? BAYRAMLAR:
?? BMT – Xalqaro rivojlanish va kelishuvga bag‘ishlangan madaniy rang-baranglik kuni.
?? BMT – Xalqaro choy kuni.
? Butunjahon meditatsiya kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? O‘zbekiston – Kutubxonachilar kuni.
?? Vengriya – Vatanparvarlar va harbiylar kuni.
?? Rossiya – Qutb tadqiqotchilari kuni.
?? Filippin – Malabon kuni.
?? AQSh – Milliy ofitsiantlar kuni.
?? Qozog‘iston – Madaniyat va san’at xodimlari kuni.
?? Kolumbiya – Afro-Kolumbiya kuni.
?? Chernogoriya – Mustaqillik kuni.
?? Chili – Harbiy dengiz floti kuni.
?? Hindiston – Terrorizmga qarshi kurash kuni.
? VOQEALAR:
- 1091 – Rus davlatida quyosh tutilishi ilk bor qayd etildi.
- 1502 – ispan dengizchisi Juan da Nova Atlantika okeani janubida Muqaddas Yelena orolini kashf qildi.
- 1635 – Fransiya O‘ttiz yillik urushga kirishdi (1618 – 1648-yillar).
- 1662 – Angliya qiroli Karl II Portugaliya malikasi Katarina Bragansa bilan turmush qurdi.
- 1712 – Pyotr I Rossiya poytaxtini Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirdi.
- 1792 – Yaponiyaning Kyusyu orolida Undzen vulqoni otildi; 15 ming kishi nobud bo‘ldi.
- 1840 – Yangi Zelandiya britan mustamlakasiga aylandi.
- 1851 – Avstraliyada birinchi oltin topildi.
- 1904 – Parijda FIFA – Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi.
- 1927 – Charlz Lindberg Atlantika okeani ustidan uchib o’tdi.
- 1945 – Suriya va Livan Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
- 1956 – AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
- 1969 – «An-26» transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
- 1972 – Laslo Tot Mikelanjeloning „Pyeta“ asariga bolgʻa bilan urdi.
- 1982 – Folklend urushi: Buyuk Britaniya Folklend orollariga dengiz desantini tushirishni boshladi.
- 1995 – Oʻtkir Sultonov Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tayinlandi.
- 2006 – Serbiya va Chernogoriya Respublikasi ikki mustaqil davlatga ajralib ketdi. Chernogoriya Respublikasi va Serbiya Respublikasi tashkil topdi.
- 2006 – Chernogoriyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1471 – Albrext Dyurer (1528) – nemis musavviri va matematigi.
- 1527 – Filipp II Gabsburg (1598) – Ispaniya (1556-yildan) va Portugaliya(1580-1598) qiroli.
- 1799 – Meri Enning (1847) – britaniyalik havaskor paleontolog.
- 1843 – Charlz Albert Goba (1914) – Shveytsariyalik advokat va siyosatchi, Nobel mukofoti sohibi (1902.
- 1843 – Lui Reno (1918) – Fransuz huquqshunosi, o’qituvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1907).
- 1851 – Leon Burjua (1925) – fransuz siyosatchisi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
- 1860 – Villem Eyntxoven (1927) – golland fiziologi, elektrokardiogramma mexanizmlarini kashf qilgan, Nobel mukofoti sohibi (1924).
- 1878 – Glend Hammond (1930) – amerikalik aviatsiya kashshoflaridan, gidroplanni ixtiro qilgan.
- 1921 – Andrey Saxarov (1989) – taniqli fizik va jamoat arbobi, Nobel mukofoti sohibi (1975).
- 1927 – Orif Alimahsumov (2005) – xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy.
- 1934 – Bengt Ingemar Samuelsson – shved biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1982).
- 1955 – Sergey Shoygu – Rossiya harbiy arbobi, amaldagi mudofaa vaziri.
- 1960 – Vladimir Salnikov – sovet suzish ustasi, 4 karra olimpiya va ko‘p karra jahon chempioni.
- 1963 – Oxunjon Madaliyev (2000) – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1974 – Fayruza Balk – amerikalik aktrisa.
- 1990 – Tiril Ekxof – norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.