Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
301. Ushbu futbolchi Italiya 2-ligasida to’p suradi. Bir qancha vaqt yoshi borasida tortishuvlar bo’lgan. O’zbek saytlariga ushbu rasm qo’yilganda pastdagi bir komentda uning qachon tug’ilganligini taxmin qilib yozilgandi. Bu koment eng yumorli koment bo’ladi. Savol komentdagi yozuvni mantiqan topingchi?
Javob: 29- fevralda tug’ilgan.
302. Butun dunyo bo’yicha olib borilgan rasmiy so’rovnomalar natijasi shuni ko’rsatadiki, ular erkaklar eng tez sevib qoladigan kasb vakillari ekan. Qo’shimcha ma’lumot sifatida shuni aytishim mumkinki bu soha vakillarini AQSHda «oqqushlar» ham deyishadi.
Gap qaysi soha hodimalari xaqida ketmoqda?
Javob: Styuardessalar.
303. Bornmut klubi hujumchisi Benik Afobe Angliya termasining yoshlar va o’smirlar termasida o’yinlar o’tkazgan edi. Ammo u termaga kelganda Kongoni tanlaydi. Kongodagi Debyut o’yinini Gviniyaga qarshi o’yin bilan o’tkazishi kerak edi, ammo Angliya Futbol Federasiyasi Afobening hujjatlarini Kongoga yuborishda qo’pol xatoga yo’l qo’yadi. 23-yoshli futbolchi ushbu xato uchun Gvineyaga qarshi maydonga tusha olmaydi. Savol hujjatlar yuborishda qanday xatoga yo’l qo’yilgan edi?
Javob: hujjatlar Kongo Demokratik Respublikasiga emas Kongo Respublikasiga yuboriladi.
304. Ukraina parlamenti rasman bu maxsulotni ta’qiqlamagan bo’lsada uni noqonuniy olib kirayotgan fuqarolarga jarima solinadi. Xususan yaqinda O‘zbekistan fuqarosi ham 200 kg ushbu maxsulot bilan qo’lga tushib bojxona xodimlari tomonidan, uning mahsulotlari musodara qilindi.
Bu maxsulot bilan xamyurtlarimizni bu birinchi marotaba qoidani buzishlari emas. Bu holat tez tez takrorlanib turishini, bir o‘zbek kinosida «xavfli qurol», yana bir o‘zbek kinosida esa, mag‘lubiyatni bosh sababchisi deb ko‘rsatilishini xisobga olgan xolda ushbu maxsulotni siz toping?
Javob: NOS.
Izoh: Alpomish dostoni asosida suratga olingan filmda qalmoq pahlavonlaridan biri mag‘lubiyatini ukasining nosini aybdor qiladi. «Qaytmas» filmida esa, uni » xavfli qurolim bor» deya bezorilarni ko‘ziga sochib yuboradi
305. Bir necha yil avval bu shaxsni «Vikipediya»ga joylashtirilgan maqola sayt muharrirlari tomonidan o‘chirib tashlash kerakligi haqida aytib o‘tilgan edi. Viki muharrirlari uni shaxsning ahamiyatga egaligini belgilovchi mezonlarga javob bermasligini ta‘kidlashgan edi.
U shaxsning tarafdorlari esa wikidagilarni noxolislikda ayblab, quyidagi faktlarni keltirib o‘tishgan:
-youtubedagi videolavhasi 3mlndan ortiq ko‘rilgan
-facebookda 5100, VKontakteda 2600, Instagram‘da 7200 dan ortiq muxlisi bor.
Men qatori boshqa ko‘p xalqimiz ahliga uning ”imidji” yoqmaganini, wikiga ko‘ra, uni yoshi ayni vaqtda 46 yosh ekanini hisobga olib, uni kimligini ayting.
Javob : Nargiz Zokirova
306. Uni borligiga ko’pchilik ishonmaydi, ishonganlar esa o’z » U»lari bilan maqtanadilar. Ammo bu shunchaki bizning intellectual qobilyatimiz ko’zgusi ekanligini faylasuf Kant bir qator sitatalarida ko’rsatib o’tgan. Ulardan biri bilan tanishing: Inson ongidagi hamma narsa u bilan boshlanib u sizga pand ham berish ehtimoli katta. Umid qilamizki sizga bugun U pand bermaydi. Uni boshqa tildagi bir so’z bilan ayting!
Javob: Intiutsiya
307. O‘t o’chirish xizmati idorasiga noodatiy murojatlar har xafta yuzlab kelib tushadi. Ular ichida eng g’aroyiblaridan biri, poytaxtlik keksa ayol ertalab stakandagi suvni janjallashayotgan kuchuklarga sepib yuborganini aytadi.
U ayol o‘t o‘chirish xodimlaridan nimani topib berishlarini so’ragan?
Javob: yasama tish
308. U yerda juda g‘aroyib pochta markalari chop etiladi. Hozir men sizga bir pochta markasini tasvirlab beraman:
Sochlari kalta qilib olingan bir jentelmen. Qora ko‘zoynak taqib olgan. Ikki qo‘li belda. Tanasi o‘ng tomonga biroz og‘gan. O‘ng oyog‘i biroz bukilgan. Chap oyog‘i yonga biroz uzatilgan. Ikkinchi markada esa, bu jentelmen qo‘llarini ustma-ust qo‘ygan holda oldinga uzatilgan, chap oyog‘i yerdan ko‘tarilgan holda.
Aniq ayting, bu marka qaysi davlatda sotuvga chiqarilgan?
Javob : Janubiy Koreya
Izoh: yuqorida ta‘rifi keltirilgan jentelmen bu PSY edi. Jentelmen so‘zi ham unga ishora edi.
309. Aytishlaricha uni doim bo’lmasa ham ishi «besh»
Boshqalar qaror qilgunicha eshagi loydan o’tadi.
Yana uni bitta ham sochi yo’qligi xazillarda uchraydi. Zakovat o’yinlarida ham uni uchratamiz, odatda unga oxirgi chora qolganda ishimiz tushadi. Uni toping.
Javob: tavakkalchi (tavakkal)
310. Karikaturalardan birida AQSHlik biznesmen Jabroil Farishta va bir kasb egasidan qochayotgani tasvirlangan. Savol qaysi kasb egasidan qochyapti?
Javob: soliqchi
311. Agar hammasi silliq kechsa Uning birinchisini qo’lga kiritish uchun kamida 4ta. Ikkinchisini qo’lga kiritish uchun esa kamida 24ta. Uchinchisini qo’lga kiritish uchun esa kamida 48ta. Diqqat savol gap nima haqidaligini topgan bo’lsangiz Birinchi Ikkinchi Va uchinchini ayting!
Javob: Geym Set Match!
Gap tennisdagi ochkolar haqida ketmoqda
312. Mashxur shaxmatchilardan biri qamoqxonadagilarga seans beradi. Bir taxtaga kelib qarasa, raqibi farzinni o‘g‘irlab qo‘yibdi.
-Agar farzinimni joyiga qaytarmasangiz, boshlig‘ingizga arz qilaman. O‘g‘rilik uchun yana qamoq muddatingizni yana cho‘zishadi, – deydi shaxmatchi.
-Meni qo‘rqitolmaysiz. ….
Mantiqan fikrlab, nuqtalar o‘rnini to‘ldiring
Javob: men umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganman
313. Toshkentda qormish haliyam. Shuning uchun, Toshkentga bormoqchi yoki hozirda Toshkentda bo‘lib turganlarga ajoyib bir maqoladagi maslahatni taqdim etmoqchiman:
«agar yurganingizda tanangizning og‘irlik markazi oldingi oyoqqa tushsa, siz hech qachon toyib ketmaysiz».
Mana shu maqolada so‘ngida bir jonzod tilga olib o‘tiladi. Bu Bu qaysi jonzod ekanini emas, bu jonzod o‘z sinfi( turdosh, oilasi) dan qanday yagona farqi bor ekanini ayting.
Javob: ucholmaydi
Gap pingvinlar haqida ketayotgan edi
314. Yaponlarda, » guruchingni qo’shninga sotma», «o’lgan baliqni yorma», «g’iybatchiga choy berma» kabi bir qator iboralar norasmiy tarzda xalq ichida qo’llanib kelgan. Bu iboralarni o’zbeklar bir uy ro’zg’or buyumi misolida qo’llaydilar. Buyum barchamiznikida mavjudligini inobatga olib ushbu iborani o’zbek tilida aytingchi?
Javob: Yopig’lik qozon yopiq qolsin.
Bu iboralar sir ochilmasin, gap shu yerda qolsin ma’nosida qo’llanadi.
315. 1990-yil ma’lumotlariga ko’ra Ushbu Yevropadagi shaxarcha aholisi u qadar ko’p emas. To’qimachilik sanoati rivojlangan, oziq ovqat, mebel korxonalari bor. Shuningdek trikotaj va jun poyafzal sanoatining yirik markazi hisoblanadi. Shaxarchada o’zlarini tanitgan sohadagi uy muzeylari bor. Yuqoridagi ma’lumotlar hammasi rost! Shaxarchada har yili dunyoga mashxur bir turdagi festivall ham o’tkaziladi. Diqqat savol Shaxarchani emas aynan qanday festivallar o’tkazilishini ayting!
Javob: kulgu yumor festivallari
Bu shaxarcha Gabrovo edi
316. Janubiy Amerikaning ayrim qabilalari ba’zida sababsiz tundami tongda birdan to’planib raqsga tushganlar. Kutilmagan bu raqs ularda katta xursandlik chaqirgan. Hozirda butun yer yuzida xar daqiqada ikki marotaba ushbu xolat sodir bo’lishini xisobga olib aytingchi ular qachon bu kabi raqsni tashkil qilganlar.
Javob: Yer silkinishi.
Ular Ona Yer raqsiga jo’r bo’lyapmiz deb o’ylaganlar.
317. «Uzuklar xukmdori» filmida uzuk yerga tushib ketadigan sahnalar bor, uzuk dumalamay aynan bir joyda qotib qoladi. Agar bu kompyuter grafikasi bo’lmasa buni siriga U sabab. Uni nima ekanligini ayting.
Javob: Magnit.
Bu kompyuter grafikasi emas, balki yer tagiga o’rnatilgan maxsus elektron magnitlarning ‘karomati’ ekan.
318. Ilk marotaba XVIII- asrda Italiyalik bir xonimni tongda uyqusirab stolda chashkani teskari qoldirishi BU ISHNI keyinchalik ommalashib ketishiga sabab bo’ladi. Kavkaz ayollarida bu ish uchun yaxshi Xitoy chinnisi bo’lsa shanba kunlaridan boshqa xar kuni shug’ullanganlar. Hozirda ham ayrim xududlarda juda ommaviy tus olgan ushbu ish nima?
Javob: Qaxva orqali fol ochish.
Buning uchun toza xitoy chinnisi va qaxva qoldiqlari muhim rol o’ynagan.
319. Kofe ishlab chiqaruvchi mashxur kompaniyalardan biri o’tgan asrda Xitoy bozoriga kirib keladi. Choydan boshqa ichimlikni ichmaydigan Xitoyliklarga kofega o’rgatish qiyin ish edi. Kompaniya xodimlari shunday reklama usulini qo’llashadiki Xitoyliklar Kofega xuddi Choydek mehr qo’yishadi. Savol kofeni Xitoyliklar choydek iste’mol qilish uchun aynan qanday ishni amalga oshirishadi?
Javob: Xitoy yerlarida Kofe tayyorlashda ishlatiladigan o’simliklar yetishtirishadi. Xitoyliklar o’z yerlarida yetishtirilgan kofeni xuddi choydek mehr qo’yishadi.
320. Yaratilganigaga qariyib 3 asr bo’lgan bo’lsada hali hamon uni qanday yaratilgan bo’lsa shunday ko’ramiz. N. Amosovning vrach qaxramoni unga shunday ta’rif beradi: «Xayolot va sukunat olamiga eltuvchi ushbu g’ildiraksiz «transport» XVIII-asrning eng buyuk ixtirolaridan biridir.» Ushbu ixtiro nima ekanini toping.
Javob: Tebranma kursi.
321. Bu baxslar hozirgacha davom etgan va bundan keyin ham davom etadi.
O’tgan asrning ikkinchi yarmida yoshi 25-30, bo’yi 170 sm dan katta emas, vazni 70-72 kg bo’lgan 20 ta tajribali harbiylar yig’ildi. Ulardan uchtasi tanlab olindi.
Oradan 8 yil o’tib yana 29 ta odam. Ulardan saralanib uchta qolganida yana baxs davom etardi.
Mantiqni topgan bo’lsangiz tezda «Usha baxs»ni ikki so’zda aniq yozing.
Javob: «Kim birinchi»
Izoh: 1961 yilda Kim birinchi kosmosga uchadi
1969 yili Kim birinchi oyga qadam qo’yadi.
322. Yapon qishloq ayollari xar xosildan keyin dalalarda sholi qoldiqlaridan sifatli bo’lgan xas xashaklarni terib oladilar. Qish kunlari esa undan X lar to’qib, yasab o’tiradilar. Hech qayerda sotilmaydigan X lar Yapon xalqining mehmondo’stligi, saranjomligi va tartib qoida udumlarga qatiy qarashlaridan dalolat berib turadi. Ular ana’nasiga ko’ra eshikdan kirgach sizga albatta X taqdim etiladi. Bu uyga kirish taklifnomasidir. Aytingchi qo’l mehnati maxsuli bo’lgan X nima?
Javob: Shippak.
Somon xashaklardan to’qilgan bir juft shippak berilsa bu sizni uyga taklif etilganingizdir.
323. Azarbeyjan ayollari milliy kiyimlaridan bo’lgan Shusha 19- asrda ayollarda urfga kirgan mashxur liboslardandir. Uni bir belbog’lik turi uy bekalari, xizmatchilar uchun, ikki belbog’li turi esa keksa ayollar uchun belni tik tutish va xamyon saqlash maqsadida tikilgan. Ushbu xalqni san’atga ixlosmand ayollaridan kelib chiqib aytingchi Shushani belbog’siz turlarini kimlar kiygan?
Javob: Tanbur va dutor chaladigan ayollar.
Chunki belbog’lar ko’ylak yengini tag qismini tortib tor chertishga xalaqit bermasligi uchun ular belbog’siz keng turini tanlaganlar.
324. Bir ajoyib yemakxona bor. O‘zingiz bitta idishga xoxlagan yemaklaringizni solib, istalgan bo‘sh joyga o‘tirib, tanovvul qilishingiz mumkin. U yerda kuzatuv kamerasi ham yo‘q. Hisob-kitob oxirida-chiqib ketayotganingizda qilinadi. O‘zingiz bilib, olgan yemaklaringiz aytasiz va shunga qarab pul to‘laysiz.
Zaynab Sadriyevani esga olgan holda, bu yemakxonani xalq tilida qanday atalishini toping
Yordam sifatida, bu so‘z ot so‘z turkumiga mansub
Javob: vijdon
Zaynab Sadriyevani «Suyunchi» badiiy filmida «qishloqning vijdoni» deb atashadi
325. Patentlanmagan ixtirolar 10 taligidagi ushbu buyum ham kerakli jixoz bo’lishiga qaramay patent olmay ommalashgan. Nega patentlanmadi deyilgan savolga bu oddiy ingichka metalni o’rnini mumlangan lenta ham bosaveradi degan javobni oldilar. Hozirda esa uni o’rnini unchalik murakkab bo’lmagan texnika egallab ulgurganiga qaramay hamon u kerak bizga.Aytingchi agar mumlangan lentani hozirda xayotimizda u qadar o’rni yo’q bo’lsa, ushbu patentsiz «mittivoy» nima edi?
Javob: Skrepka ?.
326. Geografiyada UNI xosil bo’lishi uchun mayda tog’ jinslari daryo yo’liga xalaqit berishi va daryo o’zanini burishi kerak deb uqtirilgan.
U yana qadimiy o’lchov birligi hamdir. Uzunligi taxminan yarim metrdan o‘tadi. Uni ayting
Javob: Tirsak.
Tirsak — qadimgi uzunlik oʻlchov birligi. Uzatilgan qoʻl barmoqlarining uchidan tirsagigacha boʻlgan masofa.
327. Lorka ijodida ushbu X azob va iztirobni ifodab kelgan, Gandi esa tinchlik va xotirjamlikni saqlash Xni tikanlari ichidan xosilini terib olish bilan barobardir deydi. Ushbu ta’riflarga qo’shimcha sifatida shuni aytish mumkinki tatar millatida Xning nomi «iblis tayog’i» Yuqoridagi ma’lumotlar qaysi o’simlikka ishlatilganini toping.
Yordam sifatida shuni aytish mumkinki, uni nomi bir jonzodlarni bir harakatni amalga oshira olmasligini ifodalaydi
Javob: Qushqo‘nmas чертополóх.
328. «XFMDPNF»
Siz ko’rib turgan harflar jamlanmasida Sezar usuliga xos bir so’z yashiringan. Bu so’zni ko’p joylada ko’ramiz.
Gap qaysi so’z xaqida ketyapti?
Javob : WELCOME !
U xarflar welcome dagi xar bir xarfdan keyingi xarflar edi.
Sezar bazi bir so’zlarni shunday kodlagani xaqida malumotlar bor.
Barchaga Welcome!!!
329. Insoniyat tarixida undan aziyat chekkanlar talaygina, statistikada ham taxminan shu kungacha 45 mlrd insonni xayotiga U nuqta qo’ygan.
Shunisi ajablanarliki, jonini xatarga qo’ygan qaxramonlarning xammasi «ayol» jinsida ekan.
Hazil latifalardan birida, Afandi bular bilan qarindoshchiligimiz bor deb ularni ximoya qiladi. Uni toping.
Javob: Chivin ( pashsha ham qa’bul) bizni faqat urg’ochi chivinlar chaqadi.
Shu kungacha 45mlrd odam chivinlar tarqatgan kasalliklar ortidan nobud bo’lganlar.
Afandi esa meni chaqqan chivin bilan qonim qo’shilgan qarindosh tutindik deb ularni o’ldirmaydi.
330. Kyoray ijodidagi xokkulardan birida, 4 ta yarim oy qoziqqa bog’langancha osmonga emas yerga botadi deb UNGA ta’rif beradi. U xaqidagi irimlarda uni tepaga qaragani mol davlatni chaqirsa, aksincha xolati sizni xavfsizligingizni ta’minlar ekan.
Uni nima ekanini siz toping.
Javob: TAQA.
Qoziq ot tuyoqlari. Yarim oy esa taqa.
Darvozaga ilingan taqalarning yerga qaragani ko’z tegishidan aksincha holati esa uyga qut baraka olib kelishiga ishora ekan.
331. Istanbuldagi masjidlarda deyarli har birida shunaqa chiroyli naqsh qilingan rasmdagidan ko’rish mumkin. Savol bu narsa nima maqsadda masjidlarga qurilgan?
Javob: Kabutarlar uchun inlar. ( qushlar ham qa’bul)
332. O’zbek xalq topishmoqlarida KETGAN QIZ xaqida bir necha jumboqlar bor ekan. Ularda KETGAN QIZ goh eshak, goh oq tovuq qiyofasida kelib, inidan chiqqach, hech qachon qaytib kelmasligiga ishora qilingan. Ammo uni zamonaviy texnologiyalar be‘malol iniga qaytarishini barchangiz yaxshi bilasiz.
Ta’rifda biz KETGAN QIZ jumlasiga almashtirgan javob so’zni toping.
Yordam sifatida shuni aytish mumkinki, odatda KETGAN QIZni o‘rnini bir marotaba, hech qanday texnologiyasiz BOSHQA QIZ to‘ldirishi mumkin.
Javob: TUSHGAN TISH.
Og’ildan chiqqan oq eshak qaytib joyiga kelmas.
Keshtadan tushgan oq tovuq qaytib keshtaga qo’mmas.
333. Yaqinda U Intervyusida yoshligida Otasining Bile ismli o’rtog’ini yoqtirganini jurnalistlarga so’zlab beradi. Ammo u bu ismni aytishga juda qiynalgan ekan. Diqqat savol
U kim?
Javob: Pele
Bileni Pele deb aytadi va shu shu uni barcha Pele deb laqab qo’yib chaqiradi
334. «Qizil o’tovda to’r pardalar bilan bezatilgan kelin o’tovni xalinchak misol tebratadi» deyilgan Kavkaz xalq topishmog’idagi kelin ming dardga davo. » Kelinni» topingchi?
Javob: Bedana.
To’rqovoqdagi bedanaga berilgan topishmoq.
335. Boylar har doim kambagallarning ustida turgan. Bu tabiiy holat. Ammo qadimda kambagallar har doim boylardan tepada bo`lishgan. Diqqat savol: Qayerda?
Javob: Teatrda
336. «Sherlock Holmes hikoyalari» asarida Sent Kler ismli muxbir o‘zining sevimli ishidan voz kechib, yangi bir ish bilan shug‘ullanadi. Muxbir bu ish orqali shuncha ko‘p daromad orttiraman deb o‘ylamagan edi. Asosiy qonun bu ishni bekor qilmaganida…
Savol: Sent Kler muxbirlikning aksi bo‘lgan qanday yumush bilan shug‘ullangan?
Javob: Tilanchilik
337. Jurnaldagi maqoladan olingan 8 yoshli bolakayning savoli:
-Agar uni qovursak go‘shtning ta‘mi keladimi yoki baliqning ta‘mi keladimi?
Savol: Bolakay nimani nazarda tutdi?
Javob: Suv parisi
338. Gullarni changlantira oladigan yagona sut emizuvchini ayting.
Javob: Ko‘rshapalak
339. Bir hazilnamo latifaga ko’ra:-Qorbobo mo’ri tuynigiga tiqilib qolsa, nima bo’ladi? -deb so’raganda:-… deb javob beradi.Nima deb javob bergan?
Javob: «U erishni boshlaydi» deyilgan
340. Brahmagupta shunday deydi: «Birni(1) yozmoqchi bo’lsangiz, uni yakka bo’ladigan narsalardan biri bilan, masalan: oy yoki yer bilan ifodalang. Ikkini (2) esa juft bo’lgan tushunchalar orqali, masalan: oq-qora so’zi bilan ifodalang». Hindlar ikki deyish uchun «lojana», «netra» so’zlarini ishlatishadi. Bu so’zlar ikki ko’zni anglatadi. To’rt sonini ifodalash uchun «dish» so’zidan foydalanadi, bu «to’rt tomon»ni ifodalaydi. Besh sonini ifodalash uchun «indriya» so’zidan foydalanishadi, bu «besh sezgi»ni anglatadi.
Savol: yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda, hindlar uch(3) sonini ifodalash uchun ishlatadigan atama qanday ma’noni anglatishini maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob:
3 zamon(o’tgan, hozirgi, kelasi).
Manbaa: «Hindiston» asari, Abu Rayhon Beruniy. Fan nashiryoti 1965.
341. Nebraskalik janob Olsen AQShning boshqa shtatida yashovchi buvisi holidan xabar ololmadi. Kuchli dovul sabab bog‘lana olmadi. Buvisi bilan bog‘lanishda mahalliy politsiya va yong‘in navbatchiligi guruhi ham yordam bera olmagach, u buvisidan xabar olishi uchun buvisini uyiga «Spiderman»ni jo‘natdi. «Spiderman» janob Olsenni buvisini uyiga borib, buvi va nabirani telefon orqali suhbatlashtirdi. «Spiderman» uchun janob Olsen biroz xarajat qilishga to‘g‘ri keldi. Ammo, u buvisini holidan xabar ololgani uchun xursand edi. Buvisi ham nabiradan hol-ahvol so‘ragani uchun va «Spiderman» olib kelgan X uchun rahmat aytdi. X ni emas, Spidermen o‘rnidagi so‘zni toping?
Javob:
Pitsa tashuvchi kuryer.
Izoh:
O‘rgimchak odam filmida Piter Parker dastlab pitsa tashuvchi kuryer bo‘lgan.
342. Bir necha yil avval Pekin shahrini quyuq tutun qoplaganini ko‘pchilik eslolmasa kerak. O‘shanda bu tutunga avtomobillarning haddan ziyod ko‘pligi, zavod va fabrikalarning ko‘mirdan foydalanishi sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Bu yerda tutun qoplashiga eng asosiy sabab bo‘lgan holatni tashlab ketdik. Bu holatni 2 ta so‘z bilan yozib bering.
Javob: shamol esmasligi.
343. Yashilni yutib tamom
Oltinni etar inom
Saroyida g’alayon
Xizmati xam bepayon
Yuqorida aytilgan «sep»ning xitoy, yapon va hind turlari bor ekanini hisobga olib uni ikki so’zda yozib bering?
Javob: IPAK QURTI
344. Rossiyaning uzoq o‘rmonlarida Ladjen ismli qiz bor. Bu ism biror bir xalq lug‘atida yo‘q. Uning ma‘nosini faqat bu qizning qarindoshlarigina biladi. Ma‘lum bo‘lishicha, otasi o‘g‘il tug’ilishini kutgan ekan. Ammo, kutulmaganda qiz tug‘ilibdi. Shuning uchun, qizning ismini Ladjen deb qo‘yibdi.
Bu qanday ma‘noni anglatishini 3 daqiqadan keyin siz ayting.
Javob: kutulmagan mehmondan xursand bo‘lmagan otasi «не ждал» deya shu so‘zni teskarisini qo‘yib qo‘ya qoladi
345. Azerbaijan xalq shoiri R. Rizo she’rlarini taxritiyatga olib kelgan yosh shoirni xar safar qaytaraverar, erta kel deb she’rlarini olib qolmas edi. Yosh shoir ham xar kuni kelishni kanda qilmasdi. Oxiri sabri to’lgan yosh shoir ALFADA ham sizchalik ko’p BETTA yo’q deb chiqib qaytmaganini shoir afsus bilan eslaydi. Ushbu ma’lumotda biz ALFA VA BETTA so’zlarini boshqa ikki so’z bilan almashtirdik. Ularni toping.
Javob: Afandi va Erta.
Afandini ertasi ko’p.
346. Qadimgi Yunonistondagi Olimpiada o‘yinlarida bir yunon aravalar poygasi bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bir paytni o‘zida qo‘lga kiritgan. Bunga o‘sha paytdagi qoida yo‘l bergan. Bu qanday qoida edi?
Javob: o‘sha paytdagi qoidalarga muvofiq, g‘oliblik aravani boshqargan kishiga emas, aravaning egasiga berilgan
347. Chak Palanik fikricha UNDAN odamlar bilan birga bo’lishni istamaydigan, ammo yolg’iz qolishdan qo’rqadiganlar foydalanishadi. SAVOL: UNI toping.
Javob: Telefon
348. Bir fantastik asar qahramonining fikricha, agar haqiqiy do’sting kimligini bilmoqchi bo’lsang, U YERDA bo’lishing kerak. Bir safar Yevgeniy Petrov U YERDA bo’lganligini qayg’u bilan aytadi. Qayerda?Javob: O’zining dafn marosimida
Izoh: Petrov Ilya Ilfning dafn marosimida bo’lgan edi.
349. Bu kinofilmning bosh qahramoni butun dunyo taniydi. Jodugarlar haqidagi film. Shunisi qiziqki, bu fantastik film bo’lishiga qaramay filmni ko’rgan odamlarning ko’pchiligi bunga ishonar ekan.
Diqqat savol: Bu qaysi film?
Javob: Garri Potter ( Harry Potter)
350. Norozilik ikki xil bo’ladi. Aktiv va Passiv. Aktiv norozilik – jaxl, nafrat. Passiv norozilik nima ekanligini 3 minutdan keyin siz aytasiz.
Javob: Xasad, ko‘rolmaslik
351. O’zbek xalqida » Yo’qolgan pichoqni sopi oltin» degan gap bor. Abxazliklar «O’lgan go’lax avliyo edi» desa Malaysia axolisida bu gap » Yo’qotilgan bir soat 70 daqiqaga teng» deydilar. Yapon xalqida
«Singan X xosil berar edi» yaponlarning an’analaridan kelib chiqib Xni toping.
Javob: Xasi.
Ular bu tayoqchalarni yerga eksa yana unib daraxt bo’lishiga ishora qiladilar.
352. «Bu yuqumli kasb, uni yuqtirgan borki boshqalarga yuqtirish payida bo’ladilar»
(Aleksandr Ptushko)
Bu shunaqa kasbki tushlaring ham birovniki bo’ladi.
(Grigoriy Chuxray)
Bu kasbdagilar yomg’irdan ikki turdagi ko’z yoshni yarata oladiganlardir.
(Ingrid Bergman)
Yuqorida uch muallif ta’rif bergan bu kasb egasi tanasi, ovozi, aqli, his-tuyg‘ulari, qobiliyati vositasida «faoliyat» olib borishini hisobga olib, qaysi kasb ekanligini ayting.
Javob: Aktyor va aktrisalik kasbi.
353. » Otalarini zo’r quvonch bilan olqishlayotgan bu «bolalar» bir muddatdan keyin ota uyini tark etadilar va zafaron kiyimda ona bag’riga singib ketadilar» Quvonarlisi ular kapalaklardan ko’proq yashaydi, achinarlisi otalaridan kam yashaydi…
German Sa’dullayev quvonch va qayg’u bilan tilga olgan «bolalar»ni toping?
Javob: Barglar.
Otasi – daraxt, Onasi- yer.
354. Bir kuni Murod Rajabov xovliqib rejissor Shuhrat Abbosov huzuriga keladi va bir asarni kino qilish kerakligini aytadi…
Kino uzoq vaqt ichida tayyor bo’ladi.
4 soatlik filmni Buxoroda -20°C da odamlar ko’zda yosh bilan ko’rishadi.
Istanbuldagi namoyishdan so’ng jahon kino darg’alari 15 daqiqa tik turib tinmay qarsak chalishgan.
Bu filmni ma’lum sabablarga ko’ra o’zim ham ko’rmaganman, lekin kitobini o’qiganman. Siz bu «eski» asar nomini yozib bering.
Javob: «Otamdan qolgan dalalar»
Izoh: «Eski» ma’nosida almisoqdan qolgan, otamdan qolgan degan iboralar ishlatamiz va bu sizlarga kalit edi.
355. «O’zbek tilining etimologik lug’ati»da tilimizdagi so’zlarning kelib chiqishi yoritilgan. Shu kitobda BU SO’Zning kelib chiqishi Muso a.s. bilan bog’langan va qo’pol xatolikka yo’l qo’yilgan. Aslida, BU SO’Z buyuk ahdnoma, bitim, kelishuvni anglatadi. Bu bitimni buzishning oqibati juda yomon bo’lishi aniq. Tilimizga arab tilidan kelgan BU SO’Zni biz ibora tarkibida ishlatamiz. Parishonxotir bo’lmasangiz, bizga BU SO’Zni yozib bering.
Javob: Almisoq
Izoh: Lug’atda muallif al va Muso so’zlaridan kelib chiqqan deb adashgan. Aslida, almiysoq inson dunyoga kelmasidan oldingi xudo bilan ahdlashuvidir.
Biz bu so’zni «Otamdan qolgan dalalar» asari haqidagi savol javobida qo’lladik (almisoqdan qolgan). Parishonxotir bo’lmaganlar uni darrov eslagan))
356. Dantening «Ilohiy komediya» asarida muallif do’zaxning eng osti qismiga xoinlarni tashlaydi. Uch xoinni Iblis og’zida chaynamoqda. Bu xoinlardan ikkitasi – Brut va Kassiy (Sezarning qotillari). Siz Dantening dunyoqarashi va e’tiqodidan kelib chiqib 3-katta xoin kimligini yozib bering.
Javob: Iuda (Iso a.s.ni sotgan havoriy)
357. Samarqand yaqinidagi Panjikent yodgirligidagi devorlardan birida 3 tasvir bor:
1) chordana qurgan yigit va oldida katta qush, 6 ta oltin tuxum;
2) yigit qushni so’ymoqda;
3) yigit qo’lini peshanasiga urmoqda.
Bu rasmning mazmuni Ezop masallarida uchraydi. Siz bizga shu masalni to’ligicha yozib bering )) demaymiz, shunchaki masalda qaysi illat qoralanganini 1 ta so’z bilan ayting.
Javob: ochko’zlik
Izoh: Masalda aytilishicha, yigit g’ozning oltin tuxum berishini bilib qoladi. Ochko’zlik qilib barchasini birdan olmoqchi bo’lib qushni so’yadi. Ichidan hech narsa chiqmagach, attang deb peshanasiga uradi.
358. Yaqindagina bo’lgan (2017-yil fevral oyi boshlarida) Tottenhem vs Midlsbro uchrashuvi vaqtida Erik Lamelaning ruhiy ahvoli yomonligi sababi haqida gapirar ekan, sharhlovchi Davron Fayziyev bizga bu holatda tushkunlikka tushish g’alati tuyulishi haqida gapirib o’tdi va hazil aralash Son Xen Min buni umuman tushunmasa kerak deb qo’ydi. Lamelaning tushkunligi sababini, uning bir «yaqini» vafot etadi. Qaysi «yaqini» vafot etganini ayting?
Javob Uning iti o‘lib qoladi
359. Bir karikaturada BU ISHni qilishda durrang bo’lib qolishi mumkinmi deyiladi, agarda shunday bo’lsa bir shaharda atmosferaga jiddiy ziyon yetishi aytiladi hamda durang haqida gapirilib Yuventusning futbolkasi eslab o’tiladi. BU ISH ikki so’zda ayting
Javob: Papa saylovi
Izoh: papa saylovi natijalari oq va qora tutunlar bilan ko’rsatiladi. Durang holatida har ikkisi bilan ham xabar berish kerak bo’larmish. Bu esa albatta Rimni atmosferasiga salbiy ta`sir qiladi Yuventusning futbolkasi ham oq qora.
360. 1870-yilda bir nemis olimi bir tabiiy mahsulotning tarkibini o’rganar ekan, uning 100 gramida temir 3.5 gramdan bor ekanligini aniqlaydi. Ammo, yozuvda bir xatoga yo’l qo’yishi oqibatida odamlarda yanglish fikr paydo bo’lgan. Ushbu adashish sababli “dunyoga kelgan”ni o‘ng qo‘lida nima tasvirlanganini ayting
Javob: Langar
Izoh: olim ismaloqni tekshirgan edi) shu adashish sababli ham ismaloqni g’arbda rostdan ham juda kuchli ozuqa deb hisoblashar ekan. Shu sababli paydo bo‘lgan esa Papay edi
361. Ayollar o’rtasidagi tortishuvlar hech yakunini topmagan. Masalan, Yevropa ayollari «bu toifadagilar» endigi holatida jamoat joylarida hech kimga sezdirmasdan chekishlari, saqich chaynashlari, majlis va yig’inlarda konfetlar yeb o’tirishlari, hattoki dunyo go’zali bilan bellashishlari va bir necha soniyalarda xusnbuzarni «oldini olish»lari mumkin emish.
Endi menga «bu toifadagi»lar kimlar ekanligini ayting.
Javob: Paranjidagi ayollar. Paranjidagi ayollar chachvon orqali yuzlarini yopib olib shu ishlarni bajarishyapti deb Yevropa ayollari bahslashishar ekan
362. «Zamonamizning zaruriyatlari» nomli maqolada BU eng yomon va eng yahshi ixtiro «qo’limizni qo’liga, ko’zimizni ko’ziga bog’laydi» deyiladi.
Xalq topishmoqlarida esa unga «»milliy oshxona jihozi»da «Davinchining ixtirosi» suzar» deb jumboq-ta’rif beriladi. Uning bir necha turlari borligini, uning eng zo‘rlari Yevropadagi bir davlatda ishlab chiqarilishini hisobga olib uni nima ekanligini toping.
Javob: Soat
Xalq topishmoqlarida esa unga «tovoqda qaychi suzar» shaklida uchraydi
363. U odimlab, hakkalab ketaveradi, xamrohlarini o’ziga yetkazib olish uchun «do’q uradi!»
Jussasi naynov bo’lsa ham bir chaqalik o’rni bor.
Yuqoridagi ta’rif A. Gluskinoy tarjimasidagi Minamaro tanka va xaykusidan. Minamaro nimani bunday jumboq bilan ta’riflaganini toping.
Javob: Hassa
364. Messi o‘rtadagi adovatni ko‘tarish uchun uyidagi ziyofatga Krishtianu Ronalduni ham taklif etadi. Bu taklifdan Ronaldu shubhalansada, ziyofatga boradi. Ammo, ziyofatda ham uni shubxa tark etmaydi. Noz-u-ne‘matlarni ko‘pligini ko‘rgan Ronaldu, «Messi meni zaharlamoqchi» degan fikrga kelib, hechnarsa yemaydi. Biroz o‘tgach qorni ochqab ketadi va atrofni diqqat bilan kuzatib chiqqach, ayrim taomlardangina yeb oladi. O‘zingizni Ronalduni o‘rniga qo‘yib ko‘ringda, aniq ayting u qanday taomlarni tanavvul qiladi?
Javob: Ronaldu atrofga sinchiklab qarab, faqat Messi tanavvul qilgan ovqatlardangina totingan
365. Interfeys disayneri vakillari hammamiz bilgan bu elementni almashtirish ustida bosh qotirishmoqda. Sababi hozirgi avlod vakillari uni deyarli ko‘rishmagan. Hattoki uni ishlab chiqarish ham toxtatilgan. Agar xotirangizga o‘sha element kelgan bolsa uni yozib bering.
Javobi: ekrandagi disketa tasviridagi tugma. Ya‘ni saqlash tugmasi (save ).
Izoh: Disketa xotiraga saqlash uchun kerak bo‘lgan. Hozirda esa u ishlatilmaydi. Savoldagi xotira so‘zi ham sizlarga berilgan «pod» edi.
366. O‘t uchuruvchilar nima ish qilishlarini hammamiz bilamiz. Ammo Alyaska o‘rmonlaridagi yong‘inni o‘chirish uchun tuzulgan maxsus guruh o‘t o‘churuvchilari boshqa o‘t o‘churuvchilardan talab qilinmaydigan noodatiy bir ishni bilishlari bilan ajralib turadilar. Alyaskadagi o‘rmonlari shaxar puntklaridan uzoqda ekanligini inobatga olgan holda aytingchi bu maxsus guruh a‘zosi bo‘lish uchun qanday ishni bilishi kerak?
Javobi: parashutda uchushni
Izoh: chunki o‘rmondagi yong‘inni iloji boricha tezda o‘chirish kerak, bo’masa yong’in arifmetik progressiya bo;lib kattalashib ketadi. O‘rmonlar uzoqda ekanligini eslagan bo‘lsangiz u yerga Tez borishning eng yaxshi varianti samalyot yoki vertalyotda borishdir. Tabiiyki ular yong‘in bo‘layotgan joyga qo‘na olmaydilar. Hullas tushundingiz degan umiddaman. Alyaskada shunday gaplar…
367. Mo‘tabar dinimizda shoshilib ish qilish qoralanadi: lekin uch ishda shoshilishga buyurilgan. Birinchisi bo‘yi yetgan qizni uzatishga, ikkinchisi esa «aktiv»lar va «passiv» orasidagi ishdir. Uchinchisi esa aktivlar orasidagi «yordam aktiv»ini «passiv» qilishda. BU yerda aktiv so’zi omonim so’zdir.
Savol: Tepadagi ma’lumotlardan foydalangan holda, aytingchi, yana qaysi ikkita ishda shoshilish kerak?
Javobi: qarzni uzish va mayitni ko‘mish
Izoh: «Aktiv»- harakatda, ya’ni Tirik, «Passiv»- esa harakatsiz, ya’ni jonsiz, Ikkinchi «Aktiv» esa iqtisodiyotdagi kapital ya’ni pul, Yordam aktivni passiv qilish esa berilgan pulni qaytarish nazarda tutilgan edi.
368. Aforizm
X hech qachon tugamaydi, chunki 1/x hech qachon foyda keltirmaydi. X va 1/x ni rus klassikasida ham uchratishimiz mumkin. X xususiyatiga moyillar hech qachon nobel mukofatini oltidan birini ololmaslar kerak.
savol: x va 1/x ni toping
Javob : urush va tinchlik
Izoh: Nobeldagi mukofotlar 6 ta yo’nalishda berilishini bilsangiz kerak. Urushqoqlarga «Tinchlikka qo’shgan hissasi uchun» mukofatini berish aqlga ziddir. Rus klassikasi esa «Urush va Tinchlik» asaridir. Hullas imkon borida hammamizga Tinchligimiz abadiy bo’lishini tilab qolaman.
369. Ulomolar zikr kalimalari ko‘p ekanligi aytishgan. Lekin ulardan ma‘qulrog‘i «la ilaha illolloh» deb aytishgan.
Savol: Nega aynan shu kalima orqali zikr qilishni maslaxat berishganini aniq ayting.
Javobi: chunki bu kalimani aytganda lablar bir biriga tegmaydi va bemalol odamlar orasida ham aytsa boshqalar bilmasligi uchun.
Izoh: Ammallar qancha yashirin bo’lsa, shuncha savobli hisoblanadi.
370. 1966 yil butun SSSRda shov-shuvga sabab bo’lgan jinoyat amalga oshiriladi. Jinoyat fosh etilgach, jinoiy guruh sud qilinadi, ammo sud hukmi o’qib eshittirilmaydi. Butun ayblari isbotlanishiga qaramay, sudlanuvchi kursisiga o’tirmagan. Ushbu jinoiy guruh sardorining familiyasini ayting?
Javob: Saaxov
Izoh: «Kavkas asirasi» filmi so’ngini eslagan bo’lsangiz yetarli.
371. Bir ukamizning ismi Zayniddin. U 2000-yil 31-dekabrda tug‘ilgan. Bo‘yi baland bo‘lmaganligi uchun sinfida safning oxiri turadi. Kamiga xotirasi ham sal pastroq aytmoqchi bo‘lgan gapg‘ari esidan chiqib qoladi. Ushbu xusussiyatlaridan kelib chiqib sinfdoshlari unga bir laqab qo‘yishgan. Ushbu laqabni bir hazilkash jurnalist Serxio Ramosga ham ishlatgan. Barchamizga tanish ushbu so‘zni shu oyda ko‘p uchratdingiz. Siz bu so‘zni aniq bilishingizga ishonchim komil. Agar bilmasangiz bu savolni topishingizdan mani yo‘q.
Savol: Ushbu so‘zni toping.
Javobi: p.s. / post scriptum.
Izoh: 31-dekabr yilning «oxirgi» kuni, 2000 yil XX asrning «oxirgi» yili, Z harfi alfavitdagi (ingliz tilidagi) «oxirgi» harf, safning «oxiri». Serxio Ramos 90+3 daqiqada «oxirgi» golni kiritishi bilan bog‘liq.
372. Fizika fanlari doktori, professor Nuriddin Boymatov studentlardan birini daftarini qoldirib ketgan yeridan topib oldi. Unda qo’yidagi yozuvlarni kurdi.
1. Nyuton konunlari: SHOCHCH.
2. Kulon konuni: KO‘PCH.
3. Om konuni: SHOO‘CH.
Bu yozuvlarni nimaligini topgan bo’lsangiz, student nima sababdan bu yozuvlarni yozganini topinglar?Javob: Imtixonda shpargalkani qaysi cho‘ntagiga yashirganida adashmaslik uchun.
Izox: SHOCHCH – Shimni orqa chap cho‘ntagi.
KO‘PCH – Kastyumni o‘ng past cho‘ntagi.
373. Qo’shnim Zenin amaki oldin kosmos sohasida ishlagan ko’plab Raketalarni uchirishgan qisqasini aytganda u professor bunday saviyalik kadrlar hozir yo’k desam ham bo’ladi.U hizmat safari bilan ko’p marotaba Baykanur kosmodromiga borgan. Endi Savol Baykanurga komandirovkaga borgan olimlar, xizmatchilar .orasida bir urf bo’lgan ya’ni u yerdan bir ajoyib narsa olib kelishgan.Bu narsalar nechchi marta borganini isboti va xatto uyda ko’zga ko’rinarlik joyga fahr bilan ko’rsatib ham qo’yishgan.Gap nima haqida ketmoada?
Javob: monetka (tanga)
Izoh: olimlar hizmatchilar raketa olib chiqilayotgan relsga Tanga qo’yishgan u talpoq va yupka chiroylik ko’rinishga kirgan og’ir yuklik raketa o’tgandan keyin uni estalikka olib kelish odati ko’p uchragan
374. Afrikada hali ham deyarli yovvoyi holda yashovchi kabilalar bor. Dastlab svilizatsiya kelganda ular oq odamlarni qon suruvchi vampir deb o’ylashgan ekan. Bunga ishonishiga shprisda qon olish, donorlik va shunga o’xshash holatlar sabab ekan.
Ikkinchisiga esa oq odamlarni ist’emol qiladigan ozuqasi sababligini bilgan holda uni nimaligini topinglar?
Javob : Tomat pasta.
375. Qadimgi afsonalardagi ilohlar Osiris, Tot, Femida va Xojiboy Tojiboyev yong’oqni shaqirlashiga qiziqqan paytidagi umumiy predmet nima ekanligini fahmladinglar. Shu umumiy predmet bilan yuqoridagi ilohlar nima ish qilganligini bilgan holda vrachlarga predmet nima uchun kerak bo’lganligini topinglar?
Javob: Ruhni izlashgan.
Umumiy predmet bu tarozi.
Bir vaqt ko’pchilik vrachlar tarozi yordamida ruhni bor yo’qligini isbotlashmoqchi bo’lishgan. Ya’ni o’layotkan odamni va o’lgandan keyingi vaznini tortib ko’rishgan.
Yuqoridagi ilohlarni ayrimlari o’lgan odamni ruhini sud qilish bilan shug’ullanishgan. (afsonalarda albatta)
376. Krilovni «Ninachi va chumoli» masalida mehnatkashlik va yallo qilib yurish oqibatlari haqida chiroyli qilib aytib o’tkan. Turna, qisqichbaka, va baliq masalida esa inoq bo’lmaslik qanday oqibatlarga oborishini aytib o’tkan.
Xullas hamma illatlar to’g’risida aytib o’tkanu U illat to’g’risida hech narsa demagan. Chunki Krilovni o’zi ham u illatni quli bo’lgan ekan. Shuni uchun yozmagan ekan.
Krilov bu illatni ham masal qilganda edi albatta masal fojia bilan tugagan bo‘lar edi.
Savol: Fojiani ko‘pchiligimiz eshitganimizni hisobga olib uni ayting?
Javob : Bu tamaki chekish edi. Krilov o’zi ham sigaret chekkan ekan. Fojia esa Bir gramm nikotinni otni o’ldirishi edi.
377. Savol: Rus aktyorlari O’zbekistonni bir tog’li rayonida Buratino kinosini syomka qilish ishlari bilan yurishibdi. Ular tushlik payti qishloq shashlikxonasiga ovqatlangani kirishdi. Shashlikpazni qiyma kaboblaridan yeb o’tirib rus aktyorlaridan biri shashlikchini bir personajga o’xshatdi. Bunga sabab shashlikpazni shashlik tayyorlash jarayoni ekanligini hisobga olib personajni topinglar?
Javob: Papa Karlo:
Izoh: Buratinoni dadasi » Sharmanka» chalardi. Shashlikpaz esa go’shtni go’sht qiymalovchida (myasorubka) chiaarayotkanini aktyor ko’rgan edi.
378. Savol: Yaponiyadagi va Chikagodagi «osmono’par» uylarni deyarli farqi yo’q. Masalan liftlarni qurishda, yong’in xavfsizligiga qarshi kurashda, xullas o’xshash tomoni ko’p. Endi savolda topishiz kerak bo’lgan o’xshash narsani topishiz uchun quyidagilarni eshiting. Bu o’xshash narsa Yaponiyani xam Chikagoni ham yuqori etajlarida istiqomat qiluvchilarida yoki xizmat qiluvchilarida bo’lishi kerak ekan. Yana shuni qo’shimcha qilib aytsam Yaponiyada yer aimirlashi har kuni bo’lishini, Chikagoda esa kuchlik shamollar tez tez bo’lishini aytib o’taman. ( Xa aytkancha bu «neboskryob»lar bu tabiiy holatlarni hisobga olib qurilganini aytib o’tamiz.)
Diqqat savol: Tokio va Chikago osmono’parlarini yuqori qavatidagilarda bi’lishi kerak bo’lgan X ni topinglar?
Javob: qayd qilish uchun maxsus xaltachalar.
Baland neboskryoblarda yer qimirlaganda tepa qavatdagilarni ko’ngili aynishi turgan gap. Chikagodagi binolar ham kuchli shamol tufayli chaykalishi sabab u yerdagilarni ham ko’ngli aynishi aniq
379. Ko’chada ketayotib bu so’zning o’zbekcha tarjimasiga ko’p bora duch kelishimiz aniq. Rus tilida «joy» ma’nosini ifodalagan bu so’zni ko’pchilik Yevropadan kirib kelgan, deb o’ylasa kerak. Ingliz tilida esa «axborot manbai» bo’lib xizmat qiladigan bu so’z aslida arabchadan o’zlashgan bo’lib, «ombor, saqlash joyi» deganidir. Bizga ham tanish bo’lgan bu so’zni ayting!?
Javob: Magazin
Arabcha «makzan» so’zidan olingan bo’lib, hozirda ingliz tilida «jurnal» degan ma’noda ishlatiladi.
380. Birinchi jahon urushi davrida Britaniyalik ayollar Uni yaratishgan, Aleksandr Borisenko Uning yaratilishini haqiqiy vatanparvarlik deb ta’riflagan. Hazilga ko’ra, ko’pchilik davlatlar Maksimal darajadagi shunday vatanparvarlik yuz berishidan havotirda ekan. Siz U ni emas, Undan foydalanuvchilar normal ishlashiga xalaqit bergan sovet filmdagi personajni ayting?
Javob: Bublikov
Izoh: Gap mini yubka haqida borayotgan edi. Britaniyada ayollar tomonidan uning yaratilishi matoni tejagan hamda buni Borisenko vatanparvarlik deb ta’riflaydi, albatta so’nggi paytlarda uning maksimal darajada “minilashishi”dan ko’pchiligimiz havotirdamiz. Ishdagi ishq filmida esa mini yubka kiygan qizlar o’taverib Bublikovning ishlashiga xalaqit berishardi) Exxx deb ochkisini tashlavorgan joyini eslagandirsiz
381. Bir saytda ushbu rasmga bildirilgan fikrlar orasida mototsiklchi SHU ISHni qilayotgani aytilgan. SHU ISH ni qilgan mashhur inson kim?
Javob: Cherchil ✌️
Izoh : Mototsiklchining harakati 1941-yil 27-dekabrda Uinston Cherchill ko’rsatgan ✌️ jestini eslatadi.
382. Uni fransuz tilidan tarjima qilganda ODAM degan ma’noni anglatadi. Uning bir turi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, avval U slindr shaklida bo’lgan. XX asrga kelib bir Ustoz Unga «3 ta qo’l» va «1 ta oyoq»ni qo’shgan va hozirgacha shunday ko’rinishda foydalanib kelinadi. U jonsiz bo’lsada sizga qattiq zarar keltirishi mumkin.
Endi savol: Uni emas, savolda keltirilgan Ustozning mashxur shogirdini ayting!?
Javob: Brus Li
U fransuzcha, Manniquin(Maniken) – ODAM.
«Vin Chun» yog’och Manikeni haqida gap ketayotgandi. U avval qo’l-oyoqsiz quruq yog’och holatida bo’lgan. Mashxur ustoz Ip Man uni o’zgartirgan. Ip Manni mashxur shogirdi esa
383. Aslida hech qanday hidga ega bo’lmasada, ko’pchilikka uning «ifori» yoqadi. Bizda u soch o’stiradi, deb ishonishsa, inglizlar uning «kuchli»sini ifodalash un mushuk va itlardan «foydalanishadi». Undan qochish oqibatida, «boshingizni yorib olishingiz mumkin»ligini hisobga olib, U ni ayting!?
Javob: Yomg’ir.
Aslida yomg’ir tomchilarining hech qanday hidi yo’q bo’lib, ular yerga tushgandagi hidni sezamiz. Inglizlar kuchli yomg’irni «it rains cats and dogs» iborasi orqali ifodalashadi. Yomg’irdan qochib do’lga tutilmoq!
384. Endi chigalyozdi savolga navbat!
Diqqat savolda o’zgarishlar tiqilib yotibdi: Bu o’zi kabilarning “BOYVACHCHASI BO’LGAN JANOB”bir asrdan ziyod vaqtdan beri o’zinikilar yig’iladigan eng katta “ziyofat”ga taklif qilinmas edi. Nihoyat o’tgan yili u yana o’zinikilarning eng katta ziyofatiga yana taklif qilindi va ziyofatda qatnashdi. Diqqat savol BOYVACHCHA JANOBni ayting!?
Javob: Golf
Riogacha so’nggi marta 1904-yilda olimpiadada Golf bo’yicha ham medallar egalariga topshirilgan edi. 2016yilda OLIMPIADA dasturidan o’rin oldi. Odatda boyvachchalarning ermagi bo’lganligi uchun ham almashtirishda aynan shu so’z birikmalaridan foydalandik.
385. O‘tgan asr futbol afishalarida bir sloganni doim uchratish mumkin edi. Uning afishalardan yo’qolib ketishiga 1951-yil 13-iyulda otkazilgan Dinamo va Krilya sovetov o’rtasida o’tkazilgan match sabab bolgan ekan. Aniqlashtirish uchun aytishim mumkinki, bu sloganga nisbatan antonim qilib bir Fransuz iborasini esga olsa boladi.
Savol: Sloganni yoki Fransuz iborasini aytib bering!?
Javob: O’yin har qanday ob havoda bo’lib o’tadi.
Fransuzcha ibora esa: Fors-Major
386. Yapon xokkusi
Qara kapalaklar betinim
Har yondan izlamoqda ular
O‘tgan….
xokkuni bir so’z bilan tugallanishi aniq. Yana shu narsa aniqki o‘sha so‘zni topdingiz. Demak endi shu so‘z qatnashgan «milliy tragediya»
ni toping
Javob: «Bahor qaytmaydi»
Qara kapalaklar betinim
Har yondan izlamoqda ular
O‘tgan bahorni.
387. Tassavur qiling 2017 yilni sakkizinchi oyini to’qqizinchi sanasida juda mashhur inson haqidagi film premyerasi bo’lib o’tadi. Yordam tariqasida maslahat, sanaga sanab e’tibor berganingiz ma’qulroq. Diqqat savol film qaysi mashhur inson haqida bo’ladi?!
Javob: Sherlok Xolms. 2017 yilni 9 avgusti – yil boshidan hisoblanganda 221 kun bo’ladi..221 soni esa Sherlok Xolmsni esga oladi, sababi Beyker Strit 221b uni mashhur kulbasi bo’lgan.
388. O’zingizni Buyuk Rus Shoxi Ivan Grozniy deb tassavur qiling. Diqqat savol: qanday holatlarda shox Ivan Grozniy xujjatlarga qo’l qo’yishni xohlamagan?!
Javob: Agar xujattlarda avval uni karollarini (xizmatchilarini) familiyasi yozilgan bo’lsa
389. Jeki Chan – 2012 yili «Tangri Sovutlari -3» filmini olib bo’lgandan keyin bir ko’rsatkich bo’yicha Rekordlar Ginnesi ro’yxatidan joy oladi. Qiziq tomoni shundaki, Jekini karyerasini boshida – u bir filmda Nol ko’rsatgichga ega bo’lgan.. Yordam tariqasida Mel Gibsonni «Dovyurak» filmida ham shunga biroz yaqin holatni-ko’rish mumkin? Savol Jekini Giness Rekordiga kirgan sababni aniq yozib bering?
Javob: Film titrlarida familiyasi eng ko’p yozilgan inson sifatida. Jeki Chan filmda rejissorlikdan tortib raqs san’atini-ustasigacha o’zi boshqarib turgan. Bryus Li ishtirokidagi «Jaxldor Musht» filmida epizodik rol ijro etsa ham, film titriga kiritilmagan.
390. Uning zamonaviy ko’rinishini bir jurnalist ommalashtirgan va patent olgan ekan. Uning dastlabkilari Britaniya xavo kuchlari tomonidan berilgan buyurtma bilan ishlab chiqarilgan ekan. Har holda parvozdagi qulaylik va noqulayliklarni hisobga olib bu ixtiro ularga ancha qulaylik yaratar ekan. Sizlardan ixtironi so’ramayman AQSh lik D. Karlin qayerda uni unga ishonib topshirishlari kerakku har xolda degan edi?
Javob: Bankda (Sharikli Ruchka)
Uning zamonaviysini vengriyalik jurnalist Laslo Biro 1931 – yilda o’ylab topgan va 1938- yilda patentlagan. Britaniya xavo kuchlariga qulaylik esa dastlabki ruchkalar xavoda atmosfera bosimi kamayishi bilan yozmay qo’yardi. AQShlik D. Karlin esa Bankda nega sharikli ruchkalarni bog’lab qo’yishgan? axir men ulaga shuncha pulimni ishonib topshirayotgan bo’lsam ular menga xatto bitta ruchkani ishonishlari kerakku deb aytgan ekan.
391. Tanaffusda geografiya sinfida 9 o‘quvchi qolgan edi. Ulardan biri xonadagi globusni sindirib ko‘ygan. O‘qituvchi qaytib kelib bu ishni kim qildi deb so‘raganda quyidagi javoblarni eshitdi;
Anvar- Buni Toxir sindirdi.
Bobur- Bu gap yolg’on
Sveta- Globusni man sindirdim.
Javohir- Bu ishni yoki Sveta qilgan yoki Kumush?!
Toxir- Bobur yolg‘onchi. U aldamoqda
Shoxrux- Bu aniq Sveta edi.
Leo- Yo’q Sveta globusni ham boshqa narsani ham sindirgani yo’q.
Kumush- Sveta ham man xhm bu ishni qilganimiz yo’q.
Pari- kumush Xaq. lekin Toxir xam aybsiz.
ushbu so’zlardan 3 tasi haqiqat ekaniga bog’lab globusni kim sindirganini toping?
Javob: Kumush sindirgan))) bomba buzg‘gunchi☺️?
Elementarno.
keling avval qarab chiqamiz kimni hech kim aybor deb ko’rsatmadi(globusni sindirish bo’yicha, rost – yolgon hisoblamaymiz) bular Anvar, Bobur, Javohir, Shoxrux, Leo, Pari. Ular globusni sindirmagan. Endi kimlar shubxa- gumon ostida ekani. Toxir, Kumush, Sveta. Tasavvur qilamiz globusni Sveta sindirdi deb, unda Sveta , Javohir, Shoxrux aldashmagan. lekin hali bu yerda Bobur ham haqiqatni aytgan. Demak Leo xaq Sveta emas. Yana 2 ta toxg’ri so‘zni izlaymiz.
Taxmin qilaylik Bobur yolg’on gapirdi unda globusni Toxir sindirgan bo’lib chiqadi. Xaqlar Anvar, Toxir, Leo, Kumush. 4 ta ko’rsatma.(Bu yerda 3 ta gumondor qoladi.) O’z o’zidan ko’rinib turibdiki Bobur haqiqatni aytgan. endi faqat bitta to’g’ri ko’rsatmani topish qoldi. Bu holatda esa Anvar, Sveta , Toxir, Shoxrux aldashgan. To’g‘ri ko‘rsatma berganlar Leo va Bobur. Pari esa qachonki Kumush to’g’ri ko’rsatma bergandagina to’g’ri gapirgan bo’lishi mumkin bo’lardi. Bizga esa bitta ko’rsatma kerak. Uning muallifi Javohir. U esa globusni yoki Sveta yoki Kumush sindirdi deydi. demak Globusni Kumush sindirgan.
392. «Lantset» jurnalida bir biriga qarshi va bir birini to’ldiruvchi quyidagi fikrlar e’lon qilindi:
U kasallik, U xayot faoliyatining me’yorini buzilishi, U qarilikka bir qadamlik ko’prik , U orqali rekord yaratganlarni aksariyatida erta o’lim kuzatilmoqda…
Yuqoridagi ma’lumotlar sizni tashvishga sola boshladimi, u holda tez bu savollarga javob topingda UNGA barxam bering?
Javob: Uyqusizlik.
393. Bu kasb egalarini qadimda fohisha va aktyorlardek hurmat qilishmagan.Ammo bozorda bu kasb egalari hohlagan maxsulotni tekinga olish huquqiga ega bo’lganlar,bunga sabab-ularning puli haromligi tufayli.Bu kasb egalari kimlar?
Javob: Jallodlar
394. Bunday kishilar narsa, hodisa voqealarni boshqacha ko’z bilan ko’rishga odatlanganlar. Ular bunga shunchalik kirishib ketadilarki, asl mohiyatdan yiroqlashib ketishlari ham ehtimoldan holi emas.
Juda mashxur hikmatli fikrga ko’ra ularning ularning «ish quroli» «bir tig’li» emas, «ikki tig’li» bo’lishi kerakligi aytilgan.
Ular kimlar?
Javob: Tanqidchilar
Izoh: «bir tig’li» ish quroli – bolta,
«ikki tig’li» ish quroli esa – qaychi.
«Tanqidchi ijod bog’iga bolta emas, gulqaychi ko’tarib kirishi kerak»
395. X haqidagi ma’lumotlarda uni tayyorlash jarayonida har qanday tur yelim vositalaridan foydalanish ta’qiqlanishi aytib o’tiladi. Hozirgi kunga qadar filtrlangan qog’oz yohud ipak mato uni asosiy detallaridan biri. Ma’lumotlarga qo’shimcha qilib aytamizki «Boshidan bog’lab tutqun qilingan ushbu xamyonlarni umri juda qisqa». X ni nima ekanini siz toping.
Javob: Paketchalik choy
396. 1855-yilda Bartoldi ismli inson Misrga tashrif buyuradi. Tarixchi Eduard Berensonning fikriga ko’ra, XIX- asrning 60 yillarida Misrdagi Suvaysh kanali ochilishiga «Osiyoga nur taratuvchi Misr» nomli sovg’a tayyorlashga bel bog’laydi. Bu sovg’ani tayyorlashda ro’molli Arab dehqon ayoli unga yordam berishi ko’zda tutilgan edi. Ammo bu sovg’a Misr Hukmdori Ismoil podshoga ma’qul kelmaydi, sabab sifatida bu sovg’a g’azna uchun qimmatga tushishi aytiladi.
Diqqat Savol
«Osiyo nur taratuvchi Misr» hozirda qanday nomlanadi?
Javob: Ozodlik haykali
397. Dunyoda parazit hasharotlar juda ko’p. Shulardan biri inson tanasiga tuxum qo’yadi. Bu tuxumdan minglab lichinkalar chiqadi.Lichinka o’sishi uchun atrofdagi narsa bilan, ya’ni inson eti bilan oziqlanadi. Oqibatda terida teshik paydo bo’ladi, odam terisi ostida lichinka xarakatlanayotganini sezib turadi.Parazitni chiqarish uchun jarroh yordami kerak bo’ladi.
Diqqat savol
Bu parazit nomi orqali mashxurlikka erishgan ayolning ism familiyasini ayting.
Javob : Etil Voynich
Izoh: Bu parazit so’na edi Etil’ Voynichning dunyoga mashxur asarini nomi ham «SO’NA»
398. Ushbu surat siz bilgan surat nomidan 2ta harfga farq qiladi. Savol bugungi kunimizdan kelib chiqib surat nomini toping?
JAVOB: Monday Liza
399. Inglizlar orasida yuradigan mish-mishlarga ko’ra uysizlar ish topolmagani uchun emas ishlashni xohlashmaganliklari uchun ko’chada yurishadi. Inglizlar uysizlarni ko’pincha D harfi ataladigan uch narsa bilan bog’lashadi. D harfi bilan boshlanadigan bu uch narsa uysizlarning doimiy hamrohi. Diqqat savol bu uch narsaning hech bo’lmasa ikkitasini ayting!
JAVOB: Narkotiklar ichkilik va Itlar(DRUGS DRINKING DOGS)
400. Ushbu birikma so’z «hech qachon kuch qudratni tugamas»ligiga undashini hamma ham bilmasa kerak va yana birikmani uchratganimizda Americaning hip- hop gruppasi emas shunchaki ko’zimiz o’rgangan birikma sifatida qaraymiz. Vaholanki bu abbrevatura bugun sizlar bilan bizni bir muddatga ajratar ekan ayni daqiqada uni sizlardan kutamiz va «hech qachon kuch qudratingiz yakun»i bo’lmasligini tilab qolamiz. Hohlang abbrevaturani hohlang birikmani yo’llashingiz mumkin.
Javob: The End
The E.N.D. (Energy Never Dies) Энергия не умрёт никогда.
Bugun ham sizlarga hech qachon shijoatingiz o’lmasligini tilagan holda turnirimizga yakun yasaymiz.