? BAYRAMLAR:
? Xalqaro adolat kuni.
? Butunjahon bolalaringizni quchoqlash kuni.
? Butunjahon emoji kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh, ?? Kanada ‐ Milliy lotereya kuni.
?? Buyuk Britaniya ‐ Qirolicha konsortining tug’ilgan kuni.
?? Slovakiya – Mustaqillik kuni.
?? Lesoto – Qirol kuni.
?? Botsvana ‐ Prezident kuni.
?? Yaponiya ‐ Dengiz kuni.
?? Janubiy Koreya – Konstitutsiya kuni.
?? Rossiya – Dengiz aviatsiyasi kuni.
?? Rossiya – Etnograflar kuni.
? VOQEALAR:
Mil. av. 709 — Xitoylik Chu Fu tomonidan toʻliq quyosh tutilishining birinchi taʼrifi.
- 1048 – Germaniya qiroli Genrix III Rim papasi Benedikt IXni Rimdan chiqarib yubordi va uning o’rniga Damasius II ni tayinladi.
-1429 – Inglizlardan qaytarib olingan Reymsda Fransiya qiroli Karl VII ga toj kiydirish marosimi boʻlib oʻtdi. - 1453 – Yuz yillik urushning nihoyasi. Fransuzlar Kastilyonda inglizlarni magʻlub etishdi (bu jangdan soʻng Bordo fransuzlar qoʻliga oʻtdi).
- 1611 – Yakob Delagardi boshchiligidagi Shvetsiya armiyasi Novgorodni egallab oldi.
- 1710 – Shimoliy urush paytida Riga garnizonining feldmarshal Sheremetev qo’mondonligidagi rus qo’shinlariga taslim bo’lishi.
- 1775 – AQShda ilk harbiy gospital ochildi.
-1785 – Polyak Morits-Avgust Benevskiy oʻzini Madagaskar imperatori deb eʼlon qildi va Fransiyaga qarshi urush ochdi.
-1791 – Parijda qirol Lyudovik XVI ning isteʼfosini talab qilgan tinch namoyish oʻqqa tutildi. - 1793 – Parijda Jan-Pol Maratning qotili Sharlott Korde qatl etildi.
- 1841 – ingliz hajviy gazetasi – „Panch“ ning ilk soni nashr etildi.
- 1854 – Yevropada birinchi togʻ orqali oʻtgan temir yoʻl qurib bitirildi (Avstriya).
- 1868 – Yaponiya poytaxti Kiotodan Tokioga koʻchirildi.
- 1915 – Germaniya va Avstriya Bolgariya bilan ittifoq tuzdi.
-1917 – Petrogradda ischi va askarlar namoyishi oʻqqa tutildi.
-1928 – Meksikalik siyosatchi Obregon, mamlakat prezidentligiga saylovlarda yutib chiqqandan soʻng, Mexikoda oʻldirildi. - 1938 – Amerikalik aviamexanik Duglas Korrigan anglashilmovchilik (kompas strelkalarini adashtirib yuborgan) tufayli Nyu-Yorkdan Dublinga uchib keldi (Los-Anjeles oʻrniga).
-1942 – Stalingrad mudofaasi jangi boshlandi.
-1944 – Normandiyada ingliz samolyoti nemis feldmarshali Ervin Rommelning avtomobilini oʻqqa tutdi, natijada nemis qoʻmondoni yaralandi. - 1944 – Normandiyada Birinchi Kanada armiyasi jangga kirishdi.
- 1945 – Potsdam konferensiyasi boshlandi.
- 1946 – Yugoslaviyada antifashist harakati faxriysi polkovnik Draja Mihaylovich va uning sakkiz nafar tarafdori otib oʻldirildi.
- 1947 – Hind okeanida „Randas“ nomli hind kemasi halokatga uchradi, natijada 625 kishi halok boʻldi.
- 1972 – Monrealda „Rolling Stounz“ konserti oldidan guruh apparaturasi joylashgan yuk avtomobiliga qoʻyilgan bomba portladi.
- 1973 – Afgʻonistonda monarxiya bekor qilindi.
- 1974 – London Tauerida portlash. Bir kishi halok boʻldi.
- 1975 – „Soyuz“ (SSSR) va „Apollon“ (AQSh) kosmik kemalari jipslashishdi.
- 1976 – Monrealda XXI Olimpiya oʻyinlari boshlandi.
- 1979 – Nikaragua diktatori Anastasio Somosa AQShga qochdi.
- 1979 – Iroq prezidenti Saddam Husayn feldmarshal boʻldi.
- 1982 – Isroil Falastin Ozodlik Tashkilotiga Bayrutni tark etish uchun 30 kun berdi.
- 1990 – AQShda ilk mikrokompyuter patentlandi.
- 1993 – hukumat qo’shinlari Ozarbayjon Xalq fronti shtab-kvartirasini egallab olishdi.
- 1994 – Braziliya terma jamoasi Italiya termasini magʻlub etib, futbol boʻyicha toʻrtinchi marotaba jahon chempioni boʻldi.
- 1998 – Kosovo albanlari Orahovas shahrini egallab olishdi.
- 2011 – Oʻzbekiston xalqaro transport yoʻlagi boʻyicha bitimni tasdiqladi.
- 2014 – Donetsk viloyatida Boeing 777 halokatga uchradi, 298 kishi halok bo’ldi.
- 2015 – Bani Saadda (Iroq) terakt, 120 dan ortiq odam halok bo’ldi. Mas’uliyatni «Islom davlati» guruhi o’z zimmasiga oldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1487 – Ismoil Safaviy (1524) – Safaviylar Davlatining I asoschisi (1501-1524)
- 1796 – Jan Batist Kamil Koro – fransuz musavviri.
- 1846 – Nikolay Mikluho-Maklay – rus sayyohi va etnografi.
- 1888 – Shmuel Agnon – isroillik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi.
- 1889 – Erl Stenli Gardner – amerikalik yozuvchi.
- 1891 – Boris Lavrenev – rus yozuvchisi.
- 1894 – Jorj Lemetr – belgiyalik astronom va matematik.
- 1898 – Berenis Ebbot – amerikalik fotograf.
- 1901 – Bruno Yasenskiy – polyak yozuvchisi.
- 1917 – Ahmad Kenan Evren – (2015) – Turkiyaning prezidenti (1980-1989).
- 1917 – Dmitriy Belyayev – rus genetigi.
- 1920 – Zuzi Jelinek (2016) – vengriyalik xorvat moda stilisti, dizayner va yozuvchi.
- 1937 – Neʼmat Aminov (2005) – hajvchi yozuvchi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992).
- 1939 – Valeriy Voronin – rus futbolchisi.
- 1942 – Muslim Magomayev – ozarbayjon qoʻshiqchisi.
- 1947 – Dilbar Ikromova (2020) – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (2001).
- 1947 – Kamilla Parker-Boulz – Uels shahzodasi Charlzning rafiqasi.
- 1954 – Angela Merkel – GFR federal kansleri (2005-2021).
- 1963 – Letsiye III – Lesoto qiroli.
- 1972 – Boris Gʻofurov – oʻzbek teatr va kino aktyori, “Ilhom” teatrining badiiy rahbari.
- 1975 – Terens Chi-Shen Tao – avstraliyalik-amerikalik matematik.
- 1982 – Elena Ovchinnikova, rossiyalik sportchi, sinxron suzish bo’yicha Olimpiya chempioni (2008).
- 1985 – Lui Eriksson – shved xokkeychisi, jahon chempioni (2013).
- 1991 – Oliver Ekman-Larsson – shved xokkeychisi, ikki karra jahon chempioni (2017, 2018).
- 1992 – Billi Lourd – amerikalik aktrisa.