urushi arafasida AQSh floti Kubani qamal qilishni boshladi.
  • 1915 – Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi.
  • 1918 – Turkiya tazyiqi ostida Rossiyadan mustaqil Zakavkazye Federativ Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
  • 1930 – Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.
  • 1939 – Jefri Stefenson Slingsbining “Gall” planyorida  La-Mansh bo‘g‘ozi ustudan birinchi parvozni amalga oshirdi.
  • 1943 – Albert Hofmann LSD ning gallyutsinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi.
  • 1945 – “Berlin operatsiyasi” vaqtida Qizil Armiyaning ilg‘or qismlari III reyxning poytaxtiga kirishdi va Berlinni shturm qilishni boshlashdi.
  • 1952 – 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.
  • 1964 – Tanganika va Zanbizar o‘zlarining yagona Tanzaniya davlatiga birlashganini e’lon qilishdi.
  • 1969 – Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi.
  • 1970 – Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o’tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi.
  • 1980 – Kanada Moskva Olimpiya o’yinlariga boykot e’lon qildi.
  • 1983 – “Shtern” nemis jurnali Gitlerning kundaliklarini chop eta boshladi (keyinchalik bu soxta ekanligi ayon bo‘ldi).
  • 1993 – Mosais veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqarildi.
  • 2004 – Xitoyda ikki poyezd to‘qnashuvida kamida 150 odam halok bo‘ldi.
  • 2005 – Xitoyning Chunsin shahri chekkasida kimyoviy zavoddagi portlash natijasida uchta bino vayron bo’ldi, 19 kishi bedarak yo’qoldi.
  • 2010 – AQSh qirg’oqlari yaqinidagi Meksika ko’rfazida neft platformasi yong’in tufayli yakson qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1451 – Izabella Kastilskaya (1504) – Kastiliya va Leon qirolichasi (1474-1504).
  • 1518 – Antuan de Burbon (1562) – Navarra qiroli, Fransiya taxtidagi Burbonlarning birinchi vakili Genrix IV ning otasi.
  • 1592 – Vilgelm Shikkard (1635) – nemis astronomi, matematigi va sharqshunosi, birinchi arifmometr (qoʻshish mashinasi) ni yaratgan.
  • 1724 – Immanuil Kant (1804) – nemis faylasufi.
  • 1766 – Anna Luiza Jermena de Stal (1817) – fransuz yozuvchisi, adabiyot nazariyotchisi, publitsist.
  • 1834 – Gaston Plante (1889) – fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
  • 1839 – Avgust Vilgelm Eyxler (1887) – oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi.
  • 1853 – Alfons Bertilyon (1914) – fransuz kriminologi, antropologi, sud-tibbiy identifikatsiya tizimini ishlab chiqqan.
  • 1870 – Vladimir Lenin (1924) – Rossiyalik inqilobchi, sovet siyosiy va davlat arbobi, “jahon inqilobining dohiysi”.
  • 1876 – Róbert Bárány (1936) – avstriyalik otorinolaringolog, Nobel mukofoti sohibi (1914).
  • 1899 – Vladimir Nabokov (1977) – rus va amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog-olim.
  • 1902 – Gʻabit Musrepov (1985) – qozoq adibi va jamoat arbobi.
  • 1904 – Robert Oppengeymer (1967) – amerika fizigi, atom bombasining yaratuvchisi.
  • 1912 – Malik Qayumov (2010) – kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR Xalq artisti (1967).
  • 1919 – Donald Kram (2001) – amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1925 – Mamatxon Ubaydullayev (2010) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1982).
  • 1929 – Maykl Frensis Atiya (2019) – britaniyalik matematik.
  • 1937 –  John Joseph „Jack“ Nicholson – amerikalik aktyor, rejissor, kinodramaturg va produser. Nicholson kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri hisoblanadi. 
  • 1942 – Oydin Hojieva – O’zbekiston xalq shoirasi.
  • 1944 – Yormuhammad Muborakov (1999) – mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1994).
  • 1957 – Donald Tusk – Polsha premyer ministri (2007-2014).
  • 1964 – Igor Danilov – Rossiyalik dasturchi, Dr. Web antivirusining yaratuvchisi.
  • 1965 – Fikret Kushkan – turkiyalik aktyor.
  • 1974 – Vasiliy Virastyuk – Ukrainada xizmat ko’rsatgan sport ustasi, «Jahonning eng kuchli odami» unvoni sohibi.
  • 1975 – Hosila Rahimova – xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1982 – Kaka – Braziliya futbolchisi, jahon chempioni (2002).
  • 1986 – Ember Lora Herd – amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
  • 1989 – Yasper Sillessen – gollandiyalik futbolchi, darvozabon.
  • 1990 – Eve Myurxed – shotlandiyalik kyorlingchi, Olimpiya chempioni.
  • 1999 – Maryana Naumova – rossiyalik sportchi, pauerlifting bo’yicha jahon rekordchisi va chempioni, jamoat arbobi.