14 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Dylan Tomas kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Paragvay – Mustaqillik kuni.
?? Chili – Muhandislar kuni.
?? Liberiya – Milliy Birlashish kuni.
?? Tailand – Tailand buffalolarini saqlash kuni.
?? Kambodja – Qirol Norodom Shiamoni tug’ilgan kun.
?? Malavi — Kamuzu kuni.

? VOQEALAR:

  • 1147 – Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurish paytida Regensburgni tark etishdi.
  • 1607 – inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi – Jeymstaunni tashkil etishdi.
  • 1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi.
  • 1835 – Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi.
  • 1862 – Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
  • 1853 – AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 
  • 1869 – Oqto‘ba shahriga asos solindi.
    1872 – Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e’lon qildi.
  • 1878 – “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi.
  • 1900 – Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1904 – AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. 
  • 1917 – Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.
  • 1927 – Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
  • 1939 – Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi.
  • 1948 — David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi.
  • 1954 – Gaagada BMTga a’zo davlatlar «Qurolli to’qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida Gaaga konvensiyasini» qabul qildilar.
  • 1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi.
  • 1962 — Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya   qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi.
  • 1963 – Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi.
  • 1993 – Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
    -1993 – MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
  • 2007 – “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. 
  • 2008 –  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi.
  • 2009 – Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel» teleskopi orbitaga chiqarildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1265 – Dante Aligyeri (1321) – italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir.
  • 1316 – Karl IV (1378) – german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378).
  • 1553 – Margarita de Valua (1615) – fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur.
  • 1771 – Robert Ouen (1858) – ingliz sotsialist utopisti.
  • 1838 – Vilgelm Steynis (1900) – nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
  • 1905 – Uyg‘un – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg.
  • 1922 – Frano Tudjman (1999) – Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti.
  • 1942 – Edvard Rtveladze – arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).
  • 1943 – Birodar Abduraimov – futbolchi, «Paxtakor» (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), «O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» (1994). 
  • 1944 –  Uolton Lukas – amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor.
  • 1946 – Rahmon Muhammadiyev – koʻz3 kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). 
  • 1952 — Robert Zemekis  – “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori.
  • 1969 – Ketrin Elis Blanshet – avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori. 
  • 1984 – Mark Sukerberg – Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.
  • 1994 – Marquinos (asl ismi Markos Aoas Korrea) – braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016).