13-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1201.

Faina Ranevskaya hayotidan qiziqarli voqealar ko’p. Misol uchun
Dialog:
-Yozuvchi N haqida eshitdingizmi?
-yo’q, unga nima qilibdi?
-yiqilib o’ng oyog’ini sindirib olibdi.
-haqiqattan omadi kelmabdi,
endi u qanday qilib …
Ranevskaya jumlasini to’ldiring?

Javob : kitob yozadi/ ijod qiladi/ yozadi.

1202. Qadimgi Xitoy qoidalarga ko’ra agar o’g’il jinoyatchi otani davlat qidiruvidan yashirsa u jazoga tortiladi.
Diqqat savol: yuqoridagi qaysi jumlada ikki xarf tushirib qoldirilgan?

Javob: yashirmasa
Izoh: xitoyda katta yoshdagi odamlarni hurmati baland bo’lgan. Otang yomon jinoyatchi bo’lsa ham uni qidiruv paytida yashirmasang bu ham jazolanar ekan

1203. Kris 53 yoshida bir necha santimetrga o’sganidan hayron bo’ldi. Ammo Ular ALFAning proyekti ustida ishlaganlarida bunday bo’lishini oldindan inobatga olishib kattaroq qilishdi.
alfani grekcha ildizga ega bo’lgan so’z bilan ayting?

Javob: skafandr
Izoh: vaznsizlikda umurtqa bo’g’inlari kengayar ekan.
Bu kanadalik astronavt
Крис Хэдфилд edi

1204. Gabriel Garsiya Markes qahramoni sevgilisi bilan tunda uchrashishini aytib beradi ammo kimdir qoshiqni yerga tushirib yuboradiyu va sevishganlar ayrilishga majbur bo’lishadi.
sevishganlar qayerda ko’rishishadi?

Javob : tushda
Izoh: ular tushda ko’rishishadi ammo kimdir shovqin solib ularni ayiradi.

1205. Natalya Sherbaning qahramoni bog’da o’tiribdi. Bir mushkul masalaga yechimini uzoq o’ylaydi. Qo’lida esa bir odamning biografisini o’qa turib, «afsuski, ULAR hali endi gullayapti » deydi.
Diqqat savol: nima gullayotganini va kimning biografiyasini o’qiyotganini ayting?

Javob: olma va Nyuton
Izoh: olma boshiga tushsa edi qiyin masalalari yechim toparmidi

1206. Ba’zi zaxarlardan zaxarlangan qurbonlarning yuzdagi mushak tolalari jiddiy zarar yetib,qotib qolar ekan. Bu personaj ham shunchalik ko’p zaxarlangan. Uni biz «rasmchada» kloun shaklida ko’p ko’rganmiz.
Bu personajning ismini ayting?

Javob: joker
Izoh: doim soxta kulib turishini ko’rgansiz

1207. Xans Yurgen Shtark karikaturasida UNI- o’t o’chiruvchi mashina sifatida tasvirlangan edi.
Diqqat savol: mashhur u qaysi shaharda joylashgan?

Javob: Bryussel
Izoh: u – choptirayotgan bola

1208. O’rta asrlarda agar osib o’ldirgan maxbus noxaq jazolangan bo’lsa,Sudya murda labidan o’pib kechirim so’rashga majbur bo’lgan. Mabodo murda ancha oldin ko’milib tanasi chirib ketgan bo’lsa o’rniga UNI o’pshi mumkin.
fransuzchasiga «model» deb ayting?

Javob: maniken

1209. Rejissor Robert Zemiks
» kelajakka qaytish 3″ filmining premyerasiga futbolkada keladi. Futbolkada esa ikkita xarfning ustini qizil chizig’ bilan o’chirganday chizilgan edi.
Diqqat savol: rejissorning futbolkasida qaysi ikki xarf bor edi?

Javob: IV
Izoh: «Kelajakka qaytish 4» film bo’lmaydi demoqchi.
Izoh rasmda komentdagi

1210. Orxideya gulini Unga o’xshatishadi, huddi uday quyosh nurini yoqtirmaydi hatto quyoshdan kuyib qolishi ham mumkin.
unga berilgan ismni toping?

Javob: Drakula

1211. Bu kasb egasi ish paytida juda ham katta imkoniyatlarga ega ekan xohlagan odamni qamoqqa olishi, jarimaga solishi, hatto o’layotgan odamni vasiyatini ham tasdiqlashi mumkin ekan.
Diqqat savol: Bu odam kasbi nima?

Javob: Uchuvchi

1212. Koka kola va Buyuk Britaniya bir o’xshash tomoni bor. Qanday o’xshashlik bor?
P.s. Javobingizda samalyot so’zini ishlating?

Javob: ikkisida ham ular uchun muhim ikki odam bir samalyotda uchishi mumkin emas.
Izoh: koka kola tayyorlash sirini dunyoda ikki kishi bilar ekan, Buyuk Britaniya shaxzodalari ham bir samalyotda uchishi mumkin emas ekan

1213. Dunyo bo’yicha faqatgina uchta odamdagina kalit bor ekan. O’sha uch odam bir vaqtda, bir joyga yig’ilib kalitni ishlatsa bir hodisa ro’y beradi…
Diqqat savol: qanday hodisa yuz beradi?

Javob: butun internet olamini butunlayin o’chirib yana qayta yoqishi mumkin

1214. Remark uni: «dunyodagi eng katta sotqin» deydi, Markes esa uni «orqaga qaytishi yo’q yo’lga» o’xshatadi.
nimaga ta’rif berilyapti?

Javob: xotiraga

1215. «Rok-n-roll» termini musiqa san’atiga 1950 yili dijey Alan Frid olib kirgan. Oldinroq esa bu termin boshqa bir sohada ishlatilgan.
agarda «rok» – oldi orqaga chayqalish bo’lsa, «roll» esa chapga o’ngga sirpanish bo’lsa u musiqadan oldin kimlar tomonidan qo’llanilgan?

Javob: dengizchilar
Izoh rasmda

1216. Remark nimaga shunday ta’rif bergan:
«Dunyodagi eng nozik narsa bu ………. ………. Birgina noto’g’ri so’z, harakat va qarash qilinsa bas xech nimani qayta tiklab bo’lmaydi?

Javob: ayol sevgisiga

1217. Fransuz kulinariya odatlariga ko’ra oshpazning qalpog’i 100 burishgan joyi (складка)bo’lishi kerak huddi bir mahsulotdan oshpaz 100 xil taom pishira olishi kabi. Hatto maymunsimon ilk odamlar ham bu mahsulotdan tanavvul qilishgan.
Diqqat savol: bu qanday mahsulot?

Javob: tuxum

1218. Wallflower bu to’g’ridan to’g’ri tarjimasi «devor guli» deb tarjima qilinadi.
uni metaforik tarjimasi nima?

Javob: ballda kavalersiz raqsga taklif qilinmagan qiz

1219. Bir kuni Yelizavetta 1 chi o’z xonasida ayollar bilan bog’liq «muhim bir ish» bilan shug’ullanayotgandi. Unga shef lavozimiga tayinlash uchun ro’yxat olib kelishadi. Qo’lida pero bo’lmagan qirolicha tanlab olgan jentelmenga bir belgi qo’yadi.
qirolicha nima ish bilan shug’ullanayotgan edi?

Javob: tikuvchilik (to’qish )
Izoh: tanlagan ismning oldidan igna sanchib qo’ygan

1220. Bir fanda inglizzabon o’qituvchi bolalarga bir narsaning asosiy qismini o’rgatishda: «may I have a large container of coffee?» So’zida misol keltirdi.
So’zning xech qanday ma’nosi bo’lmasa, unda bolalar nimani yod olish va qaysi fanda bu voqea bo’layotganini ayting?

Javob: pi soni/ matematika fanida
Gap so’zning mazmunida emas uning sonida har bir so’z pi sonindagi ketma ketlikni ko’rsatayapti

1221. Bu kartina nomi «Tepaliklar»
Bu rasmga salbiy qaramang bu shunchaki uning ijodidan rasm xolos.
Savol: rassomning familyasini ayting?

Javob: Gitler

1222. Rossiya va Aqsh hududi bo’yicha Fransiyadan katta bo’lsa ham Rossiya va Aqshda u 11 ga teng, Fransiyada esa 12ta.
Diqqat savol: gap nima haqida ketyapti?

Javob: vaqt mintaqalari (soat mintaqalari)

1223. Turmush o’rtog’ining mehmonlarini Sofiya Andreevna stolga o’tkazar ekan ularni ikki guruhga bo’ladi shu tarzda mehmon stolning o’ng yoki chap tarafida o’tirishi aniq bo’ladi. Sofiya xonimning o’ng tomonida rassom Repin yoki haykaltorosh Treubetskiy joylashgan bo’ladi.
Diqqat savol: o’ng tarafda o’tirgan Repin va Trubetskiylar qaysi toifaga kiradi?

Javob: vegeterianlar
Izoh: Lev Tolstoyning ayoli Sofiya Andreevna erining vegeterianligi hurmat qilgan.

1224. Vladimir Mayakovskiy bir kuni bir yig’inda nutq so’zlaydi:
«Ruslar orasida men o’zimni rusdak his qilaman, Gruzinlar orasida esa gruzindak»
Shunda zaldan bir kishi:
«Ahmoqlar orasidachi? deb baqirgan edi, Maykovskiy:
«Ahmoqlar ichidan men … «
Diqqat savol: Maykovskiy nima deganini topib ko’ringchi?

Javob: Ahmoqlar orasida men birinchi martaman

1225. Rus kosmonavtining xotirasidan:
«Kosmik kemada ayol kishi borligi darhol seziladi. Kam so’kinasiz, lekin ko’p …»
Diqqat savol: jumlani yakunlang?

Javob: Soqol olasiz

1226. Rossiyada revolutsiya bo’lishidan oldin, hozirgi Xni «Elektrobiograf» deb atashardi. Uni hohlagan ombor, do’kon va usti yopiq joylarda o’rnatish qulayligi bo’lgan.
Diqqat savol: Hozirda uni qayerda ko’rishimiz mumkin?

Javob: kinoteatr
Izoh: sayyoh kino namoyishchilar kinoproektorlar qo’ltiqlab qishloqma qishloq kezib qayerda usti yopiq joy bo’lsa, o’sha yerda kino qo’yishgan. Tomi bor joylar esa yomon ob havoda tomoshabinlarga boshpana bo’lgan.

1227. Shimoliy Irlandiya qirollik qamoqxonasi tuzilishi «H» shaklda qurilgan. Journalist Vladimir Simonov bu qamoqxonani zamonaviy mukammal IKS deb nom beradi. Kitob sevar óquvchilarimiz Shaytanatning oxirgi manzili ham IKS dir degan fikrga kelishlari aniq.
Diqqat savol: IKS nima?

Javob: Do’zax
Izoh: Inglizcha «HELL»

1228. Xitoy afsonalariga ko’ra qadimda «BISI» nomli mavjudot bo’lgankan.
«Unda ajdarhoning qirralari bor va yana og’irlik ko’tarishni yoqtiradi «deb ta’rif berishgan.
Diqqat savol: Bu qanday mavjudot?

Javob: Toshbaqa

1229. Tarixchi Reynxard Lebe taxminicha Qirol Karlga- » To’qol «(sochsiz) laqabi unga yoshligida berilgan bo’lib, bu bejizga emas albatta, bu uni katta akalaridan ajratib turgan. Yana bir yevropalik qirol Jonning laqabi to’qol bo’lmagan bo’lsa ham mantiqan shu narsani beradi yani «Leykland».
Diqqat savol: «To’qol» yoki «
«Leykland» laqablari nimani anglatgan?

Javob: yersiz

1230. Tong. Qayiq boshqaruvchi va Aleksey Ivanovich dialogi:
– o’g’lingiz lavozimi qanaqa?
-nimaga so’rayapsiz?
-….
-yo’q meniki mayorgacha ancha bor lekin familyadoshim uchun hursand bo’ldim.
Diqqat savol siz menga familyani ayting?

Javob: Gagarin
Izoh: bu suhbat Gagarin otasi bn qayiqchi o’rtasida, bu voqea kosmosga uchgan birinchi kosmanavt Gagaringa mayorlik unvoni berilgan paytda edi.

1231. Nabokovning asar qahramoni Alp kurortida dam oladi. Bir kuni u suvenirlar magazindagi bir jihozga ko’zi tushadi. Bu jihozning ichki qismlari tashqariga chiqazilgn holda qo’yilgan. Agar siz sayohatga chiqadigan bo’lsangiz 5/1 yoki 10/1 ligini olsangiz vaqtingiz ham asabingiz ham tejaladi.
Diqqat savol:bu qanday jihoz?

Javob: shvetsar pichoq

1232. 1939 yilda endigina beva bo’lib qolgan ayol, Djin Lekki(Lekki – qizlik familyasi) marhum yozuvchi eri bilan gaplashish uchun shaxsiy samolyot yollaydi.
Diqqat savol: Bu qaysi mashhur ingliz yozuvchisi?

Javob: Konan Doyl

1233. Bu fikr jurnalist Edvard Jorj Xaniga tegishli u birinchi jahon urushining ertasiga 5 IKSni taklif qilgan. Yakuniy qaror 1 IKS da to’xtalgan. Hozirgi kunda bu ba’zida 1dan ham kam tarzda amalga oshiriladi.
Diqqat Savol: Gap nima haqida?

Javob: minuta molchaniya ( daqiqa sukut)

1234. Svetlana Nikoforovaning she’rida
ALFA – «tobutlar soni bilan o’lchanadi» deydi. O’tgan asr 50 yillarda Sovet davlatlarida ALFA qiymati 16 ming rublni tashkil qilgan ekan.
Diqqat savol: ALFA ostida qanday ikki so’z yashirdik?

Javob: G’alaba narxi
( цена победы)
Izoh: savol birinchi qismida Urushning g’alabasi, ikkinchi qismida «Pobeda» mashinasi nazarda tutilyapti.

1235. Ijtimoiy reklama slogoni:
«IKS ichma, IKS yurma, IKS yasha» . Rimlarda IKS – «C» deyiladi.
Diqqat savol: IKS nima?

Javob: 100

1236. Fransuzchasiga «xizmatkor» so’zi bir aloqa vositasi nomining paydo bo’lishiga olib kelgan.
Diqqat savol: Qaysi so’z?

Javob: Peydjer

1237. Nyu Yorkda yashashni istaysizmi? Albatta u yerdagi uy joy narxlariga chiday olsangiz. ILif Petrovich uy joyning narxiga keskin tasir qiluvchi bir omilni aniqlabdi. Mahalliy aholi xazil tariqasida siz pulingizga uynimas UNI olasiz derkanlar.
Diqqat savol: Nyu yorkdagi Uylar narxiga tasir qiluvchi omil nima?

Javob: Tinchlik

1238. Dmitriy Bikov bir fransuz ofitseri haqida aytishicha Napaleon oldida noto’g’ri qadam qo’ygani uchun uni gvardiya xizmatdan cheklaydi.
Diqqat savol: Napaleon nimaga bunday qildi deb so’ramayman, aytingchi qaysi xarbiy bo’limda xizmat qiluvchilarning qadami umriga nuqta qo’yishi mumkin?

Javob: Sapyor
Izoh: sapyor- mina bombalarni qayerdaligini biladi.

1239. Hozirgi kunda rivojlangan shaharlarda BU ISH mahalliy aholining ish joyi bn taminlab mo’maygina daromad olib keladi. Misol uchun Hindistonda Ular deyarli bir yilga yetmasidan 8000 dollar ishlab olishlari mumkin ekan.
Diqqat savol: Ular kimlar?

Javob: suragat onalar

1240. Angardagi Soat muzey eksponatlarining barchasi ishlab turadi ammo ular deyarli (bo’shliq). Agarda aksi bo’lganida bu rezonansga olib kelishi va muzeyga zarar yetkazishi mumkin edi.
Diqqat savol: Bo’shliq ortida qanday ikki so’z tushirib qoldirilgan?

Javob: noto’g’ri ko’rsatadi
(Har xil ko’rsatadi/yolg’on ko’rsatadi qabul)

1241. XIX asr oxirida shunday voqea sodir bo’ldi. Ko’zi ko’r odam sog’ odamni bir musobaqada yutadi. Bu g’alabaning sababchisi Solt Leyk Sitilik Frank Makgurinning ixtirosi boldi.
Diqqat savol: Aytingchi qanday mexanik qurilma ko’z ojiz odamni, ko’zi sog’ odam ustidan g’alaba qozonishga sababchi bo’lgan?

Javob: yozish mashinasi (pechatnaya mashinka)

1242. Diqqat Qora quti.
Rossiyalik bir maktab matematika o’qituvchisi darsiga qiziqtirish uchun, xonasini faniga moslab jihozlaydi, qiziqarlisi u eshik hududida bir ish qiladi( bu qora qutidagi narsaning o’zginasi bo’lib qoladi) natijada darsga kirayotgan va chiqayotganlar yana qiziqish oshdi?
Savol: qora qutida nima bor?

Javob: Transportir

1243. Diqqat qora quti.
Qutidagi narsa shunday parametrlarga ega:
uning og’irligi – 170 gramm, tezligi – 200 km/s gacha borishi mumkin, uning kalibri 76.2
Diqqat savol: qora qutida nima bor?

Javob: xokkey shaybasi

1244. Rey Bredberining bir asarida shunday ta’riflar bor.
U juda ko’p narsani va’da qiladi, lekin juda kam miqdorda beradi, huddi meduzadek har kechqurun o’zining ko’zi bilan million odamlarni toshga aylantiradi, natijada qahramon pistolet bilan Uni otib qutiladi.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketayapti?

Javob: televizor

1245. *Savolda Merlin so’zi boshqa so’z bilan almashtirilgan!
2007 yil iyunida katta Britan bukmeker kontorasida (pul tikish punkti – William Hill ) shunday qarorga kelishdi, MERLIN tirik qolishiga hech qanday imkoni yo’qligi tufayli unga qo’yiladigan stavkalarni qabul qilishni to’xtatishdi.
Keyinchalik MERLIN tirik qolishi aniq bo’ldi.
Diqqat savol: Merlin o’rnidagi personajni toping?

Javob: [Garry] Potter.
Izoh: bu voqea Garri Potter kitobining ohirgi qismi chiqishidan oldingi bo’lgan gaplar.

1246. Ruslana ismli sohibjamol qiz «Ruskiy alkogol» kompaniyasini Yandexga qidiruv berganida, bir mifologik personajning rasmiga bir necha ilovalarni oladi.
Diqqat savol: Bu qanday personaj edi?

Javob: rusalka
Izoh: yarmi baliq yarmi odam mifologik personaj

1247. Muallif bu savolni tepasiga ajoyib savol deb stiker qistirib qo’ygan ekan.
Filadelfiyada UNGA haykal o’rnatligan ekan, AQShda UNI ishlab chiqadigan fabrikalar yopilib ketgan ekan, sababi uy bekalari unga muhtojlik sezmayaptilar. UNING o’rnini zamonaviy uskunlar egalladi. Ammo UNI 30 dan ortiq qo’llash usuli mavjud.
Diqqat savol: Gap nima haqida?

Javob: qistirgich ( prishipka)

1248. Ralli avtomobil poygalari ko’rganmisiz?
Buni qarangki, bir e’tiborli do’stimiz shu sport turida bir predmet poyganing boshlanishda-yu, tugashida uchrar, g’olibni aniqlashda esa o’z o’rniga ega.
Diqqat savol: Bu qaysi ruscha omonimli so’z?

Javob: probka
Izoh: poyga moshinalar probkasi va shampan vino probkasi.

1249. Xitoyda G’arbga chiqib bir qancha yutuqlarga erishib va vatanida dars beradigan olimlarni ULAR deyishadi. ULARning bu turi boshqa oila turidan ko’ra uzoqroq yashaydi, navigatsiyasi yaxshi rivojlangan, ammo yangi dunyoga kelganlarning o’lish darajasi yuqoriroq.
Diqqat savol: ULARNI ikki so’z bn ayting?

Javob: dengiz toshbaqalari/ okean toshbaqalari

1250. Bir kuni Moris Shevale 500 frankini yo’qotib qo’yadi, Kuryer(xat tashuvchi) buni topib oladi va qaytarib berishdan oldin bir ishni qiladi. Kuryer janoblari fikricha «balki Moris janoblarida ALFA yo’qdir» degan fikrda bu ishni qilgan edi.
Diqqat Savol: siz menga yo ALFAni yoki bu ish nimaligini ayting?

Javob: qaytim yoki mayda pul berish
Izoh: Morisning yonida mayda pul bo’lmasligini o’ylab, o’z xizmatiga qaytimini olib, qolganini qaytarib beradi.

1251. Aqsh 1965 yil. Tog’li hududda yashovchi muhandis Sherman Poppen qizining bir mahoratidan hayratga tushadi, boshqa bolalar o’tirib yoki yotib qiladigan harakatni, qizi turib amalga oshiradi. Shuning uchun u qiziga bir moslama yasab beradi.
Diqqat Savol: bu ixtiro hozirgi kunda qanday ataladi?

Javob: Snoubord
Izoh: birinchi nomi snyorfor bo’lgan

1252. Satirik she’rlar muallifi Mirzo Sobirdan quyida qatorni tinglang:
«O’g’lingga qo’rquv va farazlarni singdir, toki u … «
Diqqat savol: keyingi qatorda qanday jonzot tilga olinadi?

Javob: Toshbaqa
Izoh: o’g’lingga qo’rquv va farazlarni singdir, toki u yer toshbaqa ustida turibdi deb o’ylasin)

1253. Aleksandr Genis bir kuni grek shoiri AnastAsis bilan bir ikki so’z almashib, xazillashib ancha yaqin bo’lib qolishadi.
«Oramizdagi muz ko’chdi va biz sal qolsa …., agarda ingliz tilida gaplashmaganimizda «
eslaydi Genis.
Diqqat Savol: bo’shliqni ikki so’z bilan to’ldiring?

Javob: sensirashga o’tardik
Izoh: ingliz tilida kishilik olmoshi «siz» va «san» ham bir xil «you» deb aytiladi.

1254. «BU ODAM uchun ozodlik Kasbga aylandi» deydi Marselo Figures. 1890 yil BU ODAM xotini bilan sandiq sotib oladi.
Diqqat savol: Qaysi odam har safar ozodlikka chiqardi?

Javob: Garri Gudinni

1255. Islandiya afsonalariga ko’ra oldingi mahalliy Islandiya aholisi otlardan ham tezroq yugurishgan ekan. Tur Gutos izohlashicha buni xech ham g’ayritabiiy joyi yo’q ekan.
Diqqat savol: Gutos izohi davomida otlar bilan bog’liq qaysi inglizcha so’z tilga oladi?

Javob: Poni
Bo’yi past otlar shunaqa ataladi

1256. Iosif Brodskiy ULARni «qo’rqinchli hayqiriq» deb aytadi. Adabiyotshunos Tatyana Andreyvna shoiraning otasi Andrey Antonovich qizini oila familyasini shaniga dog’ tushurmasligini so’raganidan keyin ULAR paydo bo’ldi deydi.
Diqqat savol: Savolimda ULARning kattalari soni 7 ta bo’ldi, aytingchi to’g’ri javob uchun nechta kerak yoki gap nima haqida?

Javob: A.A.A/ Anna Axmatova initsiallari

1257. Tarqatma material:
Jinoyat joyida Puaro partsigar topib oladi, buni angliyalik Bernard Parker ga tegishli deb o’ylaydi keyinchalik aniqlanishicha bu rus grafinyasi Vera Raskovaniki bo’lib chiqadi.
Diqqat savol : Puaroni nima chalg’itgan?

Javob: Kirill-Lotin initsiallari BP

1258. Savolim qizlarga atalgan-u lekin, yigitlar ham topa oladilar.
Dunyoda 30 dan ortiq BU NOMda sharsharalar mavjud. Qizlar, agar bir internet sahifadagi ma’lumotga ishonadigan bo’lsangiz BUNI sotish yoki kimgadir berib turish o’z taqdiringizni o’zganing qo’liga topshirish degani ekan.
Diqqat savol: qizlar, gap nima haqida?

Javob: FATA

1259. Ko’pgina hayvonlarning ham sevimli hidlari bor, masalan mushuklarga myata va valerianka yoqadi.
Diqqat savol: Libro . uz saytiga ko’ra qaysi hayvonning sevimli hidi bu tamaki tutuni ekanligini topib ko’ringchi?

Javob: Tuya (Camel sigareti)
914 savol bilan bir xildek

1260. Moskva arxitektura muzeyi direktori David Sarkasyan ishdan ketganidan so’ng uning ALFAsi yangi direktorga qolishi kerak edi. Muzey hodimlari san’atni tushunadigan odamlar shuning uchun Sarkesyanning ALFA sini Venetsiyadagi ko’rgazmaga qo’yishdi.
Huddi «ijodiy parvoz namunasidek»
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: ish stoli (tartibsizlik)

1261. «Yokodzuna» ismli komiks ayol qahramoni Yaponiyada ayollar diskremenatsiyasiga (odam ajratish) qarshi muvaffiqiyatli kurashardi.
Diqqat Savol: Qay tarzda «Yoku» diskremenatsiyaga qarshi kurashadi?

Javob: Sumo jangida
Izoh: kuchli erkak sumochilarni yutgan.

1262. Savolda almashgan so’zlar bor.
Sezariy Arelatskiy shunday maslahat bergan:
«bir biriningizni jarohatlamaslik uchun QILICHNI QINIDA saqlang».
Diqqat savol: QILICH QINIDA saqlash qaysi ikki so’z bilan almashtirilgan?

Javob: tilini tiyish.

1263. Sherlok Holms hikoyasining birida mashhur aktyor Holmsga shikoyat bilan keladi.
«Go’yoki izquvar bir qari kampirni uning izidan kuzatishga qo’yganini» aytadi. Shunda Holms uni hayratga soladi.
Diqqat Savol: Holms unga nima deydi?

Javob: O’sha kampir men edim.

1264. Bir kuni Chingiz Aytmatov Rossiyadagi bir oliygohda chiroyli va ravon nutq so’zlabdi. Nutq boshida BU IKKIsini o’ng va chap qo’liga o’xshatadi.
Diqqat savol: BU IKKIsi deganda nimalar nazarda tutilyapti ?

Javob: Rus va Qirg’iz tillari

1265. Dunyoda shunday kasb egalari bor ekanki, ular boshliqlarning ikki buyrug’idan birini so’zsiz bajarishlari kerak.
«Hech qachon spirtli ichimlik ichmaslik yoki har safar ishga ichib kelishlari kerak!»
Yordam tariqasida ish faoliyatida ovoz va qo’l harakatlaridan tez tez foydalanadilar.
Diqqat savol: Bu qanday kasbligini so’ramayman siz menga ular qayerda o’z mahoratlarini ko’rsatishlarini bir so’z bilan ayting?

Javob: sirkda
Izoh: Hayvon o’rgatuvchilar, driserovshiklar.

1266. Tarqatma material:
» Hech kim UNDA o’lishni istamasligi aniq»
Tarqatma materialidagi so’zlar ikkinchi jahon urushi Berlin bosib olishda qatnashgan rus askari va bir asar EPIGRAFIda ham ko’rishingiz mumkin.
Ammo menga qolsa men Epigrafda emas, UNDA ishlatgan bo’lardim.
Diqqat savol: «UNDA» ikki so’z bn ayting?

Javob: so’ngi varoqda

1267. Karl Gagenbek hayvonlarni qo’lga o’rgatish bilan shug’ullanadi.
«Hayvonlarni ham rag’batlantirib turish kerak, huddi, biz erkaklar kabi.. deb Karl hayvonlarni erkaklarga xoslab o’tadi.
Savol: Ayollarning mantig’i ga tayangan holda, Karl qanday xoslik topgan?

Javob: Erkaklar yuragiga yo’l oshqozon orqali o’tadi.

1268. Kompyuter o’yinidan biri «Virtua Tennis 4» tennis to’pi o’rnida IKS ishlatiladi. Qiziqarlisi yutqazgan odamni vaqt belgilab beradi.
Diqqat savol: Tennis to’pi o’rnida nima o’ynaladi?

Javob: vaqti ko’rsatilgan bomba

1269. Gvardeyslarning qora rangdagi bosh kiyimi Lev Gurskiy ularni yonib ketgan ALFA o’xshatishar ekan. Rus Maqoliga ko’ra ALFA orasida bir predmet topish yo’li o’ylagandan ko’ra oson ekan.
Diqqat savol: rus maqolni ayting?

Javob: Somondan igna qidirish!

1270. Savolda KOLUMBIYA XAZILI almashtirilgan.
Djeyn Fonda Vyetnamdagi urush haqida shunday deydi:
«Bomba Vyetnamga tushdiku lekin bu KOLUMBIYA XAZILI».
KOLUMBIYA XAZILI nomli
asar ham bor. Asar so’ngida esa qahramon ekektr stolga o’tkaziladi.
Diqqat savol: KOLUMBIYA XAZILI qaysi ikki so’zga almashtirilgan?

Javob: Amerika Fojiasi

1271. Irusalim Teatr Rejissor Suat Avvat tomoshabinlarni ko’proq ishontirish uchun, bir asar postonovkasiga bir xil sonda arab va yevreylarni rol o’ynashga taklif qilgan.
Diqqat savol: teatrda qaysi pyesa qo’yilgan?

Javob: Romeo va Juletta

1272. Diqqat Zakovat Sandiqchasi!
Yaponiya afsonalarida aytilishicha, Ehromga bronzadan qong’iroq o’rnatishga yetarlicha mablag’ bo’lmagani uchun, tashrif buyruvchi ayollar o’zlari foydalanuvchi sandiqchadagi narsadan qoldirib ketishgan. Natijada esa qo’ng’iroqni o’zgacha uslubda yasalgan ekan. Shuning uchun ham bu qong’iroq «qalb qongirog’i» deb ataldi.
Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?

Javob: ko’zgudan

1273. Vikipediya maqolasiga ko’ra IKS ning alternativasi sifatida quyidagilar bo’lishi mumkin edi: «Iris, kishmish yoki krizis»
Diqqat Savol: IKSni yo o’zbekcha yo inglizchasiga ayting?

Javob: «cheese», «pishloq»

1274. Uy hayvonlariga aktyorlik mahorati o’rgatiladigan maktab hazilona reklama e’loni:
«Maktabimizga marhamat!
O’zingiz bilan … va boshqa ma’lumotlar olib kelsangiz bo’ldi»
Diqqat savol: E’londagi uch nuqtani 3 so’z bilan to’ldiring?

Javob: quloq, panjalar va dum

1275. Whistle Castle lavash va gamburger kafesida mehmonlar orasida bir toifa kasb egalarini ko’rishingiz mumkin. Ular o’z hizmat kiyimida kelishganiga boshqalardan ko’ra arzonroq ovqatlanishadi. Bu o’z navbatida boshqa mijozlarda xavfsizlik tuyg’usini keltirar ekan.
Diqqat Savol: bu qaysi kasb egalari?

Javob: doktorlar

1276. Tarqatma material:
Chap qanotgi binoga yuring, bino eshigi aylana shaklda. Birinchi qavatda qabulxona, anketada …. Va ikkinchi qavatga zinadan ko’tariling nihoyat birinchi o’ng eshikka kirasiz.
Diqqat savol: Bo’shliqni to’ldiring?

Javob: Bo’shliqni to’ldiring

1277. Mog’ul universitet filolog domlalari orasida bir odat bor ekan. Ular bir biridan qoramollarining sog’ligini so’rasharkan-u ammo, xech birida qoramol yo’q.
Diqqat savol: aslida maqsadlari nima?

Javob: Salomlashish

1278. «Men’s health» jurnaliga ko’ra, yirtqich hayvonlarni suratga olishni boshlaganlarga, hazil tariqasida boshqa bir jonzot ustida mashq qilishni maslahat beradi. Yana bir mashhur sovet kinosida ham shunday maslahat beriladi.
Diqqat savol: Qaysi jonzot ustida mashq qilish nazarda tutilyapti?

Javob: mushuk
Izoh: «операция ы» filmidagi Vitsin mushuk haykalchalarida uxlatuvchi dorini sinab ko’rish sahnasi nazarda tutilyapti.

1279. Kutilmagan mehmonlar kimlarga yoqadi?
Menimcha hech kimga. Ammo mehmonlarni ham xush ko’riladigani va aksinchasi ham bo’ladi. Shunday vaziyatga tushgan fransuz ayollar mehmon yoqimli bo’lsa: qanday omadli, men ham hozirgina kelgandim der ekan.
Diqqat savol: aksincha uncha xush ko’rilmagan mehmon tashrif buyurganda, qanday so’z bilan kutib oladi demayman, aniq qilib ayting honimchalar qanday ikki predmetdan foydalanadilar?

Javob: shlyapa va tufli.

1280. Rossiya vikipediyasiga ko’ra 30% katta biznesmenlar sobiq ULAR ekan.
Diqqat savol: Aniq ayting Ular kimlar?

Javob: ikkichilar (yoki uch bahoga o’qiganlar)

1281. Devid Fridman ba’zi olimlarni tanqid qiladi:
«Qisqa joyda izlanishlar o’tkazib, butunning faqat bir qismini ko’radiganlar huddi bir hikoyadagi uch ko’r odamga o’xshaydi»
Diqqat savol: Tanqidi davomida qaysi jonzotni tilga oladi?

Javob: fil.
Izoh: fil va uch ko’r odam haqida hikoyada. Uch ko’r odam umrlarida filni ko’rmagani va filni uchratganlarida uning uchta a’zosini ushlab har xil ta’riflashadi.

1282. Mail.ru savolga javoblar bo’limida shunday savol bor: siz Nishkup yozgan qanday asarni bilasiz? degan savol berilganda bir foydalanuvchi bir sovet kino nomi aytadi. Film sujetida bu so’z ko’p ishlatilgan bo’lmasada tanishuvda ko’p as qotgan.
Diqqat savol: 1987 yilda suratga olingan film nomini ayting?

Javob: Nofelet qayerdaligini bilasizmi?
Izoh: Siz Pushkin yozgan qanday asarlarni bilasiz? Savoliga savolan – siz nofelet (telefon) qayerdaligini bilasizmi demoqchi.

1283. 1930 yil Alfred Bats ingliz tili harflari ustida turli xil izlanishlar o’tkazish maqsadida bir necha gazetalardan nusxalar olib gazetada bir yangilikni kashf etadi.
Diqqat savol: Bu qanday yangilik?

Javob: krossvord

1284. 1571 yilda tug’ilgan Ingliz dramaturgi WENBURD SMITTning 15 ta pyessalaridan hammasi mantiqsiz bo’lgani uchun unga mashhurlik keltirmagan. Lekin, ba’zi pyesalarini adabiyotshunoslar chuqur o’rganib chiqishgan.
Diqqat savol : adabiyotshunoshlar e’tiborini tortgan pyessalar boshqalaridan nimasi bilan farq qilgan?

Javob: bu pyesalarini W. S. Initsiallari ostida imzolagan
Izoh: adabiyotshunoslar W. S. ni William Shekspirning asarlari deb o’ylab tahlil qilishadi.

1285. Miyaning ishlash prinsipi bir TV ko’rsatuvda ULAR yordamida ko’rsatiladi. Boshlovchi miya mexanizmi neyron yo’laklardan o’tayotgan ma’lumotlar biri ikkinchisini ustiga yotadi deb ko’rsatadi.
Diqqat savol: Ular ostida nima yashiringan?

Javob: Domino toshlari.
Izoh: domino effekti, bir domino ikkinchisini yiqitib zanjir hosil qiladi.

1286. Monakoda bir yili Formula-1 o’yinlari shahar ko’chalarida o’tkaziladigan bo’ldi. Poygadan oldin ULARni albatta yaxshilab payvandlash( svarka) qilish zarur bo’ldi.
Diqqat savol: Monako davlat yo’l boshqarmasi nimalarni yaxshilab payvandalshgan?

Javob: kanalizatsiya lyuklari
Izoh: katta tezlikdagi bosim natijasida lyuklar( kanalizatsiya qopqoqlari) otilib ketiladi

1287. Bu so’z fransuzchadan tarjima qilinganda «o’lik tabiat, mo’rt manzara » degan tarjimani beradi.
Diqqat savol: Bu fransuzcha so’zni ayting?

Javob: Natyurmort
Izoh: «Nature Mort»

1288. Tarqatma material:
4AES
Qo’lingizdagi bu shifrovkani qaysi davlatga tegishliligini yoki haqiqiy variantini yozing?

Javob: Chernobel atom elektro stansiyasi ( ЧАЕС)

1289. «O’limning o’ynashi» asarida bir qahramonga:
«oq atirgul pushti vino quyilgan bokalda» deb yozilgan ta’rifi bor.
Diqqat savol: «bokal» nimani anglatadi?

Javob: Vanna
Izoh: atirgul – sohibjamol qiz, pushti vino – qon, bokal – vanna ya’ni vannada tomirini kesib yuborgan qiz haqida.

1290. Jasur jangchi Gney Pompiliy o’zida U yo’qligidan mag’rurlanadi, chunki u jang maydonidan hech qachon qochmagan. Va aksincha hozirgi kunda rus yigitlarda UNI borligi yoqtirgan qizining temperamentini ko’rsatar ekan.
Diqqat savol: Gap nima haqida?

Javob: beldagi chandiq
Izoh: Jangchi urush maydonidan hech qachon qochmagani uchun orqasidan jarohatlanmagan, rus qizlarning extirosliligini esa yigitlar belidan ajratib olish mumkin 😉

1291. Hindlar odatiga ko’ra kokos, yevropa variantlarda esa shampan bilan bir ish qilinadi.
Diqqat savol: Nima ish qilinadi?

Javob: kemani cho’qintirish
Izoh: Yaxshi niyatda kemaning birinchi sayohatiga fotiha berish udumi.

1292. Birinchi marta BU USLUB 1929 yilda chiqqan Frits Lang filmida qo’llangan. Filmda bomba 48 sekundda portlashi o’zgacha e’lon qilinadi. BU USLUB qo’rqinch keltirishi farazi bo’lgan, ammo keyinchalik kosmonavtikada BU USLUBNI million odamlar intizorlik bn kutishgan.
Diqqat savol: Bu qanday uslub?

Javob: Orqaga sanash
( kamayish bo’yicha sanash) 10,9,8,…3,2,1

1293. Kompyuter mavzulariga mo’ljallangan 1000 sonidagi komiksda bir foydalanuvchi:
«Yubileyning to’liq bo’lishga U yetmayapti» deydi.
UNI ko’rganingizda «tinimsiz ishlash» fikri sizda paydo bo’ladi.
Diqqat savol: Uni toping!

Javob: 24
Izoh: Informatika fani bilan tanish odamlar biladiki, informatika o’lchamida 1024 to’liq hisoblanib, bir birlikdan ikkinchisiga o’tadi. Misol uchun, 1024 megabayt = 1 gigabayt ma’lumotga teng! «Tinimsiz ishlaydigan» do’konlarda ko’pincha 24 soat deb yozilganini ko’ramiz

1294. «Chiqish-22» ingliz tilida rim raqamlari bilan ayting?
Javob: EXXIIT
Izoh: inglizcha chiqish- «exit» rim raqamida «XXII » – 22

1295. Bir maqolaga ko’ra taqdiri og’ir kechgan Sadako ismli qizcha 1000 tadan 644 ta qog’ozdan laylak yasashga ulguradi deyiladi.
Diqqat savol: Qizcha tug’ilgan shaharni ayting?

Javob: Xerosima

1296. Sibirlik do’stimizning savoli:
«Faqat baliq go’shti bilan ozuqlanish» ma’nosini beruchi so’zni ayting?

Javob. Eskimo

1297. Xotininig o’ynashi bilan ko’rib qolgandan so’ng, barcha ayollarning xiyonatkorligiga ishonch hosil qilgan bir qahramon o’ziga yomon odat kiritadi.
Diqqat savol: Aytingchi kimning sharafi bilan yomon odatga chek qo’yiladi?

Javob: Shaxrizoda
1001 kecha asaridan

1298. Savol: quyidagi rasmga muallif qanday nom bergan?

Javob: ajrashish
Izoh: Bola ikki chelakni muvozanatda ko’tarib ketayabti. Xuddi, otasi va onasining o’rtasida turgandek.

1299. ALFAni shaharliklar xush ko’rishmaydi, qishloqda esa aksincha. Lekin UNINGsiz nonushta bo’lmasligi aniq. ALFAni ruslarda olov keltiruvchi belgisi bor, Xitoylarda aksincha olovdan asrovchi belgi sifatida eshik peshtoqlariga rasmi chizilarkan.
Diqqat savol: Alfani ayting?

Javob: xo’roz.

1300. Qiziqarli faktga qarangki 1417 yilda Genri Barlton London aholisiga bir qonun o’ylab topadi. Maqsadi ko’chani yoritish edi.
Diqqat Savol: bu qonunga ko’ra London aholisi kechasi nima qilishi so’ralgan edi?

Javob: ko’chaga qaragan oynalar yonida chiroq(shag’am, fonar, lampa) yoritib qo’yish