30 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro zo‘rlab yo‘qotish qurbonlari kuni.
? Elektr changyutgichning tug‘ilgan kuni.
? Ixcham kasseta (kompakt-kasseta) ning tug‘ilgan kuni.
? Xalqaro kit akulalari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Plyajlar kuni.
?? Hindiston – Raksha Bandha bayrami.
?? Buyuk Britaniya – Notting-Hill karnavali kuni.
?? Italiya – Venetsiya kinofestivali.
?? Qirg’iziston – Arxiv xodimlari kuni.
?? Qozog’iston – Konstitutsiya kuni.
?? Ispaniya – Pomidorlar jangi.
?? Turkiya – G’alaba kuni.

? VOQEALAR:

  • 1700 – Rossiya Shimoliy Ittifoq tomonidan Shimoliy urushga qo‘ishildi.
  • 1721 – Shimoliy urush tugadi, Nishtadt shartnomasi tuzildi.
  • 1813 – Kulm jangi.
  • 1854 – Qrim urushi: Petropavlovsk mudofaasi.
  • 1873 – Frants -Iosif yeri kashf qilindi.
  • 1901 – ingliz ixtirochisi Xubert Sesil But elektr changyutgichni patentladi.
  • 1914 – Munavvar qori boshchiligida “Nashriyot” shirkati tuzildi.
  • 1914 – Birinchi jahon urushi: Tannenberg jangi.
  • 1928 – Javaharlal Neru Hindiston mustaqilligini talab qildi. Hindiston mustaqillik ligasi tuzildi.
  • 1942 – Germaniya Lyuksemburgni anneksiya qildi.
  • 1944 – Sovet armiyasining Buxarestga kirib kelishi.
  • 1963 – Fillips kompaniyasi kompakt-kassetalarni sotuvga chiqardi.
  • 1973 – Keniyada fillarni ovlash taqiqlandi.
  • 1984 – „Discovery“ fazo kemasi parvozi.
  • 1990 – Tatariston Respublikasi davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklarasiyani qabul qildi.
  • 1991 – SSSR da KGB tugatildi.
  • 1991 – Ozarbayjon o’z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1995 – “Mehnat shuhrati” ordeni ta’sis etildi.
  • 1995 – Opera Software kompaniyasi tuzildi.
  • 1996 – O‘zbekiston Respublikasi demokratiyalash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilgan.
  • 2000 – Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etildi.
  • 2009 – Belarusiyaning Su-27 samolyoti Polshadagi aviasalonda halokatga uchradi. Uchuvchilar halok bo’lishdi.
  • 2010 – Boxoroda balandligi 18 metr bo‘lgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1401 – Jorj Sfranzi (1477 yoki 1478 yildan keyin) – Vizantiya tarixchisi.
  • 1705 – David Hartley (1757) – ingliz mutafakkiri, assotsiativ psixologiya asoschilaridan biri.
  • 1748 – Jak Lui David (1825) – fransuz rassomi, Napoleon saroyi rassomi.
  • 1809 – Adolf Fridrix Xesse (1863) – nemis bastakori va organisti.
  • 1852 – Yakob Xendrik Vant Xof (1911) – golland fizigi va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1869 – Vasiliy Lavrentevich Vyatkin (1932) – rus sovet arxeologi.
  • 1871 – Ernest Rezerford (1937) – ingliz olimi, yadro fizikasining «otasi», Nobel mukofoti laureati (1908).
  • 1884 – Teodor Svedberg (1971) – shved fizigi va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1926).
  • 1877 – Aleksandr Arbuzov – organik kimyogar.
  • 1912 – Edvard Mills Pursell) (1997) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohw (1952).
  • 1913 – Richard Stoun (1991) – ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1930 – Uorren Buffet – amerikalik tadbirkor, investor va saxovatpesha.
  • 1954 – Aleksandr Lukashenko – Belarus prezidenti.
  • 1956 – Qosimov Rustam (2021) – Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi (2018-21), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori (2019-21).
  • 1972 – Kameron Dias – amerikalik top-model va kinoaktrisa.
  • 1974 – Xojanazarov Turganbay – o’zbek siyosatchisi, agronom, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi raisi.
  • 1975 – Marina Anisina – rossiyalik va fransuz sportchisi, muz ustida raqs bo’yicha jahon  (2000) va Olimpiya o’yinlari chempioni (2002).
  • 1985 – Lizel Jons – avstraliyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
  • 1991 – Mariya Ivashchenko – rossiyalik myuzikl, teatr, kino va dublyaj aktrisasi.