8 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro okeanlar kuni.
? Butunjahon miya shishi kuni.
? Chang yutgichning tug’ilgan kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Sloveniya ‐ Primož Trubar kuni.
?? Peru – Muhandislar kuni.
?? Rossiya – Ijtimoiy soha xodimlari kuni.
?? Norfolk oroli – “Bounty” kuni.
?? AQSh – Inoq do‘stlar kuni.
?? Fransiya – Hindixitoyda Fransiya uchun qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni.?? Rossiya,Kareliya – Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 218 – Imperator Makrinus qo’shinlari va taxtga da’vogar, o’n to’rt yoshli Geliogabal tarafdorlari o’rtasida Antioxiya jangi.
  • 1509 – Florensiya Respublikasi qo’shinlari tomonidan qamal qilingan Piza taslim bo’ldi. Piza Respublikasi o’z faoliyatini to’xtatdi.
  • 1701 – Pyotr I davlat ijtimoiy himoya tizimimiga asos solgan Farmonni e’lon qildi.
  • 1758 – Yetti yillik urush paytida Shimoliy Amerika teatrida inglizlar Luiburgni qamal qilishni boshladilar.
  • 1783 – Islandiyadagi Laki vulqoni otilishi natijasida mamlakat aholisining beshdan bir qismi halok boʻldi.
  • 1786 – Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi.
  • 1824 – Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi.
    -1861 – Tennessi shatatidagi  referendumda aholining uchdan ikki qismi AQSH tarkibidan chiqishni yoqlab ovoz berdi.
  • 1869 – Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi.
  • 1912 – Los-Anjelesda “Universal” kinostudiyasi tashkil etildi.
  • 1940 – Neptuniy kashf qilindi.
  • 1946 – Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi.
  • 1949 – Jorj Oruellning  „1984“ romani nashrdan chiqdi.
  • 1960 – Lev Trotskiyning qotili Ramon Merkaderga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.
  • 1964 – Islandiya YUNESKO ga a’zo bo‘ldi.
  • 1965 – Amerikaning “Frito-Lay” va “Pepsi-Cola” kompaniyalari birlashib, “PepsiCo” tashkil topdi.
  • 1978 – Soljenitsin Garvard bitiruvchilari assambleyasi oldida (20 000 kishi) «Bo’lingan dunyo» nutqi bilan chiqish qildi, nutq AQSh televideniesi tomonidan namoyish etildi.
  • 1990 – Rossiya parlamenti Rossiya qonunlarining SSSR qonunchiligidan ustunligi uchun ovoz berdi.
  • 2004 – Veneraning Quyosh diskidan o’tishi.
  • 2011 – Belarusda «Ijtimoiy tarmoqlar orqali inqilob» deb nomlangan norozilik namoyishlari boshlandi.
  • 2017 – Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey navbatdan tashqari saylovlar yakuni boʻyicha parlamentga qayta saylandi.
  • 2020 – 2020-yilgi AQShdagi noroziliklari paytida Sietlda Kapitoliy tepaligi avtonom zonasi tashkil etildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1683 – Pyer Man’oli (1715) – fransuz botanigi, o‘simliklarni tizimlashtirishning asoschilaridan biri.
  • 1810 – Robert Aleksander Shuman (1856) – nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. 
  • 1832 – Aleksandr Aksakov (1903) – rus publisisti, tarjimon, noshir.
  • 1903 – Margaret Yursenar (1987) – fransuz adibasi, Fransiya akademiyasiga saylangan birinchi ayol.
  • 1916 – Frensis Krik (2004) – britaniyalik molekulyar biolog, biofizik va neyrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1962).
  • 1920 – Ivan Kojedub (1991) – sovet qiruvchi uchuvchisi, uch marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1926 – Oleg Koshevoy (1943) – Krasnodardagi “Yosh gvardiya” yashirin komsomol tashkilotining rahbari (1942-1943), Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1939 – Norman Devis – britaniyalik tarixchi.
  • 1945 – Nikolas «Nicky» F. Oppenheimer – Afrikalik milliarder, olmos, oltin qazib olish ishlari bilan faoliyat yurituvchi yirik konchilik firmalarining aksiyadori.
  • 1947 – Erik Vishaus – amerikalik biolog, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1955 – Xose Antonio Kamacho – ispan futbolchisi va treneri, Yevropa chempionati kumush medali sohibi (1954).
  • 1955 – Ser Timothy John «Tim» Berners-Lee – Ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi.
  • 1981 – Eshli Bleyzer Bayden – amerikalik ijtimoiy xodim va moda dizayneri.
  • 1988 – Loren Gottlib – amerikalik raqqosa va aktrisa.
  • 1984 – Xaver Maskerano – argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni.
  • 1997 – Yelena Ostapenko – latviyalik tennischi, “Katta dubulg‘a” turnirining eng yosh g‘olibasi.
  • 2004 – Francheska Kapaldi – amerikalik yosh aktrisa.